Mavzu Ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot sifatini boshqarish


Mahsulot va sifati tizimini sertifikatlash


Download 44.12 Kb.
bet5/5
Sana19.06.2023
Hajmi44.12 Kb.
#1622434
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-mavzu ICHM

4.Mahsulot va sifati tizimini sertifikatlash.
Sertifikatlashtirish idorasining asosiy yо‘nalishi axolini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida, Respublikadagi strategik muxit axamiyatga ega bо‘lgan korxoanalarda ishlab chiqariladigan va valyuta shartnomalari bо‘yicha Respublikaga olib kelinadigan mahsulotlarni sertifikatlashtirishdan iborat.
Sertifikatlashtirish idorasi bо‘yicha mutaxassislarning asosiy maqsadi sertifikatlashtirishga taqdim qilingan buyurtma-arizalarni О‘zbekiston Respublikasi “Milliy sertifikatlashtirish tizimi”dagi amalda bо‘lgan meyoriy xujjat talablari asosida kо‘rib chiqib sifatli bajarishga qaratilgan. Sertifikatlashtirish ishlarini О‘zbekiston Respublikasi “Milliy sertifikatlashtirish tizimi”dagi meyoriy xujjatlar talablari asosida sifatli bajarish uchun idora tomonidan O’z Dst ISO 9001 talablari asosida sifat menejmenti sistemasi xujjatlari ishlab chiqilib, joriy qilingan.
Sertifikatlashtirish idorasi о‘z faoliyati yо‘nalishida asosan quyidagilar nazarda tutilgan:

  • Yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlanishi;

  • Sertifikatlashtirish ishlarini о‘z muddatlarida, yuqori sifatli tarzda maqbul narxlarda amalga oshirish;

  • Sertifikatlashtirish idorasi axborotlarni sir saqlash, g‘ayrsizlik qoidalariga va sertifikatlashtirish natijalarini haqqoniyligini ta’minlashda buyurtmachilarga kafolat berish;

  • Buyurtmachilar va boshqa manfaatdor tomonlar talablarini tо‘la qondirish maqsadida sifat menejmenti tizimini doimiy rivojlantirib borish.

Sertifikatlashtirish idorasi rahbariyati doimiy ravishda sertifikatlashtirish ishlari natijalari va sifat soxasidagi faoliyatini tahlil qilish, hamda sifat tizimlarini boshqarish bо‘yicha mas’ul xisoblanadi.
Mahsulotlarni uzluksiz ishlab chiqarishda sertifikatlashtirish ishlarini о‘tkazish tartibi

  • Mijoz о‘rnatilgan tartibda Sertifikatlashtirish Idorasiga buyurtma-ariza taqdim qiladi;

  • Sertifikatlashtirish Idorasi (SI) arizani kо‘rib chiqib qaror qabul qiladi;

  • S.I mutaxassisi topshirilgan xujjatlarni taxlilini о‘tkazadi;

  • О‘rnatilgan tartibda mutaxassis mijoz ishtrokida ishlab chiqarish, tayyor mahsulotni saqlash sharoitlari о‘rganib chiqadi;

  • Texnologik jarayonda qо‘llaniladigan о‘lchov vositalarining xolati kо‘zdan kechiriladi;

  • Tayyor mahsulotni tо‘pidan mijoz ishtrokida M.X talablari mutaxassis namunalar tanlaydi va namunalar tanlash va identifikatsiya dalolatnomasi tuziladi;

  • Tanlangan namunalar sinov laboratoriyasiga topshiriladi;

  • Mijoz va S.I о‘rtasida о‘tkaziladigan sertifikatlashtirish ishlari bо‘yicha shartnoma tuziladi;

  • Sinovdan о‘tkazilgan va meyoriy xujjatlar talablariga javob beradigan mahsulotga, ishlab chiqarish uchun muvofiqlik seritfikati rasmiylashtiriladi;

  • Sertifikatlashtirish ishlarini tо‘lovi о‘tkazilgandan sо‘ng, muvofiqlik sertifikati mijozga beriladi.

Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi qoshidagi sertifikatlashtirish idorasining faoliyat sohasi
Sertifikatlashtirish idorasi, faoliyatni olib borish uchun “О‘zstandart” agentligidan akkreditatsiyadan о‘tkazilgan bо‘lib, №UZ.AMT. MAI. 164 attestati taqdim qilingan. Uning akkreditatsiyalash doiarsiga quyidagi mahsulotlarni seritfikatlashtirish kiradi:

  • Elektrotexnika mahsulotlari (Texnologik jixozlari);

  • Avtomobil vositalari va ularning extiyot qismlari;

  • Oziq-ovqat mahsulotlari;

  • Neft va gaz mahsulotlari;

  • Gusenitsali texnikalar;

  • О‘lchash vositalari;

  • Kimyo mahsulotlari;

  • Polimer mahsulotlari;

  • Mineral о‘g‘itlar;

  • Xalq iste’mol mahsulotlari va boshqalar.

Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi qoshidagi sertifikatlashtirish idorasi mahsulotlarni sertifikatlashtirish va sinovlarini olib borishdan iborat.
Download 44.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling