Mavzu: Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishning mazmuni va ahamiyati Reja: Modernizatsiya nima
Modernizatsiya jarayonini tavsiflashdagi turlicha yondashuvlar
Download 171 Kb.
|
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishning mazmuni va ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. Keng ma’noli modernizatsiyani tavsiflovchi turli jihatlar 4
Modernizatsiya jarayonini tavsiflashdagi turlicha yondashuvlar3
Jadvalga ko’ra, modernizatsiya jarayoni mazmunini klassik sotsiologiya vakillari “ijtimoiy tabaqalanish” hamda “ratsionalizatsiya” jarayonlari, neoklassik maktab vakillari “xususiy mulkchilik va demokratiyani mustahkamlash vositasi”, keynschilar maktabi vakillari esa “xo’jalikning asosiy tarmoqlarini qamrab oluvchi tarkibiy o’zgarishlar” sifatida talqin etadilar. Keng ma’nodagi modernizatsiyani tavsiflovchi turli jihatlar ham ushbu ijtimoiy jarayon mazmunining turli-tuman va serqirraligini ko’rsatadi (1-rasm). Keng ma’nodagi modernizatsiya jarayonining tavsiflari qatorida shuningdek, uning quyidagi tamoyillarini ham ajratib ko’rsatish mumkin: 1-rasm. Keng ma’noli modernizatsiyani tavsiflovchi turli jihatlar4 uning majmuaviyligi, ya’ni jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olishi; uning tizimiyligi, ya’ni jamiyat hayoti har qanday tarkibiy qismi yoki yaxlit sohasining o’zgarishi boshqalarining o’zgarishiga olib kelishi. Masalan, madaniy va siyosiy o’zgarishlar iqtisodiyotdagi o’zgarishlarga olib keladi va aksincha; uning global tavsifi – u dastlab bir necha ilg’or mamlakatlarda boshlanib, keyinchalik butun dunyoga tarqalmoqda; uning davomiylik tavsifi – modernizatsiya qisqa davrda ro’y bermaydi, balki u bosqichlarga bo’linadi (islohotlarni amalga oshiruvchi yetakchi guruhning paydo bo’lishi, o’zgarishlarni ilgari surish, ular natijalarining tarqalishi va mustahkamlanishi); tabaqalashganlik tavsifi – modernizatsiya turli mamlakatlarda turlicha ro’y berib, u yoki bu xolda milliy madaniyat va ahloq an’analariga tayanadi (masalan, “yapon iqtisodiy mo’jizasi”), G’arb va Yevropa qadriyatlari foydasiga ulardan to’liq voz kechishni taqozo etmaydi. Shu o’rinda, fikrimizcha, modernizatsiyalashning innovatsion tavsifi, ya’ni u orqali jamiyatning turli darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli jabhalariga yangi usul va vositalarni tatbiq etish nuqtai nazaridan yondashish tamoyilini kiritish ham mantiqiy, ham ilmiy jihatdan to’g’ri hisoblanadi. Download 171 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling