Navoiy Azot A.J - "NAVOIYAZOT" AKSIYADORLIK JAMIYATI — Oʻzbekistondagi yirik kimyo sanoati korxonasi. "Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Navoiy shahrida joylashgan. Korxonada ishlab chiqariladigan asosiy mahsulot turlari: mineral oʻgʻitlar, nitron tolasi, sirka kislotasi, tiomochevina, xlor va xlor mahsulotlari, kaustik soda. Bundan tashqari, 70 dan ortiq turdagi mahsulotlar, organik va noorganik kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqariladi. Mineral oʻgʻitlar, turli xil organik sintez mahsulotlari va akril tolasi (nitron) ishlab chiqarish maqsadlarida tabiiy gazni qayta ishlashga ixtisoslashgan korxona sifatida qurilgan. Tabiiy gaz, havo, kaustik soda, osh tuzi va boshqa asosiy ishlab chiqarish uchun xom ashyo boʻlib xizmat qiladi.
1964-yilda Navoiy kimyo kombinati nomi bilan ishga tushirildi. Shu yili kuchsiz azot kislotasi ishlab chiqarish boʻyicha korxonada 1-agregat foydalanishga topshirildi. - 1964-yilda Navoiy kimyo kombinati nomi bilan ishga tushirildi. Shu yili kuchsiz azot kislotasi ishlab chiqarish boʻyicha korxonada 1-agregat foydalanishga topshirildi.
- 1965-yildan ammiak korxona toʻliq hajmda ishlashga oʻtdi.
- Xom-ashyodan kompleks foydalanish natijasida korxonada nitron — "sunʼiy jun" tolasi ishlab chikaruvchi zavod kurilib, 1971-yilda ilk mahsulot olindi. Shundan beri toʻqimachilik, yengil va boshqa sanoat uchun oʻta muhim hisoblangan "sunʼiy jun" ishlab chikariladi.
- 1965— 75 yillarda ammiak va mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishning 1—2—3navbatlari ishga tushirildi.
"Navoiy Azot” A.J mahsulotlari Rossiya, Eron, Tojikiston, Ukraina, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, AQSH, Bolgariya davlatlariga eksport qilinadi. Navoiy kimyo kombinata 1975-yilda "Navoiyazot" ishlab chiqarish birlashmasiga, 2002-yilda "Navoiyazot" ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. - "Navoiy Azot” A.J mahsulotlari Rossiya, Eron, Tojikiston, Ukraina, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, AQSH, Bolgariya davlatlariga eksport qilinadi. Navoiy kimyo kombinata 1975-yilda "Navoiyazot" ishlab chiqarish birlashmasiga, 2002-yilda "Navoiyazot" ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |