Mavzu: ishlab chiqarish zaxiralari va ularning tahlili
Ishlab chiqarish zaxiralari tahlilini uslubiy asoslari
Download 182.97 Kb.
|
sabopa kurs ishi
2.4.Ishlab chiqarish zaxiralari tahlilini uslubiy asoslari
Ishlab chiqarish zaxiralari hisobi va tahlilining uslubiy asoslarini bir qator mye'yoriy-huquqiy hujjatlar tashkil etadi. Ularni quyida birmabir ko'rsatib hamda izohlab o'tamiz. O'zbyekiston Ryespublikasining 4-sonli «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BHMS da yuridik shaxsga mulk huquqida tyegishli bo'lgan tovarmoddiy zaxiralarning buxgaltyeriya hisobi uslubiyati va moliyaviy hisobotda aks ettirilishini byelgilab byerilgan. Unga ko'ra tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishning asosiy qoidalari bo'lib quyidagilar hisoblanadi: tan olish paytini byelgilash, tasniflash, balans qiymatini baholash; tovarmoddiy zaxiralar tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni byelgilash, xarajatlarni, shu jumladan xarajat sifatida tovar-moddiy zaxiralar qiymatini kyeyinchalik tan olish; tovar-moddiy zaxiralar qiymatini sotish (baholash)ning sof qiymatiga qadar kamaytirish; ularning chiqib kyetishidan moliyaviy natijalarni, shuningdyek ular bo'yicha axborotni moliyaviy hisobotda yoritish tartibini aniqlashlardir. Mazkur BHMSda quyidagi atamalar byelgilab byerilgan: a) tovar-moddiy zaxiralar - kyeyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo'lgan, shuningdyek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko'rsatish jarayonida yoxud ma'muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar; b) sotishning sof qiymati - tovar-moddiy zaxiralarni maqsadiga ko'ra ishlatiladigan holatga kyeltirish va sotish bo'yicha baholangan xarajatlar chyegirilgan holda joriy qiymati; v) joriy qiymat - ma'lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo'yicha tovar-moddiy zaxiralarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xoxlovchi, mustaqil taraflar o'rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatni bajarish uchun yetarli bo'lgan summa; g) byevosita xarajatlar - aloxida turdagi tovar-moddiy zaxiralarni ishlab chiqarish (xizmatlar ko'rsatish va ishlar bajarish) jarayoni bilan byevosita bog'liq bo'lgan hamda ularning birligi tannarxiga to'g'ridan-to'g'ri kiritiladigan ishlab chiqarish xarajatlari; d) bilvosita xarajatlar - bir nyecha turdagi tovar-moddiy zaxiralarni ishlab chiqarish (xizmatlar ko'rsatish va ishlar bajarish) jarayoni bilan bog'liq bo'lgan ishlab chiqarish xarajatlari, ular muayyan tovar-moddiy zaxiralar birliklari tannarxiga byevosita kiritilmaydi, buning oqibatida ular xarajatlar ob'yektlari va ularning birliklari tannarxi o'rtasida hisob-kitob yo'li bilan taqsimlanadi; ye) bo'linish nuqtasi - ishlab chiqarish jarayonining muayyan payti, bu yerda birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishda mahsulotlarning aloxida turlari aniq idyentifikaцiyalanadi; j) idish - mahsulotlar (tovarlar)ni saqlash, o'rab-joylash va tashish uchun ishlatiladigan buyumni ifoda etuvchi moddiy ob'yekt. Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotlarda quyidagilar ko'rinishida bo'lishi mumkin: a) mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko'rsatish, ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatish, ma'muriy ehtiyojlar va boshqa maqsadlar uchun mo'ljallangan xom ashyo va matyeriallar, xarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg'i, idish va idishbop matyeriallar, ehtiyot sismlar, invyentarь va xo'jalik anjomlari, boshqa matyeriallar zaxiralari; b) boquvdagi va yaylovdagi yosh hayvonlar, katta yoshdagi hayvonlar, parrandalar, asalari oilalari, sotish uchun asosiy podadan yaroqsiz qilingan (boquvga qo'yilmasdan) katta yoshdagi qoramollar, sotish uchun chyetdan qabul qilingan qoramollar; v) dyetallar, uzyellar, buyumlarning tugallanmagan ishlov byerilishi va yig'ilishi hamda tugallanmagan tyexnologik jarayonlar ko'rinishida tugallanmagan ishlab chiqarish. Ishlarni bajaradigan va xizmatlar ko'rsatadigan tashkilotlarda tugallanmagan ishlab chiqarish ular bo'yicha qabul qilish-topshirish hujjatlari rasmiylashtirilmagan va tashkilot tomonidan tyegishli daromad tan olinmagan tugallanmagan ishlar (xizmatlar)ni bajarishga doir xarajatlardan tashkil topadi; g) tashkilotda tayyorlangan tayyor mahsulot (ishlab chiqarish цiklining pirovard natijasi - sotish uchun mo'ljallangan va sonun hujjatlari bilan byelgilangan hollarda shartnomada yoki boshqa hujjatlarning talablarida nazarda tutilgan tyexnik va sifat tavsiflariga muvofiq kyeladigan ishlov byerilishi (butlanishi) tugallangan aktiv); d) boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslardan xarid qilingan (olingan) va tashkilotning odatdagi faoliyati davomida qo'shimcha ishlov byerishsiz sotish yoki qayta sotish uchun mo'ljallangan tovarlar. Bunda uzoq muddatli aktivlar ob'yektlari (binolar, inshootlar, transport vositalari, mulkiy (mutlaq) hususlar va boshqalar) kyeyinchalik sotish yoki qayta sotish maqsadida xarid qilingan hollarda tovar bo'lib hisoblanishi mumkin. Inventar va xo'jalik anjomlari tarkibiga quyidagi myezonlardan biriga javob beradigan aktivlar kiritiladi: a) xizmat muddati bir yildan oshmaydigan; b) qiymati bir birlik (komplyekt) uchun xizmat muddatidan qat'i nazar, O'zbyekiston Ryespublikasida byelgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish haqining ellik baravarigacha miqdorda bo'lgan buyumlar. Tashkilot raHbari Hisob siyosatida ularni invyentarь va xo'jalik anjomlari tarkibida Hisobga olish uchun buyumlar qiymatining bundan past chyegarasini belgilash huquqiga egadir. Xizmat muddati va qiymatidan qat'i nazar invyentarь va xo'jalik anjomlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi: a) maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumli va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun mo'ljallangan maqsadli vazifadagi asboblar va moslamalar); b) maxsus va sanitariya kiyimlari, maxsus poyabzal; v) ko'rpa-to'shaklar; g) yozuv-chizuv anjomlari (kalьkulyatorlar, stol ustiga so'yiladigan asboblar va Hokazo); d) oshxona invyentari, shuningdyek sochiq-dasturxonlar; ye) ularni barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan vastinchalik (titulda bo'lmagan) inshootlar, moslamalar va qurilmalar; j) foydalanish muddati bir yildan kam bo'lgan almashtiriladigan uskunalar; z) ovlash qurollari (trallar, yoyma to'rlar, to'rlar, anjomlar, matraplar va Hokazo). Tovar-moddiy zaxiralar buxgaltyeriya hisobining birligi tashkilot tomonidan mustaqil ravishda, ushbu zaxiralar to'g'risida to'liq va ishonchli ma'lumotlarni shakllantirish Hamda ularning mavjudligi va Harakati ustidan lozim darajada nazoratni ta'minlash maqsadida byelgilanadi. Tovar-moddiy zaxiralarning xususiyatlari, ularni xarid qilish va ulardan foydalanish tartibiga bog'liq Holda tovar-moddiy zaxiralarning birligi nomyenklatura raqami, turkum, bir turdagi guruh va hokazo bo'lishi mumkin. Tovar-moddiy zaxiralar aktiv sifatida tan olinadi, agar: a) tashkilotga kyelgusida aktiv bilan bog'liq iqtisodiy foyda kyelib tushishiga ishonch bo'lsa; b) aktiv qiymatini ishonchli baholash mumkin bo'lsa; v) ularga bo'lgan mulk xuquqi o'tsa. Tovar-moddiy zaxiralarga bo'lgan mulk Huquqi, ular bilan bog'liq xatarlar va mukofotlarning o'tish payti uning shartlari kyelishiladigan yetkazib byerish (oldi-sotdi) shartnomasi asosida byelgilanadi. Ular bo'yicha mulk Huquqi tashkilotga tyegishli bo'lmagan, biroq shartnoma shartlariga muvoofiq uning ixtiyorida bo'lgan tovar-moddiy zaxiralar balansdan tashsari Hisobvaraqlarda shartnomada nazarda tutilgan baho bo'yicha aks ettiriladi. Tovar-moddiy zaxiralar quyidagilar natijasida tashkilotning buxgaltyeriya balansiga kiritilishi lozim: a) yetkazib byerish (oldi-sotdi) shartnomasi bo'yicha xarid qilish; b) muassislardan tashkilotning ustav kapitaliga ulush sifatida kyelib tushishi; v) muassislar tarkibidan chiqishda yoki tugatilayotgan tashkilotning mol-mulki uning ishtirokchilari o'rtasida taqsimlanayotganda ilgari boshqa tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan tashkilotning ta'sis ulushi qaytarilishidan kyelib tushishi; g) tyekinga kyelib tushish (Hadya shartnomasi bo'yicha); d) ayirboshlash; ye) uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o'tkazish; j) ortiqcha (Hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarni aniqlash; z) ilgari byerilgan tovar qarzining qaytarilishi yoki tovar qarzini olish; i) tashkilotning o'zida tayyorlanishi; k) Hisobot davri oxirida tugallanmagan va tugallanmagan ishlab chiqarish tarzida Hisobga olinadigan ishlarni bajarish va xizmatlar ko'rsatish; l) tovar-moddiy zaxiralarga bo'lgan mulk Huquqi olinishiga olib kyeladigan boshqa opyeraцiyalar va Hodisalar. Tovar-moddiy zaxiralar quyidagi ikki qiymat: Hisobot davri oxiridagi tannarxidan (xarid qiymati yoki ishlab chiqarish tannarxi) yoki sotishning sof qiymatidan eng kam qiymat bo'yicha baholanadi. Tovar-moddiy zaxiralarning buxgaltyeriya Hisobida tyegishli tarzda tan olingan tannarxi O'zbyekiston Ryespublikasi qonun Hujjatlari va mazkur BHMS bilan byelgilangan Hollardan tashqari o'zgartirilmaydi. Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning buxgaltyeriya balansiga tannarxi bo'yicha kiritiladi, u xarid qiymati (yetkazib byeruvchiga to'lanadigan summalar) va ularni xarid qilish bilan bog'liq bo'lgan barcha xarajatlarni o'z ichiga oladi. Ushbu tartib 4-sonli «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BHMS da hamda «Mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida» gi Nizomda byelgilab qo'yilgan. Xususan, «Mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida» gi Nizomga muvofiq xarajatlar quyidagi guruhga bo'linib hisobga olinishi byelgilangan: Mazkur Nizomga muvofiq barcha xarajatlar quyidagilarga guruhlanadi: 1. Maxsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar: a) byevosita va bilvosita moddiy xarajatlar; b) byevosita va bilvosita myehnat xarajatlari; v) boshqa byevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo'lgan ustama xarajatlar; 2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan foydada xisobga olinadigan xamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar; a) sotish xarajatlari; b) boshqarish xarajatlari (ma'muriy sarf-xarajatlar); v) boshqa opyeraцion xarajatlar va zararlar; xo'jalik yurituvchi, sub'yektning umumxo'jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni xisoblab chiqishda hisobga olinadigan xo'jalik yurituvchi sub'yektning moliyaviy faoliyati bo'yicha xarajatlari: a) foizlar bo'yicha xarajatlar; b) xorijiy valyuta bilan opyeraцiya bo'yicha salbiy kurs tafovutlari; v) qimmatli qog'ozlarga qo'yilgan mablag'larni qayta baholash; g) moliyaviy faoliyat bo'yicha boshqa xarajatlar; favqulodda zararlar, u daromad (foyda)dan olinadigan soliq to'langunga qadar foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda xisobga olinadi. Download 182.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling