Mavzu. Ishlab chiqarish
Download 1.43 Mb.
|
8-mavzu. Ishlab chiqarish va uning modellari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’lam samarasi
A
Vaqt davomidagi kapital xarajatlari B Q1 Q2 Q3 C Vaqt davomidagi mehnat xarajatlari 8.4-rasm. Ishlab chiqarish omillari eng maqbul o’rin almashganda ishlab chiqarish funktsiyasining o’zgarish tavsifi. Odatda bunday holat uchramaydi, biroq bir qator holatlarda firmaning ishlab chiqarish jarayoniga oqilona yondashishini ta’minlaydi. Masalan, yo’l yoki ko’prik ustidagi telefon-avtomatga avtomatik ravishda yoki texnik-xodimlar yordamida xizmat ko’rsatilishi mumkin. Boshqa misol, musiqa asboblarini ishlab chiqarish to’la avtomatlashgan mashinalarda yoki yuqori malakalari mutaxassislar mehnati bilan amalga oshadi. 8.4-rasm mutlaqo teskari holatni — omillar tarkibi o’zgarmagan holdagi ishlab chiqarish funktsiyasini ko’rsatadi. Bu holatda bir omilni boshqa omil bilan almashtirish mumkin emas (iloji yo’q). Mahsulot ishlab chiqarishning har bir ma’lum hajmi mehnat va kapitalning ma’lum nisbatda o’zaro bog’liqligini talab qiladi. Ishlab chiqarishni o’stirish uchun mehnat va kapital sarflarini ma’lum nisbatda ko’paytirish zarur. Natijada, 8.7-rasmda izokvantlar to’g’ri burchak shakliga ega bo’ladilar. Bunday funktsiya uchun betondan qilingan sayrgoh yo’lakchalarini pnevmatik bolg’alar yordamida ta’mirlash misol bo’la oladi. Ikkita ishchi va bitta bolg’ani yoki ikkita bolg’a va bitga ishchining ishlashi bilan mehnat unumdorligi o’smaydi. Boshqa misol — taksi xizmatiga, kundalik sharoitda bir haydovchi va bir mashina kerak. 8.5-rasmda A,V va S nuqtalari kiritilgan omillarning texnik jihatdan o’zaro samarali bog’lanishini ko’rsatadi. Masalan, Q hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun A nuqgada L miqdorda mehnat va K miqdorda kapital foydalaniladi. Agar K,da kapital o’zgarmas bo’lsa mehnat sarflarining ko’payishi hsulot ishlab chiqarish hajmini o’zgartirmaydi. Q К, К 8.5.-rasm. Omillar tarkibi o’zgarmas bo’lgan holdagi ishlab chiqarish funktsiyasi Shuningdek, L, da mehnat sarflari o’zgarmas bo’lsa, kapitalning ko’payishi mahsulot ishlab chiqarish hajmini, o’zgartirmaydi. Shunday qilib, to’g’ri burchakli izokvantlarning tik va yotiq qismlarida mehnatning chegarali mahsuloti ham, kapitalning chegarali mahsuloti ham nulga teng. Ham kapitaldan ham mehnatdan foydalanish ko’paysa, ya’ni ishlab chiqarish omillarining ma’lum nisbatda o’zaro bog’lanishi A dan V ga o’zgarsa, mahsulot chiqarish ko’payishi mumkin. Ishlab chiqarish omillari tarkibi o’zgarmay (doimiy) qolgandagi ishlab chiqarish funktsiyasi shunday vaziyatni ifodalaydiki, bunda firma ishlab chiqarish usulini tanlashi cheklangan bo’ladi. Masalan, televizion spektaklni sahnalashtirish kapital (kamer ovoz asboblari va hokazo) bilan mehnat (rejisyor, ijrochi va b.)ning ma’lum nisbatda o’zaro bog’lanishini talab etadi. Televizion spektakllar sonini ko’paytirish uchun barcha ishlab chiqarish omillarini ko’paytirish kerak bo’ladi. Xususan, mehnat sarflarini qisqartirish hisobiga kapital sarflarini ko’paytirish murakkab, chunki ijrochi (aktyor)lar zaruriy ishlab chiqarish omili hisoblanadi (ehgimol hayvonlar to’g’risidagi filmlar bundan mustasnodir. Xuddi shuningdek, kapitalni mehnat bilan almashtirish qiyin, chunki filmlar va spektakllarni qo’yish juda murakkab asbob-uskunalarni talab etadi. Ko’lam samarasi Firmaning uzoq muddatli strategiyasini tahlil qilish xususiy tadbirkorlikdan to jamoat maktablarigacha, kommunal va xususiy xizmat hamda korxonalar faoliyatini tartibga solish kabi vaziyatlar uchun juda muhim. Masalan, o’rta maktab ishini tahlil qilish shunday xulosaga olib kelishi mumkinki, agar maktab tizimida uchta kichik, har birida 1000 tadan o’quvchi bo’lgan maktab o’rniga bitga katta 3000 o’quvchisi bor maktab bo’lsa, maktabda o’qitash dasturlari samaraliroq (fanlar ko’p va asbob uskunalar hamda qo’llanmalari yaxshi) bo’ladi. Telefon kompaniyalari faoliyatini o’rganish asosida taxmin qilish mumkinki, hududiy telefon kompaniyalari mahalliy telefon xizmatini yagona milliy telefon kompaniyasiga qaraganda yaxshiroq ko’rsatishi mumkin. Uzoq muddatli tahlilni firma faoliyati ko’lamidan boshlagan yaxshiroq. Ishlab chiqarish hajmi ko’payishi barcha omillardan foydalanishga bog’liqligi firmaning uzoq muddatdagi fao- liyatidagi ayrim xususiyatlarini ochib beradi. Foydalanilgan ishlab chiqarish omillari mutanosib tarzda oshganda firmaning mahsulot ishlab chiqarishi qanday o’zgaradi? Masalan, agar omillardan foydalanish ikki baravar ko’paysa mahsulot ishlab chiqarish ham ikki marta ko’payadimi yoki u ko’proq yoki ozroq ko’payadimi? Agar mahsulot ishlab chiqarish hajmi ikki baravardan ortiq ko’paysa (ishlab chiqarish omillari ikki marta ko’paygan holda), bunday o’sish ko’lamning musbat samarasi deyiladi. Ishlab chiqarish shuning uchun o’sadiki, katga ko’lamdagi ishlab chiqarish rahbarlarga va ishchilarga o’z vazifalarini bajarishda ixtisoslashuvni chuqurlashtirish va yanada murakkabroq hamda quvvatliroq asbob uskunalardan foydalanish imkoniyatini beradi. Avtomobil yig’uv konveyerining ijobiy samarasi ko’lami mashhur misol hisoblanadi. Daalat siyosatini ishlab chiqishda ko’lam musbat samarasini hisobga olish zarur. Agar ijobiy musbat ko’lam samarasi amal qilayotgan bo’lsa, unda mahsulot ishlab chiqaruvchi ko’pgina mayda firmalardan ko’ra (nisbatan ko’p sarfli) bitga yirik firmaga (nisbatan kam xarajatli) ega bo’lish iqgisodiy jihatdan foydaliroq bo’ladi. Bunday yirik firma o’zi belgilagan narxni nazorat qilishi mumkin va shu munosabat bilan narxlarni tartibga solish uchun kompaniyalar faoliyatiga davlatning aralashuvi kerak bo’lib qoladi. Masalan, elektr energiyasini ishlab chiqarishda ko’lam ijobiy samarasi mavjudligi yirik energetika kompaniyalari faoliyatini tartibga solib turishda davlatning aralashuviga sabab bo’ldi. Ishlab chiqarish ko’lami o’sishi ta’sir etishning ikkinchi toifasi ishlab chiqarish omillari ikki marta ko’payganda mahsulot ishlab chiqarish hajmi ham ikki baravar o’sishidir. Bunda, ishlab chiqarish ko’lam samarasi o’zgarmagan sharoitda amalga oshadi. Ko’lam samarasi o’zgarmas bo’lgan sharoitda firma faoliyatining miqyosi foydalaniladigan omillar mahsuldorligiga ta’sir qilmaydi. Firmaning ishlab chiqarish omillarining o’rtacha va chegarali unumdorligi katga korxonalar uchun ham, mayda korxonalar uchun ham o’zgarmas bo’lib qolaveradi. Ko’lam samarasi o’zgarmas bo’lganda ma’lum texnologiyadan foydalanuvchi bitga zavodning o’rniga, ikki marta ko’p mahsulot ishlab chiqaradigan ikkita zavod qurish mumkin. Misol uchun, yirik sayohat idorasi bir mijozga hisoblagavda kichik turistik korxonasi bilan bir xilda sarflar va bir xil kapital (boshqaruv binosi) bilan mehnat (xodimlari) nisbatiga ega bo’lishi mumkin. Nihoyat, ishlab chiqarish omillari ikki baravar ko’payganda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2 martadan kamroq o’sishi mumkin. Bunday holatda biz manfiy (teskari) ko’lam samarasiga duch kelamiz, uni har qanday yirik firmalarda qo’llash mumkin. Yirik firmalardagi boshqaruv qiyinchiliklari va murakkab jarayonlarni amalga oshirshtsdagi sarflar kapital va mehnat qaytimining pasayib ketishiga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, ko’lamning manfiy samarasi vazifalarni uyg’unlashtirish muammolari va rahbariyat bilan ishchilar o’rtasidagi munosabatlarning ta’minlanishi bilan bog’liq. Ko’lamning musbat va manfiy samarasi 6.9-rasmda ko’rsatilgan. Ishlab chiqarish jarayoni kapital va mehnatdan ishlab chiqarish omili sifatida foydalanish bo’lib, bunda 1 mashina-soat vaqtga 4 soat mehnat sarfi to’g’ri keladi. OR taraladigan chiziqda mehnat bilan kapitalning turlicha bog’lanishini aks ettiradi, ulardan ishlab chiqarish omillari o’zgarmas nisbatini ta’minlagan holda mahsulot ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling