U-shaklidagi o`rtacha umumiy xarajat. - 4-chizmada ko`rsatilganidek firmaning o`rtacha umumiy xarajat ko`rsatkichi “U” shaklda. Nega bunday ekanini tushuninsh uchun o`rtacha umumiy xarajat o`rtacha o`zgarmas va o`rtacha o`zgaruvchan xarajat yig`indisiga tengligini yodda tutish kerak.
- O`rtacha o`zgarmas xarajat doim ishlab chiqarish ortishi bilan pasayadi, chunki bu xarajat ko`plab sohalarga yoyiladi. O`rtacha o`zgaruvchan xarajat esa ishlab chiqarish ortishi bilan ortadi.
- O`rtacha umumiy xarajat o`rtacha o`zgarmas va o`rtacha o`zgaruvchan xarajatninng holatini aks ettiradi. Ishlab chiqarishning juda past darajalarida, misol uchun har soatda 1 yoki 2 dona mahsulot bo`lsa, o`rtacha umumiy xarajat juda yuqori bo`ladi.
- O`rtacha o`zgaruvchan xarajat past bo`lishiga qaramay, o`rtacha o`zgarmas xarajat yuqori, chunki o`zgarmas xarajat faqat bir qancha birlikka orttiriladi. Ishlab chiqarish o`sishi bilan o`zgarmas xarajat oshadi.
- O`rtacha o`zgarmas xarajat dastavval keskin darajada, keyinroq esa sekinlik bilan pasayadi. Buning natijasi o`laroq, o`rtacha umumiy xarajat ham firma ishlab chiqarishi bir soatda besh dona mahsulot va bir birlik mahsulotga 1.30$ gacha pasayadi.
- Qachonki firma bir soatda olti donadan ko`proq mahsulot ishlab chiqarsa, o`rtacha o`zgaruvchan xarajatning o`sishi yetakchi kuchga aylanadi va o`rtacha umumiy xarajat o`sa boshlaydi. O`rtacha o`zgarmas va o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlar o`rtasidagi kurashning kuchi o`rtacha umumiy xarajatda U shaklini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |