Mavzu: Islom qadriyatlari. Reja: 1


Download 305.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana09.05.2023
Hajmi305.43 Kb.
#1448644
  1   2   3
Bog'liq
Falsafa



 
Mavzu: Islom qadriyatlari. 
Reja: 
1. Islomda inson xuquqlari ximoyasi, ijtimoiy tenglik, adolat 
va tolerantlik g’oyalari. 
2. Islomdagi mazhablar va yo’nalishlar. 


 
1. Islom so’zi arabcha – Allohga o’zni topshirish, itoat etish, taslim bo’lish, 
bo’ysunish ma’nolarini beradi. Islom dini ta’limoti bo’yicha, Muhammad 
payg’ambar avvalgi payg’ambarlar (O’rta Yer havzasi tsivilizatsiyasi ichida 
ma’lum bo’lgan) ishini davom ettirgan, ular dinini qayta tiklagan, qiyomat oldidan 
yuborilgan oxirgi payg’ambar (Xotam al-anbiyo’) – nabiy va rasul deb tan olinadi.
Islom dini ichidagi uch asosiy oqimlardan biri bo’lgan sunniylikda IX asrga 
kelib besh arkon (rukn – arabcha «ustun» ma’nosini anglatadi) haqidagi ta’limot 
shakllanadi. Ko’pchilik ulamolar fikricha, ular quyidagilar: 
1- imon;
2- namoz (arabcha – salot); 
3- zakot;
4- ro’za (arabcha – savm);
5- hajj; 
 


 

Imon. Imon masalasida islomda (ahl as-sunna, shi’alar, xavorijlar ichida) 
avvalgi davrda turli maktablar vujudga kelib, ular shu kungacha rivojlanib 
kelmoqdalar. Ba’zi ta’limotlar (masalan, mu’tazila, murji’a) yo’qolib, yangi 
teologik maktablar paydo bo’lgan. SHuningdek, ko’p hollarda alohida olingan 
mashhur mutafakkir-ulamoning shaxsiy yo’li (mazhabi) ancha xususiyatlarga ega 
bo’ladi. Ahl as-sunna va-l-jamoa ichida klassik davrda ikki asosiy maktab – 
moturidiylar va ash’ariylar kuchli mavqega ega bo’ldilar. Masalan, moturidiylar 
nazdida aqida masalalarida quyidagicha fikr mavjud: 
«Imon» so’zining lug’aviy ma’nosi ishonmoq, tasdiqlamoq bo’lib, istilohda 
esa Lo iloha illa-lloh, Muhammadun rasululloh («Allohdan o’zga ilohiyat yo’q va 
Muhammad – Allohning payg’ambari») kalimasini til bilan aytib (al-iqror bi-l-
lison), dil bilan tasdiqlash (at-tasdiq bi-l-qalb) demakdir. Mazkur ta’limot 
boshqalaridan imon masalasida amalni alohidalashi bilan farqlanadi. Imonning 
yetti sharti bor 


 
Namoz. Namoz – islomda imondan keyin musulmonlar ustiga farz qilingan 
ikkinchi amal hisoblanadi. Namoz arkonlari Qur’oni karimda to’liq bayon 
etilmagan bo’lsa ham, ammo u haqda ba’zi ko’rsatma va tartiblar berilgan. 
Namozning vaqti, miqdori hamda ado etish tartiblari hadislar bilan joriy etilgan. 
Bu masalada musulmonlar orasida har xilliklar mavjud bo’lib, ular negizida turli 
mazhab ta’limotlari shakllandi. Har kuni besh vaqt: bomdod – (tong otishidan kun 
chiqquniga qadar), peshin – (quyosh tikkadan oqqanidan to biron narsaning soyasi 
o’z bo’yiga ikki barobar kelguniga qadar), asr – (peshin vaqti chiqishi bilan to 
quyosh to’liq botgunga qadar), shom – (quyosh to’liq botganidan ufqdagi qizillik 
yo’qolguniga qadar), xufton – (shom vaqti chiqqanidan tong otguniga qadar) ado 
etiladi. 


 
Zakot. Zakot – «poklash» ma’nosini bildiradi, ya’ni ehtiyojdan 
tashqari bo’lgan boylikning qirqdan bir qismini (1/40) sadaqa qilish. Zakot 
moli zakot miqdoriga yetgan badavlat kishilar uchun farz etilgan. Zakot 
yetim-esir, beva-bechoralar, musofirlar, qarzdorlar, Alloh yo’lida yurganlar, 
zakot yig’uvchilarga beriladi. Zakot hijriy hisob bilan bir yil davomida 
ishlatilmay turgan yoki shaxsiy ehtiyojdan tashqari, xususiy mulk sifatida 
foydalanilayotgan mablag’dan beriladi. Zakot vositasida jamiyat kishilari 
orasida o’zaro hurmat-e’tibor ortib, bir muncha tenglik yuzaga keladi. Bu 
jamiyat taraqqiyoti, tinch va osudaligi yo’lida o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. 


 
Ro’za. Ro’za – yilda bir oy: hijriy qamariy kalendarning ramazon oyi 
davomida kunduz kunlari yeyish-ichish va jinsiy aloqada bo’lishdan tiyilish. 
Ro’za Hijratning ikkinchi yili farz bo’lgan. Bu ibodat kasal yo safarda bo’lgan 
kishilardan boshqa kunlarda tutib berish sharti bilan soqit qilinadi. Sababsiz 
ro’zani buzgan kishi boshqa kunda tutib berish bilan birgalikda, uning jazosi 
sifatida ikki oy paydar-pay ro’za tutishi lozim bo’ladi. SHuningdek, ro’za 
ramazondan tashqari oylarda ham tutilishi mumkin. Masalan, nafl ro’za yoki 
qasamni buzishdagi kafforat uchun ham ro’za tutiladi. 


 
Haj – qodir bo’lgan kishi uchun umrida bir marta Makka shahridagi 
Ka’bani ziyorat qilish va ushbu ibodat o’z ichiga oladigan arkonlarni ado etishdan 
iborat. Haj farz amallardan hisoblansada, O’rta Osiyo Arabistondan uzoq 
masofada joylashganligi sababli yuqorida zikr etilga «qudrati yetganlik» sharti 
ulamolar tarafidan kiritilgan. Haj zulhijja oyining 8 kunidan boshlanadi. Haj 
qilishning uch turi mavjud: «ifrod» – faqat haj amallari bajariladi, «qiron» – haj 
va umra amallari oldinma-ketin bajariladi, «tamattu’» – avval umra qilinib, 
ehromdan chiqiladi va zulhijja oyining sakkizinchi kuni ehromga kirib, haj 
ruknlari ado qilinadi. Hajning farzi uchta: ehrom bog’lab niyat qilmoq, Arafotda 
turmoq, Ka’bani tavof qilmoq.Islom dinida yuqorida birinchi rukn sifatida zikr 
qilingan imon va boshqa e’tiqod masalalari – ilm al-aqo’id (ilohiyot) ilmida 
o’rganilsa, keyingi 4 masala – ibodat masalalari boshqa ko’pgina savollar bilan 
ilm al-fiqh (diniy qonunshunoslik) doirasida bayon qilinadi va o’rganiladi. 


 

Download 305.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling