Davriy ishsizlik asosan ishlab chiqarishning pasayishi natijasida ishchi kuchiga bo’lgan talabning kamayishidan paydo bo’ladi. Davriy pasayish tovar va xizmatlarga bo’lgan yalpi talabning kamayishini, shunga muvofiq, yalpi tatalabning kamayishini, va oqibatda aholining ish bilan bandligi qisqarishi va ishsizlikning o’sishini bildiradi.
To’la ish bilan bandlik ishchi kuchining 100 foiz ish bilan ta’minlanganligini bildirmaydi. Aksincha, friksion va strukturali ishsizlik ilojsiz hol bo’lganligini hisobga olsak, biz mutlaq to’la ish bilan bandlilikka erishib bo’lmasligini tushunamiz.
Agarda davriy ishsizlik bo’lmasa, u holda to’la ish bilan bandlilikka erishiladi. To’la ish bilan bandlik davridagi ishsizlik, ishsizlikning tabiiy darajasi deyiladi. Bunga ish qidiruvchilar soni bo’sh ish joylari soniga muvofiq kelsagina erishish mumkin. Ishsizlikning tabiiy darajasi friksion va tarkibiy ishsizlik yig’indisiga teng bo’ladi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi doimiy emas, chunki u iqtisodiy vaziyat, qonun va milliy an’analar bilan bog’liq holda o’zgarib turadi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi mamlakatdagi oxirgi o’n yilda mavjud bo’lgan haqiqiy ishsizlik darajasi va keyingi o’n yil uchun prognoz qilib hisoblangan ishsizlik darajalarining o’rtacha miqdori sifatida belgilanadi. Umumiy holda ishchi kuchi ish bilan band va faol ish qidirib yurgan ishsizlarga bo’linadi.
3. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari.A. Ouken qonuni.
Barcha mavjud resurslardan to’liq foydalanish yoki ishsizlikning tabiiy darajasi holatida iqtisodiyotda yaratilishi mumkin bo’lgan mahsulot hajmini iqtisodiyotning ishlab chiqarish potensiali deb ataladi. Mamlakatning ishlab chiqarish potensiali potensial YAIM ko’rsatkichi bilan o’lchanadi.
Makroiqtisodiy beqarorlik tufayli, iqtisodiy pasayish davrida mamlakat o’z iqtisodiy potensialini to’liq ishga solmasdan, yaratilgan haqiqiy YAIM hajmi (Yh) potensial YAIM (Yp) hajmidan ortda qoladi. YA’ni YAIMning uzilishi (YUZ) ro’y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |