Shartli diametr Du quvur yoki armaturaning nominal ichki diametrini bildiradi. Ma’lum bir shartli diametrga ega bo‘lgan quvurlar doimiy tashqi diametr DT ga va turli xil devor qalinligi S va ichki diametri Du ega bo‘ladi. Masalan, Du=400mm. li quvurning tashqi diametri DT=426mm. ga, devor qalinligi S=9mm. bo‘lganda ichki diametri D;=408mm. ga va S=6mm. bo‘lganda D;=414mm. ga teng bo‘ladi. GOST 8732-78 bo‘yicha chiqariladigan choksiz quvurlarning tashqi diametri 32dan 426gachadir GOST 10706-76 va GOST 8696-74 bo‘yicha chiqariladigan elektrpayvandli to‘g‘ri va spiralsimon chokli quvurlarning tashqi diametrlari 426dan 1420gachadir, bunda devor qalinligi S 6 mm. dan 14 mm. gacha o‘zgaradi. Quvurlarning talab etilgan devor qalinligi issiqlik tashuvchisining ichki (ishchi) bosimiga qarab aniqlanadi. 2.Qo‘zg‘aluvchan tayanchlar Tayanchlar. Tayanchlar o‘z vazifasiga ko‘ra qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas turlarga bo‘linadi. - Qo‘zg‘aluvchan tayanchlar (1.2-rasm) issiqlik quvurining faqat og‘irligini qabul qiladi va unga qurilish konstruksiyasida erkin siljishida imkon beradi. qo‘zg‘aluvchan tayanchlar issiqlik tarmoqlarning turli xil o‘tkazilishida qo‘llaniladi, faqat kanalsiz o‘tkazishda ishlatilmaydi.qo‘zg‘almas tayanchlar (1.2-rasm) issiqlik quvurlarni ichki bosim va temperate radeformatsiyasidan hosil bo‘ladigan kuchlanishlar bo‘yicha bir biriga bog‘liq bo‘lmagan qismlar (uchastklar)ga bo‘lish uchun xizmat qiladi. Bu holda kuchlanishlarni tarmoq uzunligi bo‘yicha ortib borishning, jihozlar va armaturaga ko‘rsatadigan ta’sirining oldi olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |