Mavzu: Ishlab chiqarish korxonalarida marketingni yo’lga qo’yish Kirish
Ishlab chiqarish vositalari marketingini dasturini tuzishda strategiya va taktikasi
Download 106.5 Kb.
|
marketing mustaqil ish
2. Ishlab chiqarish vositalari marketingini dasturini tuzishda strategiya va taktikasi
Marketing maqsadlariga muvoffaqiyatli erishish, uning asosiy vazifalari bajarilishi amalda marketingning maxsus dasturlarni tayyorlash va ularni joriy etishni ta`minlash bilan bog`liq. Ular bozorni, iste`molchilar talab va xohishlarini har tomonlama o`rganish, marketing strategiyasi va taktikasini ishlab chiqarish asosida yuzaga keladi. Marketing dasturni korxona tijorat va sotish xizmatlarining ilmiy-texnikaviy, konstruktorlik va ishlab chiqarish bo`limlari bilan o`zaro hamkorlikda harakat qilishi uchun sharoit yaratuvchi asos bo`ladi. Marketing dasturni yoki rejasi - marketing barcha sohalari o`yicha korxonaning tayin xizmatlarini belgilovchi o`zaro aloqador tadbirlar tizimidir. Odatda, marketingni qisqa muddatli va uzoq muddatli programmalashtirish (rejalashtirish) mavjud. Qisqa muddatli programmalashtirishda korxonaning marketing tadbirlarini amalga oshirishdagi birin-ketin harakatlari mayda-chuydasigacha aniqlashtirish katta ahamiyatga egadir. Uzoq muddatli programmalashtirishda qoida bo`yicha, marketingning ishlab chiqargan strategiyasiga muvofiv uzoq muddat mobaynida amalga oshirish ko`zda tutilgan tadbirlar nazarda tutiladi. Korxonaning yagona umumiy marketing programmasi marketingning ayrim bozorlar va bir toifadagi tovarlar guruhi bo`yicha programmalari tizimidan iborat bo`ladi. Shuning uchun ishlab chiqarish, sotish, servis, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini asosi hisoblanadi. Marketing strategiyasi oldindan o`ylab qo`yilgan maqsadga erishishni ta`minlovchi marketing tuzilmasini belgilab beradi. Strategiya usul va yo`llarni tanlashda, shuningdek marketing programmasini ishlab chiqarishda asos bo`lib xizmat qiladi. To`g`ri strategiya tanlashda mahsulotning o`ziga xosligi, uni sotish, harakatlanishi va narx siyosatini hisobga olish lozim. Amalda marketing strategiyasiga yondashishning bir necha usullari mavjud bo`lib, ular quyidagicha: sarflar bo`yicha ustunlik strategiyasi; tabaqalashtirish (differensatsiya) siyosati; uyg`unlashtirish (konsentratsiya) srategiyasi. Sarflar bo`yicha ustunlik strategiyasi korxonani keng bozorga va tovarlarni ko`plab chiqarishga yo`naltiradi, bu sarf solishtirma nisbatini pasaytiradi va tegishli tarzda narx ham tushadi. Mazkur srategiya shu bilan bir vaqtda nisbatan katta foyda olish va past narx tufayli xaridorlar keng ommasini jalb etish imkonini beradi. Tabaqalashtirish strategiyasi korxonani katta bozor va ko`plab tovar sotishga yo`naltiradi. U o`z dizayniga, hammabopligi, ishonchliligi va h.k. bilan boshqalar ichida ajralib turadi. Natijada, nisbatan yuqori narx ham xaridorlarni ranjitmaydi, ular o`z xaridorlarining abzalligi haqida ko`proq o`ylaydilar. Uyg`unlashtirish siyosati korxonani jozibali past narx yoki taklif etilayotgan tovar noyobligi hisobiga bozorning ma`lum segmentlarini egallashga undaydi. Bozor munosabatlari amaliyoti shuni ko`rsatadiki, strategiya ishlab chiqarishga yondashishning birinchi ikki turi bozorda ancha katta ulushga ega korxonalar uchun maqbuldir. Unga katta bo`lmagan korxonalar uchun muvoffaqiyat marketing strategiyasi uchinchi yo`lini tanlaganda, ya`ni bozorning qandaydir bitta raqobattaxmonini egallashga kuch-g`ayratni uyg`unlashtirganda keladi. Korxona qabul qilgan strategiyaga muvofiq marketing programmasini tashkil etuvchi tadbirlar begilanadi. Qabul qilingan strategiya programmasi amalga oshishi uchun marketing taktikasini diqqat bilan ishlab chiqarish lozim. Keyingisi –taktikada korxonaning har bir bozorda, tovarning har bir turi bo`yicha va muayyan vaqtga mo`ljallangan vazifalari marketing strategiyasi asosida, bozordagi joriy vaziyatni hisobga olgan holda belgilanadi va hal etiladi. Marketing taktika vazifalariga quyidagi tur maqsadli tadbirlar kiradi: mo`ljallanayotgan bozor tovarlari turini xaridorlarning talablari haqidagi ishonchli ma`lumotlar asosida kengaytirish; talabning bir qadar passaygani tufayli reklama tadbirlarini faollashtirish; tovar sotishni rag`batlantirish uchun narxni tushirish va boshqalar. Marketing taktik tadbirlari foydaning barqaror darajasini ta`minlash, korxonaning bozordagi tijorat xizmati ishi faollashuvi, narx konyunkturasi o`zgarib turishiga tezkorlik bilan munosabat bildirish, raqobatchilar xatti-harakatiga tasirchan qarshi choralar ko`rish, tijorat baylashuvilari samaradorligi uchun xodimlarni rag`batlantirish tadbirlarini amalga oshirish, bozor talablari o`zgarishiga muvofiq korxona ilmiy-konstruktorlik bo`limlari faoliyatini o`z vaqtida aniqlash va yo`lga solish choralarini ko`rish tavsiya etiladi. Korxona marketing xizmati va uning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida korxonaning muvaffaqiyatli faoliyatini bozor vaziyatini muntazam o`rganishlarsiz va bozor konyunkturasi o`zgarishlariga tezkorlik bilan munosabat ko`rsatishlarsiz tasavvur etib bo`lmaydi. Buni ta`minlashga erishish uchun har bir bozor ishtirokchisi, u xoh korxona ishlab chiqaruvchisi bo`lsin, xoh iste`molchi yoki tijorat- vositachi tashkilot bo`lsin, maxsus xizmat barpo etishi lozim va u marketing tadqiqoti bilan shug`ullanishi darkor. Korxonaning marketing xizmati o`ziga xos bo`linma bo`lib, u firma bozor maqsadlariga erishuvida samarali ko`maklashuvi, uning rahbarlariga eng ishonchli tijorat qarorlarini, bozordagi mavjud ahvolni hisobga olgan yaqin kunlarda va keyinchalik bozor konyunkturasi o`zgarib turishi ehtimolini bashorat qilgan holda qabul qilishlariga imkon berishi lozim. Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar tajribasi shuni ko`rsatmoqdaki, marketing xizmati tuzilmasini tanlash ishlab chiqarish tavsifi hajmi va bozor miqyosidagi korxonaning ishlab chiqarish – iqtisodiy va tijorat aloqalari tarmoqlar bog`liqdir. G`arb mamlakatlari tajribasidan marketing xizmati ishini tashkil etishning quyidagi talqinlari ma`lum: vazifaviy tamoyillar bo`yicha (har bir alohida vazifani bajarish uchun marketing bo`yicha vitseprezidentga bo`ysunuvchi maxsus boshqaruvchi javobgardir); geografik tamoyil bo`yicha (savdo agentlari o`z kuch-g`ayratlarini muayyan xududiy bozorga yo`naltiradi); tovar tamoyili bo`yicha (har bir muayyan tovarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog`liq boshqa vazifaviy tuzilmalar muassasalari bilan hamkorlikda maxsus boshqaruvchi shug`ullanadi); bozor tamoyili bo`yicha (asosiy bozorlar bozor bo`yicha boshqaruvchilarga biriktirib qo`yiladi). Ayrim firmalar marketing xizmatini tovar-bozor tamoyili bo`yicha tashkil etadi. Biroq, shuni e`tiborga olish lozimki, istalgan talqinda bozorni mujassama tadqiq etish, ishlab chiqarilayotgan va sotiladigan mahsulotlarni muntazam o`tishni ta`minlash, shuningdek, ishlab chiqarishni mo`ljallay olishni ta`minlash. O`zbekistonning, shuningdek boshqa o`tish davri iqtisodiyoti-dagi mamlakatlar korxonalarida hozirda hali ham raqobatsiz-likka mo`ljallangan boshqaruv tuzilmasi faoliyat ko`rsatmoqda. Masalan, bular yangi buyum yaratishga, ishlab chiqarishga rejalashtirishga, sotish, ta`minotga va h.k.ga mas`ul direktorning turli o`rinbosarlariga bo`ysunuvchi bo`linma va bo`limlarni ko`rsatish mumkin. Bu, shubxasiz, ular o`rtasidagi aloqa va hamkorlik aloqalarini qiyinlashtiradi. Shu bilan birga, bozor munosabatlari sharoitida, eng qulayrog`i – marketing masalalari bo`yicha korxona direktorining o`rinbosari lavozimi joriy etish va unga bozorni o`rganish hamda patentlarni, narx siyosatini o`rganish, narx konyunkturasi, yangi tovarlar ishlab chiqarish, sotish va sotuvdan keyingi xizmatni ko`rsatish, eksport ishlab chiqarishni rejalashtirish va nazorat qilish xizmatini, talabni shakllantirish va sotuvni rag`batlantirish xizmatlarini bevosita bo`ysundirish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari marketing xizmati o`rnini, uning huquqiy, majburiyatlarini, mavjud resurslarni qat`iy belgilash talab etiladi. Rivojlangan bozor munosabatlari mavjud mamlakatlarda faoliyat ko`rsatayotgan korxonalar tajribasidan ma`lum bo`lishicha, yuqorida qayd etilgan qayta tuzishlar qisqa muddatlarda barcha xodimlar o`rtasida jamoa uchun umumiy bo`lgan masalalarni hal etishga yo`naltirilgan yangicha munosabatlar qaror topishiga imkon yaratadi. Natijada korxona ishlab chiqarish sotish faoliyatida, ichki va tashqi bozorda yuqori natijalarni qo`lga kiritadi. Korxonaning marketing xizmati faoliyat ko`rsatish shaxslar bilan ishlashga yondashishni tubdan o`zgartirish, tajriba – konstuktorlik, ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish, ishlab chiqarish va sotish bo`limlarini bozorning o`zgarib turuvchi talablariga muvofiqlashtirish uchun boshlang`ich nuqta bo`ladi. Bunda marketing rivojini kuchli nazorat etishgina emas, balki korxonaning bozordagi faoliyati ahvoliga baho beruvchi mavjud bozor vaziyatini to`xtovsiz tahlil qilish ham alohida ahamiyatga ega. Bular barchasi amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy sharhlash va uning oqibat natijasiga tanqidiy baho berishga, tijorat qarorlari qabul qilishda yo`l qo`yish ehtimoli bo`lgan xatolarni oldini olish va o`z vaqtida bartaraf etish, xodimlar layoqatliligini oshirish hamda korxona ishi umumiy samarasini oshirish bo`yicha boshqa ko`pgina muammolarni hal etish imkonini beradi. Marketing xizmati ishining samarasini oshirishda ular ishi ustidan o`rnatilgan nazorat muhim ahamiyatga ega. Qoidaga ko`ra u butun boshqaruvchilik faoliyatini tahlil qilishga asoslanadi va belgilangan reja bo`yicha amalga oshiriladi. Nazorat tekshiruvi mobaynida korxonaning ham strategik vazifalari, ham taktik vazifalari bo`yicha qarorlar baholanadi. Bunda marketing bo`yicha tadbirlar o`tkazish ustidan nazoratga, uni muntazam o`rganib turilganligiga hamda ular samaradorligi tahliliga alohida e`tibor beriladi. Korxona marketing xizmati ishini yaxshilashda muntazam tashqi tekshiruv muhim o`rin tutadi. Chunki bunda erkin auditlar qatnashadi va ular tashkilotning marketingni o`tkazishga qobiliyatini marketing bo`limining ishga qodirligi va kamchiliklarini tuzilmaviy baholash asosida baholaydilar. Bu korxona uchun marketing xizmati ishini takomillashtirish bo`yicha samarali qaror qabul qilish imkonini yaratadi. Marketing bo`limi ishini ichki va tashqi audit natijalari, qoyidaga binoan muhim xujjat bo`ladi. Undan yaqin va olis kelajak uchun marketing rejasini ishlab chiqarish jarayonida yuqori darajada foydalaniladi. Download 106.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling