Mavzu: Ishsizlik va uning turlari


Download 1.21 Mb.
Sana12.03.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1265311
Bog'liq
ishsizlik

Mavzu:Ishsizlik va uning turlari.

Ishsizlik – iqtisodiy faol axoli bir qismining oʻz ishchi kuchidan foydalana olmasligini namoyon etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy xodisa. Mexnatga layoqatli boʻlib, ishlashni hoxlagan, lekin ish bilan ta’aminlanmaganlar ishsizlar deyiladi. Namoyon boʻlish hususiyati va vujudga kelish sabablariga koʻra ishsizlik friktsion, tarkibiy, siklik,institutsional, texnologik, regional, yashirin va turgʻun ishsizlik turlariga boʻlinadi.

Kishilar turli sabablar (yangi yashash joylariga koʻchib oʻtish, ishining mazmuni va tavsifi yoqmay qolishi, nisbatan yuqoriroq ish xaqi olishga intilish va boshqalar)ga koʻra oʻz ishlarini almashtirib turadilar. Biroq, bir ishdan boʻshab, boshqa biriga joylashgunga qadar orada ma’lum vaqt oʻtadi (ba’zi adabiyotlarda bu muddat 1 oydan 3 oygacha davom etishi koʻrsatiladi).Aynan shu vaqt oraligʻidagi, yaani bir ishdan boʻshab yangi ishga joylashgunga qadar boʻlgan davrdagi ishsizlik friktsion (oraliq) ishsizlik deyiladi.

Siklik ishsizlik – iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bogʻliq boʻlib, u ishlab chiqarishning pasayishi va yalpi talabning qisqarishi natijasida vujudga keladi. Bunda oʻz tovar va hizmatlariga nisbatan talabning qisqarishiga duch kelgan tadbirkorlar ishlab chiqarish xajmini kamaytirish maqsadida ishchilarni ishdan boʻshata boshlaydilar. Siklik ishsizlik xaqiqiy darajadagi ishsizlikning tabiiy darajadan farqlanishini koʻrsatadi. Ishsizlikning bu turi majburiy ishsizlik xisoblanadi va siklning yuksalish fazasida mavjud boʻlmaydi.

Institutsional ishsizlik ishchi kuchi bozori infratuzilmasi, ya’ani ishchi kuchini ish bilan ta’aminlashga hizmat koʻrsatuvchi muassasalarning yetarli darajada rivojlanmaganligi yoki samarali faoliyat koʻrsatmasligi natijasida paydo boʻladi. Uni xam tabiiy ishsizlik tarkibiga kiritish mumkin. Tehnologik ishsizlik ishlab chiqarish jarayoniga tehnologik usullarning kirib kelishi bilan bogʻliq boʻladi. Ularning ichida asosiylari ishlab chiqarishni mehanizatsiyalash, avtomatlashtirish, robotlashtirish va informatsion tehnologiyani qoʻllash xisoblanadi.


Xududiy ishsizlik muayyan xududdagi tarixiy, demografik,madaniy, milliy va ijtimoiy-ruhiy hususiyatdagi bir qator kompleks omillar ta’asiri ostida ishchi kuchi talabi va taklifi oʻrtasidagi nomutanosiblik natijasi xisoblanadi.

Yashirin ishsizlik uchun ish kuni yoki ish xaftasi davomida toʻliq band boʻlmaslik hos. Iqtisodiyot rivojlanishi darajasining pasayishi korhonalardagi ishlab chiqarish xajmining qisqarishiga olib keladi. Biroq, korxona egalari oʻz ishchilarini birdaniga ishdan boʻshata olmaydilar. Buning natijasida ishchilarning ma’lum qismi rasman ish bilan band boʻlsalarda, amalda toʻliq xolda ishlamaydilar. Buning natijasida mexnat unumdorligi pasayib, korhona moliyaviy natijalariga taasir koʻrsatadi. Yashirin ishsizlik mamlakatda vujudga kelishi mumkin boʻlgan ijtimoiy keskinlikka yoʻl qoʻymaslikka intilish natijasida xam paydo boʻladi.

Turgʻun ishsizlik mexnatga layoqatli axolining ish joyini yoʻqotgan, ishsizlik boʻyicha nafaqa olish xuquqidan maxrum boʻlgan va faol mexnat faoliyatiga xech qanday qiziqishi boʻlmagan qismini qamrab oladi.«Toʻla bandlik» tushunchasi iqtisodiyotda ishsizlikning mutlaq mavjud boʻlmasligini bildirmaydi. Iqtisodchilar friktsion va tarkibiy ishsizlikning boʻlishini tabiiy deb xisoblaydilar, shu sababli toʻla bandlik ishchi kuchining 100% dan kam qismini tashkil qiluvchi miqdor sifatida aniqlanadi. Aniqroq aytganda, toʻla bandlik sharoitida ishsizlik darajasi friktsion va tarkibiy ishsizlar soniga teng boʻladi.Siklik ishsizlik nolga teng boʻlganda toʻla bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasiga erishiladi. Toʻla bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy darajasi deb ataladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi bilan bogʻliq boʻlgan milliy ishlab chiqarishning real xajmi, iqtisodiyotning ishlab chiqarish saloxiyatini koʻrsatadi.

Toʻla bandlik yoki ishsizlikning tabiiy darajasi ishchi kuchi bozori muvozanatiga erishganda, yaani ish izlovchilar soni boʻsh ishchi oʻrinlari soniga teng kelganda vujudga keladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi qandaydir darajada iqtisodiy jixatdan maqbul xisoblanadi. CHunki «friktsion» ishsizlarga mos keluvchi ish oʻrinlarini topish, «tarkibiy ishsizlarga» xam yangi kasbni oʻzlashtirish yoki yangi yashash joyida ish topish uchun maalum vaqt kerak boʻladi. «Ishsizlikning tabiiy darajasi» tushunchasi maalum bir aniqliklar kiritishni talab qiladi.Birinchidan, bu tushuncha iqtisodiyot xar doim ishsizlikni tabiiy darajasida amal qilishi va shu orqali oʻzining ishlab chiqarish imkoniyatini roʻyobga chiqarishini bildirmaydi. CHunki, koʻpincha ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ortiq, ayrim xollarda, masalan, ish vaqtidan ortiqcha ishlash va oʻrindoshlik ishlarida band boʻlish natijasida tabiiy darajadan past xam boʻlishi mumkin. Ikkinchidan, ishsizlikning tabiiy darajasi oʻz-oʻzicha doimiy miqdor xisoblanishi shart emas, u tarkibiy oʻzgarishlar (qonunlar va jamiyat urf-odatlaridagi oʻzgarishlar) oqibatida oʻzgarib turishi mumkin. Masalan, AQSHda ishsizlikning tabiiy darajasi dastlab HH asr 60-yillariningoʻrtalarida 4,5% deb belgilangan boʻlsa, 70-yillarning boshiga kelib 5,5%, 80-yillarning boshida esa 6% gacha oʻsdi.

Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari uning taasirida ishlab chiqarilmay qolgan maxsulot xajmi orqali baxolanadi. Iqtisodiyot barcha ishlashni hoxlagan va ishlay oladiganlar uchun etarli miqdorda ish joylarini yaratish xolatiga ega boʻlmasa maxsulot ishlab chiqarish potentsial imkoniyatining bir qismi yoʻqotiladi.

E’tiboringiz uchun raxmat


Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling