Mavzu: Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar va baxtsiz xodisalarni tekshirish


Download 55.98 Kb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi55.98 Kb.
#1061322
  1   2
Bog'liq
HFX 1AMALIY


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi

Hayot faoliyati xavfsizligi”


fanidan


AMALIYOT


TOPSHIRIQ № 1
Bajardi: Radio va Mobil tizimlar ta’lim yo‘nalishi
051-19 guruh
Qodirova Laylo Sobir qizi
Qabul qildi: Abdullayeva.S
Toshkent 2022
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fandan

№ 3 T O P SH I R I Q (AMALIYOT)


Mavzu: Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar va baxtsiz xodisalarni tekshirish.



Toshshiriqni bajarish ketma ketligi

  1. Nazariy savollarga javob berish.

  2. Hisobot tayyorlash.

Variant №22


Variant № 22 savol № 22


Savol: Favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash uslublarini tushuntirib bering.

1-savolga javob:


Tarmoq, ob’ekt yoki birlashmaning FVlar vaqtida barqaror ishlashi deganda FV vaqtida ham belgilangan hajmda va nomenklaturadagi mahsulotni ishlab chiqarishi, mahsulot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmaydigan tarmoqlarda esa –o‘zining funksional vazifalarini to‘liq bajarish imkoniyati tushuniladi. Halokatlar va falokatlar yuzaga kelishini oldini olish, ishchi xodimlarning hayoti va sog‘ligini ta’minlash maqsadida zarar etkazuvchi omillar ta’sirini bartaraf etish, material boyliklarning nobud bo‘lishini kamaytirish, injener-texnik, ta’minot va aloqa tizimlari kam va o‘rtacha darajada ishdan chiqqan vaqtlarda, ularni tezkorlik bilan qisqa muddatlarda tiklash ishlarini amalga oshirish barqarorlikni ta’minlash tadbirlariga kiradi.

Barqarorlikni ta’minlash quyidagi turlarga bo‘linadi:


1. Ob’ektning injener-texnik kompleksi barqarorligi.


2. Iqtisodiyot ob’ektlari ishining barqarorligi.


Har qanday tashkilotning injener-texnik kompleksi bino va inshootlar, texnologik jihozlar, elektr, suv va gaz ta’minoti, oqova suv tizimi (kanalizatsiya) va issiqlik ta’minotlarini o‘z ichiga oladi.


Ob’ektning barqaror ishlashi asosan injener-texnik kompleksning FVlar vaqtida qanday saqlanishiga bog‘liq.. Lekin, FVlar sharoitida mahsulot ishlab chiqarishning kamayishi yoki butunlay to‘xtab qolishi quyidagi sabablar bilan ham ruy berishi mumkin: ishlab chiqarish xodimlari jarohatlanganda; kooperatsiya bo‘yicha ta’minot buzilganda; ishlab chiqarishni boshqarish ishonchliligi buzilganda.


FVlarda iqtisodiyot ob’ektlarining barqaror ishlashiga quyidagi omillar ta’sir etishi mumkin: ishchi-xodimlar himoyasining ishonchliligi; asosiy ishlab chiqarish omillarining vayron etuvchi omillar ta’siriga chidamliligi; texnologik jihozlar, elektr ta’minoti tizimi, material-texnik ta’minot; qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni olib borish ishlariga hamda ishlab chiqarishni tiklashga tayyorgarlik; boshqarishning ishonchli va uzluksizligi.


FV lar vaqtida iqtisodiyot ob’ektlarining barqaror ishlashini baholash ishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: mazkur rayonda yuz berish ehtimoli yuqori bo‘lgan FVlarni aniqlash; FVlarning zarar etkazuvchi omillarini tahlil qilish va baholash; iqtisodiyot ob’ektlari va uning elementlari tavsiflarini aniqlash; zarar etkazuvchi omillarning maksimal ta’sir ta’sir darajasini aniqlash; iqtisodiyot ob’ektlari barqaror ishlashini oshirishga qaratilgan asosiy tadbirlarni aniqlash.


FVlar vaqtida quyidagi holatlarda ob’ektlar ishdan chiqqan hisoblanadi: sanoat ob’ektlari- kuchli buzilganda, vayron bo‘lganda; aholi yashash binolari, joylari – o‘rtacha buzilib, vayron bo‘lganda; shaxsiy tarkib – o‘rtacha og‘irlikda jarohatlanganda.


FVlar vaqtida sanoat ob’ektlarining barqaror ishlashiga ta’sir etuvchi omillar:


1. Ob’ektni joylashish shartlari – yadroviy raketa zarbasi berish mumkin bo‘lgan shahar yoki boshqa nishonlardan uzoqligi, ob’ekt joylashgan hududda yuqori xavflilikdagi ob’ektlarning mavjudligi (AES, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar omborlari), halokatlar va tabiiy ofatlar vaqtida ob’ektni suv bosish ehtimoli va b.


2. Ob’ektning injener-texnik kompleksi tavsifi – qurilish zichligi, bino va inshootlarning yong‘inga chidamlilik darajasi, konstruktiv xususiyatlari.


3. Ishlab chiqarish jarayonlari - tavsifi, yong‘in va portlashga xavflilik kategoriyalari.


FV vaqtida ob’ektning barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan asosiy yo‘nalishlar:


1. Ob’ekt va uning bino va inshootlarini ratsional joylashtirish:


region(hudud)ni kompleks rivojlantirish;


ob’ektni sanitar me’yorlar va qoidalar (SM va Q) Q-01-51-90 talablari asosida qurish va joylashtirish;


tinchlik vaqtidagi ehtiyojlar va mudofaa uchun er osti maydonlaridan foydalanish;


ishlab chiqarish infrastrukturasini shahardan tashqari zonada shakllantirish;


ob’ektlarning kategoriyalarini o‘rnatish va b.


2. Ishlab chiqarish xodimlari va aholini FVlar vaqtida himoyalashni tashkil etish:


aloqa va xabar berish tizimini takomillashtirish;


himoyalashning asosiy usullaridan kompleks foydalanish;


evakuatsiya (xavfsiz joyga ko‘chirish)ni tashkil etishni takomillashtirish;


zararlangan hududda aholi faoliyati rejimini ishlab chiqish;


zararsizlantirish ishlarini o‘tkazishga tayyorlanish;


oziq-ovqatlarni himoyalash.


3. Ob’ektdagi sanoat ishlab chiqarish ishlarini FVlar sharoitiga tayyorlash:


mahsulot ishlab chiqarishni dublirlash;


ishlab chiqarishni FVlar vaqtida mahsulot ishlab chiqarish uchun texnologik tayyorlash, FVlar sharoitida mahsulot ishlab chiqarish rejimiga o‘tkazish (harbiy vaqtlarda);


xavfsiz ishlab chiqarish texnologiyasi va qurilish materiallarini joriy etish;


kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar zahirasini kamaytirish;


binolarni engil materiallardan qurish va b.


4. FVlar vaqtida ishdan chiqqan ishlab chiqarishni tiklash ishlarini bajarishga tayyorlanish:


ehtimol qilinayotgan favqulodda vaziyatlar holatlarini oldindan bilish va baholash, etkazilgan zarar hamda tiklash uchun zarur kuch va vositalar miqdorini aniqlash;


tiklash ishlarini bajarish uchun kuch va vositalarni tashkil etish va doimiy tayyor holda saqlash;


reja, loyiha va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish va ishonchli saqlash;


tiklash ishlari bo‘yicha boshqarish organlarini tashkil etish va b.


5. FVlar masalalarini hal qilish uchun xo‘jalik boshqaruv tizimini tayyorlash:


boshqaruv organini dublirlash;


markazlashmagan boshqaruv tizimiga o‘tishga tayyorlanish;


markaziy boshqaruv buzilganda xo‘jalikni boshqarishning mahalliy boshqaruv organlarini tayyorlash;


kadrlar zahirasini tayyorlash;


boshqaruv organi va kadrlari FV vaqtida ishlashga tayyorlash;


ma’lumot to‘plashni tashkil etish va takomillashtirish;


avtomat boshqaruv tizimini FVlar vaqtida ishlashga tayyoralash va b.


Ob’ektlarning FVlar vaqtida barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar kompleksi ichidan asosiy ikkita quyidagi tadbirlar muhim rol o‘ynaydi:


FVlarda ishchi va xizmatchilar hayot faoliyati xavfsizligini


ta’minlash;


ikkilamchi xavfli omillar hosil bo‘lishini bartaraf etish.


FV vaqtida ishchi-xizmatchilarni himoyalash tadbirlari:


texnologik jarayonlarda portlashga va yong‘inga xavfli hamda zaharli va radiaktiv moddalar ishlatiladigan ish sharoitlarida ish rejimini to‘g‘ri tashkil etish;


zaharlanish o‘chog‘ini bartaraf etishga qaratilgan ishlarni aniq bajarish yo‘llari bo‘yicha o‘qitish;


ob’ektdagi ishchi va xizmatchilar hamda ob’ekt yaqinidagi aholiga, ob’ektda hosil bo‘lgan xaf to‘g‘risida xabar berishning lokal tizimini tashkillashtirish va uni doimiy tayyor vaziyatda saqlash.


FV larning xavfli va zararli omillari ta’sirida yuz beradigan yong‘inlar, portlashlar, zaharli, radiaktiv moddalarni muhitga tarqalishi ikkilamchi omillar jumlasiga kiradi. Ma’lumki, me’yoriy ish sharoitida ob’ektning xavfsiz va halokatsiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshiriladi. Lekin, bu omillar FVlar uchun etarli hisoblanmaydi. Shu sababli, FVlarning ikkilamchi omillaridan himoyalashga qaratilgan qo‘shimcha quyidagi tadbirlarni ham amalga oshirish talab etiladi:


saqlanadigan portlashga, yong‘inga xavfli va zaharli moddalar zahirasini minimum darajagacha kamaytirish;


saqlash omborxonalarini xavfsiz joyda, mustahkam qilib, shamol yo‘nalishini, yong‘in oraliqlari va yo‘laklarini, yong‘inga qarshi suv ta’minotini hisobga olgan xolda qurish;


barcha binolarni yong‘in o‘chiruvchi vositalar, zahira elektr manbalari, aloqa vositalari avtomat signalizatsiya kabi vositalar bilan ta’minlash.


Variant № 22 savol № 88
Savol: O‘YuChning tanlovchanlik koeffitsienti nima?

2-savolga javob:


O`YuCh qurilmalari texnikasida ikkita alohida turdagi materiallar
qo`llaniladi: tashqi sharoitlar ta'sirida o`z xususiyatlarini o`zgartiruvchi
segnetoelektriklar va ferritlar ya'ni, vektorning har bir proeksiyasi H vektorning barcha tashkil etuvchilariga bog`liq. Bu esa ushbu muhitda V va H vektorlar yo`nalish bo`yicha mos kelmasligidan darak beradi. Aniq qilib aytganda,muhitning xususiyatlari EMM ning to`lqin ko`rinishidagi yo`nalishiga bog`liq. Bunday muhit magnit xususiyatlariga ko`ra anizotrop deb ataladi.Anizotrop muhitda elektrodinamik parametrlar skalyar tenzor koeffisient bilan almashtiriladi.maydon,
ya'ni  a parameter bo`yicha anizotropdir.Berilgan V hajmda  a ,a , parametrlar (skalyarlar va tenzorlar) o`zgarmas bo`lsa, bu muhit bir jinsli deb ataladi. Agar ularga koordinata funksiyalari deb qaralsa, bir jinsli bo`lmagan muhit deb ataladi. Va nihoyat, ko`p holatlarda muhit parametrlarini maydon vektorlariga bog`liqemas deb hisoblash mumkin. Bunda moddiy (1.4)-(1.6) tenglamalar chiziqli. Mos keluvchi muhitlar chiziqli deb ataladi. Muhitlardagi nochiziqlilik asosan o`ta kuchli maydonlarda kuzatiladi.
II. Amaliy topshiriq

ISHLAB CHIQARISHDAGI YORITILGANLIKNI HISOBLASH


2.1. Mashg’ulot maqsadi.


Uchta usul yordamida E-yerning umumiy bir tekis yoritilshini taminlovchi yorituvchanlikli yoritilish qurilmasining S1 - shiftdan, S2 - devordan, S3 - yerdan akslanish koffitsientlari va H - balandlikdan, L - uzunlikli, b - kenglikli o’lchamli ishlab chiqarish binosi uchun yorug’ chiziq va solishtirma quvvat, yorug’lik oqimini qo’llash koffitsienti bo’yicha xisoblang. Qo’llaniladigan chiroqlar: turi – SOL (sanoatdagi osma lyuminesentli) 01-2·40. Chiroqlar shiftdan 0.3m masofada osilgan.
Insonga ko’rinadigan yorug’lik tabiatiga ko’ra - 380 dan 770 nm gacha uzunlik-dagi elektromagnit to’lqinlar.Asosiy yorug’lik texnikaviy kattaliklarga yorug’lik oqimi, yorug’lik kuchi, ravshanlik, yoritilganlik , akslanish koeffitsienti taaluqli bo’ladi.
Sifat ko’rsatkichlari bo’lib, quyidagilar hisoblanadi:
– Tusi;
– Kontrast (foto yoki televizorda yorugh’lik yoki ranglarning keskin o’zgarishi);
– Ko’rinish;
– Ko’zni oladigan;
– Diskomfort.
Ish joylarining yoritilganligi quydagi shartlarni qanoatlantirishi shart:
– Ishlash joylarining yoritilganlik sathi,berilgan ish turning gigienik me’yorlarga mos bo’lishi kerak.Yoritish kattalik bo’yicha eng yaxshi bo’lishi zarur;
– Binoda yoritilganlik satxining bir tekisligi va barqarorligi, shiddatli (tez) kon-trastlarning mavjud emasligi, yorug’lik maydon bo’ylab bir tekis taqsimlangan bo’lishi kerak;
– Ko’rish doirasida yorug’lik manbalardan yarqirash yuz bermasligi kerak, yorit-ish kattaligining vaqt bo’yicha pulsasiyasimaqsadga muvofiq emas;
– Spektral tashkil etuvchilar bo’yicha suniy yorug’lik tabiiy yorug’likka yaqin-lashishi kerak.
Su’niy yoritishning kamchiligi:
– Yorug’likning sariqligi;
– Spektral qizg’ishligi;
Ishlab chiqarish shartlarida yoritishning 3-turi qo’llaniladi: tabiiy, yani quyosh, su’niy, elektr yoki lyuminessent lampalar xosil qiladigan va almashlab ishlatish (kombi-natsiyalar).
Suniy yoritishni me’yorlashtirishda hisobga olinadigan omillar:
1. Ko’rishga oid ishlar tavsifi;
2. Tuslanishni farqlash obyektining minimal o’lchami;
3. Ko’rishga oid ishlarni razryadlash;
4. Tuslanish obyektining kontrasti;
5. Tuslanishning och rangligi;
6. Yoritish tizimi;
7. Yorug’lik manba’sining turi;
Yorug’lik tarqatishga bog’liq holdachiroqlar 3 ta sinfga bo’linadi:
– To’gri nur - jami yorug’lik oqimining 90% gacha pastgi yarim muhitda nurlanadi;
– Akslangan nur - jami yorug’lik oqimining 90% gachasi yuqori yarim muhitga nurlanadi;
– Yoyilgan nur - yorug’lik ikkala yarim muhit bo’yicha tarqaladi, shunda ularning birida 10% dan ortiq, boshqasida 90%gacha nurlanadi.
Eng yaxshi namunadagi chiroqlarning FIK. 0.8 dan yuqorini tashkil qi-ladi.Chiroqning himoya burchagi ko’zni lampaning yorug’ qismlarning ta’siridan ximoya darajasini aniqlaydi.
Ko’zni qamashtiruvchi ta’sirni cheklash talabidan kelib chiqib, ximoya burchagi kattaligiga bog’liq holda chiroqni osish balandligi me’yorlashtiriladi. Ximoya burchagi qanchalik katta bo’lsa, chiroq ko’zni qamashtirish ta’siri shunchalik kichik bo’ladi.

    1. Boshlang’ich berilganlar.




Download 55.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling