Mavzu: Ishlab chiqarish nazariyasi va ishlab chiqaruvchining muvozanat shartlari. Mundarija
Download 248.62 Kb.
|
Qurbonov Sardor kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 104,1 104,5 104,4 1,7
- CHorvachilik mlrd. so‘m 90 204 108 404
- 106,0 104,5 105,1 105,9
- 2.3.2-jadvalning
Yuqoridagi jadvalda Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining o‘sish sur’atlari prognozlari berilgan. Unga kora Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti 2019-yilda 233 490 mlrd.so‘m dan 2030-yilda 700 510 mlrd.so‘m gacha ko‘tarilishi prognoz qilingan. Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti 2019-yilda 233 490 mlrd. so‘m, 2020-yilda 277 586 mlrd. so‘m, 2021-yilda 322 556 mlrd. so‘m, 2025-yilda 456 648 mlrd. so‘m, 2030-yilda 700 510 mlrd. so’mni tashkil qilishi prognoz qilingan. O‘simlikshunoslik sohasida yalpi mahsuloti 2019-yilda 125 086 mlrd. so‘m, 2020-yilda 148 116 mlrd. so‘m, 2021-yilda 172 167 mlrd. so‘m, 2025-yilda 240 650 mlrd. so‘m, 2030-yilda 374 164 mlrd. so’mni tashkil qilishi prognoz qilingan. Chorvachilik sohasida yalpi mahsuloti 2019-yilda 108 404 mlrd. so‘m, 2020- yilda 129 471 mlrd. so‘m, 2021-yilda 150 389 mlrd. so‘m, 2025-yilda 215 999 mlrd. so‘m, 2030-yilda 326 346 mlrd. so’mni tashkil qilishi prognoz qilingan. Paxta xom ashyosi 2019-yilda 2470,2 ming.tn , 2020-yilda 2647,4 ming.tn , 2021-yilda 2815,0 ming.tn , 2025-yilda 2815,0 ming.tn , 2030-yilda 2815,0 ming.tn ni tashkil qilishi prognoz qilingan.Poliz mahsulotlari 2019-yilda 2018,9 ming.tn , 2020-yilda 2133,0 ming.tn , 2021-yilda 2247,0 ming.tn , 2025-yilda 2578,5 ming.tn , 2030-yilda 3121,9 ming.tn ni tashkil qilishi prognoz qilingan. XULOSA Ishlab chiqarish iqtisodiyotning eng muhim ajralmas qismi hisoblanadi. Insonlarning cheksiz o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish ishlab chiqarish asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish iqtisodiyotning eng muhim bo’g’imlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotga baho berishda ya’ni uning rivojlangan yoki rivojlanmaganligini aniqlashda ham eng avvalo mamlakatdagi ishlab chiqarish hajmiga qaratiladi. Chunki ishlab chiqarish hajmini oshirish asosida iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga erishish mumkin. Ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida sodir bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar umumiy ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy negizini tashkil etib, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarida bo’ladigan munosabatlarning tavsifini belgilab beradi. Shuning uchun ularni o’rganish o’ta zarur hisoblanadi. Insoniyat zarur ne’matlarni iste’mol qilmasa yashay olmaganidek, bu ne’matlarni ishlab chiqarmasdan ham turolmaydi. Ishlab chiqarish va xizmat qilish jarayonida insonning yashashi uchun zarur bo’lgan barcha hayotiy vositalar yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish omillari – yer, kapital, ishchi kuchi va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat bo’lib, ular o’zaro bir-birlariga ta’sir ko’rsatadi. Birining o’zgarishi ikkinchisining o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarish jarayonida barcha omillar harakatda bo’ladi, lekin ular ichida jonli mehnat, ya’ni ishchi kuchi faol bo’lib, u barcha ishlab chiqarish vositalarini harakatga keltiradi, ularga «jon kirgizadi», asosiy kapital qiymatining yo’qolib ketmasligini ta’minlab, yangi yaratilgan tovar va xizmatlarga o’tkazadi. Va nihoyat, bu jarayonda yangi tovar va xizmatlar vujudga keladi. Omillar mahsuldorligini kamayish qonuni shuni ko’rsatadiki, biror bir ishlab chiqarish omilidan foydalanish oshib borganda (boshqa omillardan foydalanish o’zgarmaganda), shunday bir nuqtaga erishiladiki, ushbu nuqtadan boshlab qo’shimcha ishlatilgan omil ishlab chiqarish hajmini kamaytiradi. Omil mahsuldorligining kamayish qonuni chekli mahsulotning kamayishini ifodalaydi. Yangi vujudga kelgan tovar va xizmatlar ikki xil xususiyatga – naflilik va qiymatga ega bo’lib, ikki tomonlama hisobga olinadi: natural-ashyoviy (naflilik) tomonidan va qiymat tomonidan. Natural-ashyoviy tomondan u uch qismga: ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari va turli xizmatlarga bo’linadi. Qiymat tarafidan ham uch qismga: iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati, zaruriy mahsulot qiymati va qo’shimcha mahsulot qiymatiga bo’linadi. Ishlab chiqarish nazariyasi bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Chunki hozirgi kunda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, maksimal foydaga erishish masalasi jamiyat oldida turgan eng muhim masaladir. Hozirgi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarish hajmini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda qulay investitsion muhitni shakllantirish asosida ishlab chiqarish hajmini oshirishga juda katta e’tibor qaratilmoqda hamda juda ko’plab islohatlar amalga oshirilmoqda. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga erishish, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish hamda iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish kabi amaliy ishlar hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATIO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yana rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni, PF- 4947. http://lex.uz/docs/-3107036 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.// Xalq so’zi, 2018 yil 28 dekabr. http://xs.uz/uz/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat- mirziyoevning-olij-mazhlisga-murozhaatnomasi Salimov B.T., Muhitdinova U.S., Mustafaqulov Sh.I., Salimov B.B. Mikroiqtisodiyot: Darslik – T.:O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamgarmasi nashriyoti, 2005. 58-b. Xodiyev B.Y., Maxmudov N.M., Fayzullayev Y.Sh., Yusupov M.S., Xomidov S.O. Milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini barqaror rivojlantirish omillari va tendensiyalari (sanoat va agrar tarmoq misolida). Monografiya. ― T.: «IQTISODIYOT», 2018. 112-b. Махмудов Э.Х. Промышленность Узбекистана: экономика, размещение, приоритеты развития (вопросы теории и практики) - Т.: Иқтисодиёт, 2013. - 39 с. Download 248.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling