Mavzu: ishlab chiqarish zaxiralari va ularning tahlili
Ishlab chiqarish zaxiralari – o’zi nima?
Download 182.97 Kb.
|
sabopa kurs ishi
2.1.Ishlab chiqarish zaxiralari – o’zi nima?
Ishlab chiqarish zaxiralari — korxonadagi hali ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etilmagan va ish oʻrniga yetib kelmagan aylanma vositalarining bir qismi: Ishlab chiqarish zahiralari xom ashyo, asosiy va qoʻshimcha materiallar, yoqilgʻi, sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar, detallar, ehtiyot qismlar, asboblar va boshqa ishlab chiqarish vositalaridan iborat boʻladi. Ishlab chiqarish zahiralari ishlab chiqarish jarayonining uzluksiz kechishini taʼminlashga xizmat qiladi. Bunda ularning ortiqcha boʻlishi (ishlab chiqarishga zarur boʻlmagan zaxiralar)ga ham yoʻl qoʻymaslik zarur. Ishlab chiqarisg zahiralari natural koʻrsatkichlar (ogʻirlik, hajm, dona, oʻlcham,) da aniqlanadi. Uning hajmi korxonada muayyan davr (kun, oy, kvartal, yil) uchun belgilanadi. Vazifasiga koʻra, Ishlab chiqarish zahiralari joriy zaxiralar, kafolatli zaxiralar va tayyorgarlik zaxiralariga boʻlinadi. Joriy zaxiralar har kuni muayyan maqsulot birligini ishlab chiqarish uchun ombordan (yoki toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib beruvchidan) yetkazib beriladi. Kafolatli zaxiralardan, asosan, joriy zaxiralar tugab, navbatdagi Ishlab chiqarish zahiralarini yetkazib berish toʻxtab qolganda ishlab chiqarish uzluksizligini taʼminlash uchun foydalaniladi. Uning darajasi shoshilinch berilgan buyurtmani bajarishga ketgan vaqt va oʻtgan davrda yetkazib berilgan Ishlab chiqarish zahiralari bilan bilan kelgusida yetkaziladigan zaxiralar orasidagi tafovut bilan belgilanadi. Bunda zaxiralarni yetkazib berish masofasi, ularning ishonchliligi, materiallarni tashib berish harakteri va usuli, ularni yaqin joylashgan bazalardan olish imkoniyatlari va boshqa hisobga olinadi. Kafolatli zaxirani yaratish uchun zarur zaxiralarni har besh kunda yetkazib berishga erishish, shu bilan bir qatorda moddiy-texnika taʼminotini kengaytirish kerak boʻladi. Tayyorgarlik zaxiralari yetkazib berilgan zaxirani qabul qilib olish, ularni sifatini tekshirish, saralash, joylash, korxonaning sexlariga yetkazib berish va boshqani talab qiladi. Odatda, joriy, kafolatli va tayyorgarlik zaxiralari birgalikda ombor zaxirasini hosil qiladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishning boshi va oxirida vujudga keladigan vaqtinchalik (bunda zaxira faqat qisqa muddatga yuzaga keladi) zaxiralar bor. Oziq-ovqat sanoati korxonalarida mavsumiy zaxiralar hosil qilinadi. Ularning hajmi mavsumiy tanaffuslarning uzunligiga bogʻliq. Zaxiralarni haddan tashqari oshirib yubormaslik, ularni ishlab chiqarish harakteri va hajmiga qarab, meʼyor darajasida yaratish zarur. Umuman zaxiralar maʼlum darajada mablagʻlarni band qilib, ishlab chiqarish samaradorligini pasaytiruvchi omil hisoblanadi. Ishlab chiqarish zaxiralari — korxonadagi hali ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etilmagan va ish oʻrniga yetib kelmagan aylanma vositalarining bir qismi: Ishlab chiqarish zaxiralari xom ashyo, asosiy va qoʻshimcha materiallar, yoqilgʻi, sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar, detallar, ehtiyot qismlar, asboblar va b. ishlab chiqarish vositalaridan iborat boʻladi. Ishlab chiqarish zaxiralari ishlab chiqarish jarayonining uzluksiz kechishini taʼminlashga xizmat qiladi. Bunda ularning ortiqcha boʻlishi (ishlab chiqarishga zarur boʻlmagan zaxiralar)ga ham yoʻl qoʻymaslik zarur. Ishlab chiqarish zaxiralari natural koʻrsatkichlar (ogʻirlik, hajm, dona, oʻlcham,) da aniqlanadi. Uning hajmi korxonada muayyan davr (kun, oy, kvartal, yil) uchun belgilanadi. Ishlab chiqarish zaxiralari quyidagi turkumlarga ajratiladi: • Butlovchi buyumlar; • Xomashyo va materiallar; • Yarim tayyor mahsulotlar; • Ehtiyot qismlar; • Idish va idish materiallari; • Qayta ishlashga berilgan materiallar; • Yoqilg’I; • Qurilish materiallari; • Inventar va xo’jalik anjomlari; • Boshqa materiallar. Ishlab chiqarish zaxiralarini baholash «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMA ga asoslangan bo‘lishi lozim. Ushbu standartga muvofiq materiallar eng kam bahoda, ya’ni tannarxi bo‘yicha yoki sof sotish qiymatida hisobga olinishi lozim. Chunki buxgalteriya hisobining ehtiyotkorlik tamoyilini aks ettirishning biri bo‘lib past baholash qoidasi hisoblanadi: tannarx bo‘yicha yoki sotishning sof qiymati. «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMA ga asosan, Tovar moddiy zaxiralarning tannarxi barcha sotib olish xarajatlarini va tovar- moddiy zaxiralarni manzilga yetkazib berish hamda tegishli holatga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan transport-tayyorlov xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish zaxiralarini baholash 4-son BHMSning 7- “Tovar moddiy zaxiralarini baholash” bandida ko’rsatilib o’tilganidek, ishlab chiqarish zaxiralari, standartning qnyidagi banndlarida belgilangan tannarxdan yoki sotishning sof qiymatidan eng kam bahosi bo’yicha baholanadi: -Tovar-moddiy zaxiralariningtannarxi; -Sotib olish xarajatlari; -Mahsulot (ishlar,xizmatlar) ishlab chiqarish xarajatlari (tugallanmagan ishlab chiqarish); -Boshqa xarajatlar; -Xizmat sohasi korxonalari uchun tovar-moddiy zaxiralari tannarxi. Tovar-moddiy zahiralarni buxgalteriya hisobida aks ettirish hamda ularni baholash tartibi O’zbekiston Respublikasida «Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son buxgalteriya hisobi milliy standartiga asosan olib boriladi. Mazkur hisob standartiga 2-son «Ishlab chiqarish zahiralari» nomli Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti hamda tovar-moddiy zahiralar hisobiga doir xalqaro hisob hujjatlari ilmiy-amaliy asos bo’lib hisoblanadi. Yuqorida nomlari keltirilgan buxgalteriya hisobining ikki milliy va xalqaro standartining bir-biri bilan o’ziga xos o’xshash va farq qiluvchi xususiyatlari mavjuddir. Ishlab chiqarish zaxiralarini baholash 4-son BHMSning 7- “Tovar moddiy zaxiralarini baholash” bandida ko’rsatilib o’tilganidek, ishlab chiqarish zaxiralari, standartning qnyidagi banndlarida belgilangan tannarxdan yoki sotishning sof qiymatidan eng kam bahosi bo’yicha baholanadi: -Tovar-moddiy zaxiralariningtannarxi; -Sotib olish xarajatlari; -Mahsulot (ishlar,xizmatlar) ishlab chiqarish xarajatlari (tugallanmagan ishlab chiqarish); -Boshqa xarajatlar; -Xizmat sohasi korxonalari uchun tovar-moddiy zaxiralari tannarxi. Tovar-moddiy zaxiralar odatda ularning alohida birliklari tannarxini, qayta baholashni o’tkazish sanasida shakllangan xuddi shunga o’xshash baholanadigan tovar- moddiy zaxiralarning hujjatli tasdiqlangan joriy qiymatlari bo’yicha, kayta hisoblash yo’li bilan qayta baholanadi. Download 182.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling