Mavzu. Ishlab chiqarish


Download 1.43 Mb.
bet8/9
Sana04.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1323934
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-mavzu. Ishlab chiqarish va uning modellari

K
L
6
L
L L 5
K 3 4
2
K P 1
A
A В С
8.6-rasm. Ko’lamning musbat va manfiy samarasi


OA kesmasida ko’rsatilganidek, nisbatan katta bo’lmagan hajmda mahsulot chiqarish uchun ishlab chiqarish funktsiyasi musbat ko’lam samarasini namoyish etadi. Ishlab chiqarish omillari nisbati 5 soat mehnat va 1 soat mashina vaqgi bo’lganida (chizmaning pastki qismida ko’rsatilgandek) 10 birlik mahsulot ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish omillari ikki baravar ko’payganda mahsulot chiqarish 3 marta (Yudan 30 gacha) ko’payadi.
Ishlab chiqarish omillari yarmiga ko’payganda (mehnat 10 dan 15 gacha va mashina vaqgi 2 dan 3 gacha) mahsulot ishlab chiqarish 2 marta ko’payadi (30 dan 60 birlikkacha).
AP kesmada ko’rsatilganidek, nisbatan katta hajmda mahsulot chiqarish uchun ishlab chiqarish funktsiyasi manfiy ko’lam samarasini namoyish etadi. Omillar nisbati Uzgacha ko’tarilganda (mehnat 15 dan 20 soatgacha) va mashina vaqti (3 dan 4 soatgacha) ko’payganda mahsulot ishlab chiqarish faqat 1/6 gacha (60 dan 70 donagacha) ko’payadi.
Ishlab chiqarish omillari 50%ga (mechnat 20 dan 30 soatgacha) va mashina vaqti 4 dan 6 soatgacha ko’payganda mahsulot ishlab chiqarish a (70 dan 80 donagacha) o’sadi, xolos
Rasmdan ko’rinadiki, ko’lam samarasi musbat bo’lganda agar foydalanilgan omillar mutanosib oshsa izokvantlar bir-biriga juda yaqinlashadi. Ammo, ko’lam
samarasi manfiy bo’lganda izokvantlar bir-biridan uzoqlashadi, chunki borgan sari ko’proq miqtsorda ishlab chiqarish omillari kerak bo’ladi. Ko’lam samarasi o’zgarmas bo’lganda izokvantlar teng masofada joylashgan bo’ladi (6.9-chizmaga qarang).
Butun dunyoda firmalar uchun ko’lam samarasi muhim ahamiyatga ega. Boshqa tamoyillarni hisobga olmaganda ko’lam samarasi katta bo’lgan sanoat tarmoqlarida yirik firmalar faoliyat yurgizadi. Odatda sanoatning ishlab chiqaruvchi tarmokdari xizmat ko’rsatuvchi soha tarmoqlariga qaraganda katta ko’lam samarasiga ega bo’ladi, chunki firmalar eng samarali faoliyat yuritishi uchun ishlab chiqarishdagi asbob- uskunalarga yirik miqdorda kapital qo’yish kerak bo’ladi.
Xizmat ko’rsatuvchi soha tarmoqlari sermehnat bo’lganlari uchun odatda ham katga hajmdagi, ham kichik hajmdagi sarflarning samarali bo’lishini ta’minlaydilar.
Ko’pchilik ishlarda (kitoblarda) «ishlab chiqarish ko’lami o’sishi bilan bog’liq bo’lgan tejash» tushunchasini «ko’lam samarasining o’sib borish» tushunchasiga sinonim sifatida foydalaniladi. Biroq, birinchi tushunchani qo’llash mumkin, qachonki, firmaning faoliyat qo’lami o’sib borsa va unga etarli vaqt (aytaylik bir yoki ikki yil) berilsa, toki u kiritiladigan omillarni almashtirish yo’li bilan ishlab chiqarishni arzonlashtira olsin. Ko’lam samarasi ishlab chiqarishni kengaytirish bilan bir xil bo’lishi mumkin, qachonki kiritilayotgan omillar mutanosib ravishda o’zgarmasdan qolsalar. Shunday qilib, firma barcha omillarni ikki martadan kamroq oshirib mahsulot ishlab chiqarishni ikki marta ko’laytirishi mumkin. Bu bilan, ko’lam samarasining oshib borishiga erishish mumkin.
Ishlab chiqarish ko’lamini o’stirish orqali erishilgan tejam tarkibiga demak, alohida holat sifatida oshib borayotgan ko’lam samaradorligi kiradi. Biroq, umumiyroq shaklda ko’lam samaradorligi mahsulot ishlab chiqarish hajmi o’zgarishi bilan barcha kiritilgan omillarning o’zaro nisbati o’zgarishiga yo’l beradi. Ishlab chiqarish funktsiyasi foydalanilgan ishlab chiqarish omillarining har bir muayyan nisbati mavjud bo’lganda firma ishlab chiqarishi mumkin bo’lgan mahsulot hajmini ifodalaydi.
Izokvanta egri chiziq bo’lib, ma’lum hajmda mahsulot ishlab chiqarish imkonini beruvchi ishlab chiqarish omillarining ma’lum nisbatda o’zaro bog’likdigini ko’rsatadi. Firmaning ishlab chiqarish funktsiyasi gurli darajada ishlab chiqarish hajmi bilan bog’liq bo’lgan bir guruh izokvantlar bilan berilishi mumkin.
Qisqa muddatli davrda hech bo’lmaganda bitta ishlab chiqarish omili o’zgarmay (doimiy) qoladi, uzoq muddatli davrda esa barcha ishlab chiqarish omillari o’zgaradi.
O’zgarib turuvchi bir omil vositasida (mehnat bilan) amalga oshgan ishlab chiqarishni mehnatning o’rtacha mahsuloti (o’rtacha ishchining mehnati unumdorligini aks ettiruvchi) va mehnatning chegarali mahsuloti (bu ishlab chiqarish jarayoniga qo’shilgan oxirgi ishchining mehnat unumdorligini aks ettiruvchi) tushunchalaridan foydalangan holda ifodalash mumkin.
Bir yoki undan ko’p ishlab chiqarish omillari doimiy bo’lganda o’zgarib turuvchi omil (odatda mehnat sarflari) chegarali mahsulotga ega bo’lishi zarur, bu esa o’zgarib turuvchi omildan foydalanish o’zgarib borgan sari qisqaradi. Kamayib boruvchi qaytim qonuni ishlab chiqarish jarayonida chegarasi mahsulotning kamayib borishini bildiruvchi umumiy tendentsiyani aks ettiradi.
Izokvantlar hamma vaqt pastga og’gan bo’ladi, chunki barcha ishlab chiqarish omillarining chegarali mahsulotlari musbatdir. Har bir izokvantning shakli uning har bir
nuktasida texnik o’rnini bosishning chegarali me’yori vositasida ko’rsatilishi mumkin. Mehnatni kapital bilan texnologik almashtirishning chegarali me’yori (MRTS) shunday mikdorki, qo’shimcha mehnat birligi foydalanilgan vaktda unga teng mikdorda kapital sarflari kamayishi mumkin, mahsulot ishlab chiqarish esa o’zgarmasdan qolaveradi. MRTS firmaning bir ishlab chiqarish omilini boshqalari bilan almashtirish imkoniyatlarini ko’rsatadi.
Mamlakat aholisining turmush darajasi shu mamlakatdagi mehnat unumdorligi darajasi bilan chambarchas bog’liq. Rivojlangan mamlakatlarda mehnat unumdorligi o’sishi sur’atlarining pasayishi, qisman, kapital qo’yishlarni etarli ravishda o’smaganligi bilan izoxdanadi.
Har bir ishlab chiqarish funktsiyasi uchun ishlab chiqarish jarayonida bir ishlab chiqarish omilini boshqasi bilan almashtirish imkoniyati turlicha: bu omillarni almashtirish imkoniyati nihoyatda mukammal bo’lgan funktsiyadan tortib, to ishlab chiqarish omillaridan foydalanish nisbatlari o’zgarmaydigan funktsiyagacha (omillardan foydalanish tarkiban o’zgarmagan holda ishlab chiqarish funktsiyasi) boradi.
Uzoq muddaatli taxdilda biz e’tiborni firma faoliyatining zarur bo’lgan ko’lamini yoki miqyosini tanlab olishga qaratdik. Ko’lamning o’zgarmas samarasi shuni bildiradiki barcha ishlab chiqarish omillaridan foydalanishning ikki baravar o’sishi mahsulot ishlab chiqarishning ikki marta ko’payishiga olib keladi. Ko’lamning musbat samarasi mahsulot ishlab chiqarishning ikki martadan ko’proq o’sganligini anglatadi, ko’lamning kamayib boruvchi samarasi esa mahsulot ishlab chiqarishni ikki baravardan kamroq o’sganini anglatadi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling