Jadvalning 4-ustuni firmaning o`zgaruvchan xarajatlarini ko`rsatadi. Agarda, firma hech narsa ishlab chiqarmasa, o`zgaruvchan xarajat ham bo`lmaydi. - Jadvalning 4-ustuni firmaning o`zgaruvchan xarajatlarini ko`rsatadi. Agarda, firma hech narsa ishlab chiqarmasa, o`zgaruvchan xarajat ham bo`lmaydi.
- Agar firma hech nima ishlab chiqarmasa o`zgaruvchi xarajat 0, 1 dona mahsulot ishlab chiqarsa 0,30$, 2 dona mahsulot ishlab chiqarsa 0,80$ va h.k.
- Firmaning umumiy xarajati doimiy va o`zgaruvchi xarajatlari yig`indisiga tengdir.
- 2-jadvaldagi umumiy xarajat 3-ustundagi doimiy xarajat va 4-ustundagi o`zgaruvchan xarajatlar yig`indisiga teng. Firma xo`jayini qancha mahsulot ishlab chiqarish to`g`risida qaror qabul qiladi.
- Mazkur qarorning ahamiyati shundaki, u ishlab chiqarish darajasini o`zgartirganida uning xarajatlari qanday o`zgaradi.
- Ishlab chiqarilgan mahsulotning birligi uchun xarajatni topish uchun, firmaning xarajatini yaratiladigan mahsulot hajmiga bo`lamiz. Masalan, agar firma soatiga 2 dona mahsulot ishlab chiqarsa, uning umumiy xarajati 3.80$ bo`ladi va odatiy bir dona mahsulotning xarajati 3.80/2 yoki 1.90 bo`ladi. Umumiy xarajatning ishlab chiqarish hajmiga nisbati o`rtacha umumiy xarajat deyiladi.
- Umumiy xarajat doimiy va o`zgaruvchi xarajatlar yig`indisi bo`lganligi uchun, o`rtacha umumiy xarajat o`rtacha doimiy va o`rtacha o`zgaruvchi xarajatlar yig`indisiga teng. Doimiy xarajatning mahsulot miqdoriga nisbati o`rtacha doimiy xarajat deyiladi.
- O`zgaruvchi xarajatning mahsulot miqdoriga nisbati esa o`rtacha o`zgaruvchi xarajatni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |