Mavzu: Islom qadriyatlari. Reja: 1


ISLOMDAGI MAZHABLAR VA YO’NALISHLAR


Download 305.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana09.05.2023
Hajmi305.43 Kb.
#1448644
1   2   3
Bog'liq
Falsafa

 

ISLOMDAGI MAZHABLAR VA YO’NALISHLAR 
Islomda yo’nalishlarning vujudga kelishi. 632 yilda Payg’ambar 
(alayhis-salom) vafotidan so’ng hokimiyat xalifalikka saylanganlar tomonidan 
boshqarildi. Birinchi Abu Bakr, ikkinchi Umar ibn Xattob saylandi, so’ng Usmon 
ibn Affon va Ali ibn Abi Tolib xalifa bo’ldi. Avvalgi ikki xalifa davrida xalifalikda 
ichki nizo va firqalanish bo’lmadi. Usmon xalifaligi davrining so’nggi yillarida 
ichki nizolar paydo bo’lib, xalifaga qarshiliklar kuchaydi. Oxir-oqibat bir to’da 
odamlar Hazrati Usmonning uyiga bostirib kiradilar va uni o’ldiradilar. Uning 
o’ldirilishi xalifalikda urushni keltirib chiqardi va Ali ibn Abi Tolib xalifaligi 
davrida bunday nizolar yanada kuchaydi. SHom voliysi Muoviya xalifaga qarshi 
chiqib tezroq xalifa Usmon qotillarini topib jazolash talabini qo’yadi. Xalifa bu 
paytda avval ichki nizolarni tugatish bilan ishni boshlagan bo’ladi. Bu ixtilof 
qurolli to’qnashuvga olib keladi.


 
Bu to’qnashuv 657 yili Iroqning Siffin degan joyida bo’lib o’tgani 
uchun jangning nomi Siffin deb atalgan. SHunda davlat tuzumi masalasida 
Payg’ambardan keyin xalifalik kimga o’tishi kerak degan masalada uch toifaga 
bo’linish yuz berdi. 
Birinchi – xalifa Ali tarafdorlari bo’lgan, xalifalik faqat payg’ambar 
xonadonida meros sifatida o’tishi kerak deb hisoblovchi guruh. Natijada ulardan 
shialik oqimi kelib chiqdi. 
Ikkinchi – xalifa Alining sobiq tarafdorlaridan tashkil topgan, uni Siffin 
jangidan keyin tashlab ketgan xorijiylar (ajrab chiqqanlar) guruhi hisoblanadi. 
Uchinchi – «ahli sunna val jamoa» guruhi.
Islomdagi ilk bid’at, firqachilik va adashish xorijiylar va shialar guruhlarining 
faoliyatida ko’zga tashlanadi. Bunday firqalar asosiy ikki masalada yuzaga 
kelgan: imomat (davlatga rahbarlik) va aqidada. 


 

Download 305.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling