Mavzu. Ishlab chiqarish


Download 1.43 Mb.
bet6/9
Sana04.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1323934
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-mavzu. Ishlab chiqarish va uning modellari

Ikkita o’zgaruvchan omil sharoitida ishlab chiqarish
Ishlab chiqarish va unumdorlik o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik bilan tanishib chiqqanimizdan keyin, endi firmaning uzoq muddatdagi ikki omilli (bitta emas) ishlab chiqarish strategiyasini ko’rib chiqamiz. Izokvant guruhlarining shakliga ko’ra biz ishlab chiqarishning muqobil variantlarini o’rganib chiqa olamiz. 6.4-rasmdagi izokvantlar 6.1-rasmdagilarning qayta ko’chirilgani. Ularning barchasi pastga tomon og’adi, chunki mehnat va kapital ham musbat chegarali mahsulotga egadir. U yoki bu ishlab chiqarish omilining katta bo’lishi mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytiradi. Shuning uchun agar, mahsulot ishlab chiqarish hajmini birdek ushlab turilsa, unda bir omildan qancha ko’p foydalanilsa ikkinchi omil shuncha kam qo’llanadi.



    1. Ishlab chiqarish omillari bir-birining o’rnini bosishi



Har bir izokvantning burchak koeffitsenti, mahsulot ishlab chiqarish hajmi o’zgarmagan holda bir ishlab chiqarish omilining o’rnini ikkinchisi qanday qilib bosishini ko’rsatadi. Burchak koeffitsientining mutlaq ko’rsatkichi texnologik o’rnini bosishning chegarali me’yori deyiladi(MRTS).
Kapitalni mehnat bilan MRTS belgilangan mahsulotni ishlab chiqarishda bitga qo’shimcha mehnat birligidan foydalanish hisobiga kapital qisqartirilishi mumkinligini ko’rsatadi. Bu ko’rsatkich, iste’mol nazariyasida esga olingan chegarali o’rnini bosish me’yori (MRS)ra o’xshashdir. MRS kabi MRTS ham hamisha musbat ko’rsatkich hisoblanadi. Matematik shaklda (MRTS) = - foydalanilgan kapital miqdorining o’zgarishi / mehnat sarflarining o’zgarishi, yoki
MRTS = - LK /AL,
bunda LK va AL alohida izokvant (yoki doimiy Q) dagi kapital va mehnatning katta bo’lmagan o’zgarishini ifodalaydi.
Ta’kidlash joizki, 6.5-rasmda meqnat sarflari 1 dan 2 birlikka ko’paygan va mahsulot ishlab chiqarish 75 birlik darajasida bo’lganda texnologik o’rnini bosish me’yori (-AK/AL) 2 ga teng. Biroq, mehnat sarflari 2 dan 3 birlikka ko’payib va keyinchalik, 2/3 dan 1/3 gacha kamayganda MRTS 1 gacha pasayadi. Kapital qancha ko’p mehnat o’rnini qoplasa mehnat unumdorligi shuncha past bo’ladi, kapitaldan foydalanish esa samaraliroq bo’ladi. Shuning uchun, mahsulot ishlab chiqarish hajmini doimiy miqdorda ushlab turish uchun kapitalni minimal miqdorda kamaytirish zarur. Bunday holatda izokvant bir tekis tus oladi.
Izokvantlar egri chiziqlari botiq shaklda bo’ladi, ya’ni MRTS izokvant bo’ylab pastga siljigan sari qisqaradi. Texnik o’rnini bosishning chegarali me’yori har qanday ishlab chiqarish omilining ishlatish samaradorligi cheklanganligini ko’rsatadi. Ishlab chiqarish jarayonida kapitalning o’rnini ko’proq mehnat bosishi uning unumdorligini pasaytiradi. Xuddi shunday tarzda mehnatning o’rnini ko’proq kapital bosishi uning qaytimini kamaytiradi. Ishlab chiqarish uchun ikkala omilning mutanosibligi zarur.
Taxmin qilganimizdek, MRTS mehnatning chegarali mahsuli MPL va kapitalning chegarali mahsuloti MRK bilan jips bog’liq.
Buni ko’rish uchun faraz qilaylik, mehnat sarflari bir oz ko’paytirilgan va kapitaldan foydalanish mikdori bir oz kamaytirilganda mahsulot ishlab chiqarish hajmi o’zgarmay qoladi. Mehnat xarajatlarining ko’payishi natijasida mahsulot ishlab chiqarishning o’sishi qo’shimcha mehnat birligiga (mehnat chegarali mahsuliga) to’g’ri keladigan qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarishni qo’shimcha mehnat birligiga ko’paytmasiga teng.
Xuddi shunday tarzda foidalanilgan kapitalni kamaytirish natijasida ishlab chiqarish hajmining kamayishi bu kapital birligiga hisoblagan ishlab chiqarish hajmi kamayishining (kapital chegarali mahsulini), qisqartirilgan kapital miqdoriga ko’paytmasiga teng: kapitalni kamaytirish natijasida ishlab chiqarishning pasayishi = (MRK) (DK) bo’ladi.
K
5
4 K=2



L=1
3
K=1


2


1
L=1


K=2/3
L=1 Q3=90
K=1/3 Q2=75
L=1
Q1=55

0 1 2 3 4 5 L
8.3-rasm. Texnik o’rnini bosishning chegarali (marginal) me’yori
Barcha izokvantlarda mahsulot ishlab chiqarish hajmi doimiy qoldirilgani uchun mahsulot ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi nulga teng bo’ladi.
Shunday qilib:
(MPL) (AL) + (MRK) (DK) = 0
Endi, shartlarni o’zgartirgan holda, ko’ramizki:
(MPL) (MRK) = -(AK/AL) =MRTS (8.2)
Tenglama (8.2.)dan ko’rinib turibdiki, alohida izokvant uchun ishlab chiqarish jarayonida kapitalning o’rnini mehnat bosishi chegarali kapital chegarali mahsulotini ko’paytiradi va mehnatning chegarali mahsulotini kamaytiradi. Ikkala o’zgarishning umumiy natijasi, bu texnik o’rnini bosishning chegarali me’yori pasayishi va izokvantlarning tenglashish holatidir.
Ishlab chitsarish funktsiyalari ikki alohida holat
Ishlab chiqarish jarayonida bir omilning o’rnini boshqasi bosish imkoni chegaralarini hisobga olish uchun ishlab chiqarish funktsiyasining ikkita alohida holatidan foydalanish mumkin. 8.3-rasmda ko’rsatilgan birinchi holatda omillar eng maqbul ravishda bir-birining o’rnini bosadi.

Bu holatda MRTS izokvantning barcha nuqgalarida doimiy (o’zgarmas). Bu holatda bir miqtordagi mahsulot faqat mehnat bilan, faqat kapital bilan yoki har ikkalasi o’zaro bog’liq holda ishlab chiqarilishi mumkin. Masalan, Q hajmda mahsulot ishlab chiqarish faqat kapital hisobiga (A nuqgada), faqat mehnat hisobiga (C nuqtada) yoki ikkala omillar hisobiga (B nuqtada) yuz beradi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling