Mavzu: Ishlab chiqarish nazariyasi va ishlab chiqaruvchining muvozanat shartlari. Mundarija


Download 248.62 Kb.
bet7/12
Sana23.11.2023
Hajmi248.62 Kb.
#1796121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Qurbonov Sardor kurs ishi

2.1.3-jadval
Ishlab chiqaradigan sanoat taroqlarida alohida tarkibiy siljishlar indeksi, (mutlaq siljishlar punktda, nisbiy siljishlar foizda)25



Ishlab chiqaradigan sanoatning tarmoq tarkibi

Tarkibiy siljishlar

Mutlaq

Nisbiy

2013-
2014

2014-
2015

2015-
2016

2013-
2016

2013-
2014

2014-
2015

2015-
2016

2013-
2016

Oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish

-5,3

2,8

1,6

-0,9

82,8

111,0

105,7

97,2

To‘qimachilik, kiyim, teri mahsulotlarini ishlab chiqarish

-4,6

1,3

0,7

-2,6

80,4

107,1

103,3

89,0

Yog‘och va po‘kak buyumlar, pohol va to‘qish uchun materiallar, qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari, mebel ishlab chiqarish

-0,3


0,2


0,7


0,6


88,0


110,3


126,9


123,2


Yozilgan materiallarni nashr qilish va aks ettirish

-0,2

0,0

0,3

0,1

76,8

105,5

141,6

114,7

Koks va neftni qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarish

-1,0

-0,5

-0,8

-2,3

81,9

88,2

80,4

58,1

Kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa
buyumlarini ishlab chiqarish

-2,1

0,3

2,3

0,5

80,2

103,8

125,1

104,2

Asosiy farmatsevtika mahsulotlari va
preparatlarini ishlab chiqarish

-0,2

0,2

0,4

0,4

78,5

126,5

140,5

139,6

Boshqa nometall mineral mahsulotlarni
ishlab chiqarish

-2,6

-0,8

0,8

-2,6

73,6

89,2

112,0

73,5

Metallurgiya sanoati

-2,3

-0,3

-0,2

-2,8

80,7

96,5

98,0

76,3

Mashina va uskunalarni ishlab chiqarish, ta’mirlash va o‘rnatish, avtotransport vositalari, treylerlar, yarim pritseplar va boshqa tayyor metall buyumlarni ishlab chiqarish

18,7

-3,3

-5,7

9,6

774,8

84,4

68,4

447,3

Demak, sanoat tarmog‘i tarkibidagi ulushlarning oldingi davrga nisbatan o‘zgarishini aniqlash tuzilmaviy siljishlarning jadalligini, ulushlarning bazis davrga nisbatan o‘zgarishini aniqlash esa, ularning ilgarilash darajasini baholash imkoniyatini beradi.


Shuningdek, tuzilmaviy siljishlarning mutlaq qo‘shimcha o‘zgarishi tuzilma ma’lum unsurining tegishli davrlarga nisbatan necha punktga o‘zgarishini ifodalasa, tuzilmaviy siljishlarning nisbiy ko‘rsatkichi esa, shu unsurning tegishli davrlarda o‘zgarish sur’atini o‘zida ifoda etadi. Ulushlarning mutlaq qo‘shimcha


Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab - quvvatlash va ularga keng imkoniyat hamda imtiyozlar berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 25 agustdagi “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1604-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, bunda respublika sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishga xizmat qiluvchi quyidagi masalalar o‘rin olgan27:

      • xususiy mulkchilikni rivojlantirish yo‘lida ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda tadbirkorlik faoliyati ko‘lamlarini kengaytirish, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish va mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni ko‘paytirishda kichik biznes subyektlarining faol ishtirok etishlari uchun qulay shart - sharoitlarni yaratish;

      • kichik sanoat ishlab chiqarishlarni joylashtirish uchun yer uchastkalarini ajratishga doir murojaatlarning vakolatli organlar tomonidan ko‘rib chiqish va kelishish muddati bir oydan oshirmaslik;

      • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining davlat mulki bo‘lgan, vaqtincha bo‘shab yotgan va ishlatilmaydigan xonalarni ularda ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish uchun ijaraga berish bo‘yicha murojaatlarini 7 kun mobaynida ko‘rib chiqilishini ta’minlash;

      • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga qonun hujjatlarida

nazarda tutilgan, shu jumladan ishlab chiqarish obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun zarur bo‘lgan ruxsat etuvchi hujjatlarni berish “bir darcha” tamoyili bo‘yicha amalga oshirish;



      • tovarlarni eksport qiluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun davlat bojxona xizmati organlarida eksport kontraktlarini hisobga qo‘yish tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida bevosita bojxona postlarida amalga oshirish va boshqalar.

Respublikamizda sanoatning alohida tarmoqlarini rivojlantirish va ishlab chiqarishni rag‘batlantirish borasida ham hukumatimiz tomonidan bir qator imtiyoz va prefensiyalar ko‘zda tutilgan. Jumladan, to‘qimachilik va tikuv - trikotaj sohasida nooziq - ovqat iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarga quyidagi ko‘rinishda soliq va bojxona imtiyozlari berilgan28:

  1. mazkur korxonalar quyidagilarni to‘lashdan ozod etilgan: yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;

mol - mulk solig‘i;
mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;
nooziq - ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo va materiallar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlarga muvofiq, komissiya shartnomalari asosida import qilinadigan uskunalar, butlovchi buyumlar uchun bojxona to‘lovlari (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno) to‘lashdan;

  1. nooziq - ovqat iste’mol tovarlarini o‘zi uchun ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan xom ashyo, materiallar va furnituralarni import qilishda bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab, bojxona to‘lovlarini to‘lashni

(bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) 60 kungacha bo‘lgan muddatga kechiktirish. Kechiktirib to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan import qilishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadigan xom ashyo va materiallar ro‘yxatiga kiritilmagan xom ashyo, materiallar va furnituralarga berilishi ko‘zda tutilgan.


2. Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni byudjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1463, 2005 yil 2 aprelь) asosan bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan soliq va bojxona imtiyolari berilganda byudjetga to‘lanadigan soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlar mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hamda boshqa xil mol - mulkning sotish (xarid) qiymatiga hisoblab yozilmasligi va kiritilmasligi qayd etilgan.
To‘qimachilik va tikuv - trikotaj sohasida nooziq - ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda soliq va bojxona imtiyozlari beriladigan tovar guruhlari quyidagilardan iborat (2.2.1-jadval).

Download 248.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling