Mavzu: Islom qadriyatlari. Reja: 1


Download 305.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana09.05.2023
Hajmi305.43 Kb.
#1448644
1   2   3
Bog'liq
Falsafa

«Ahli sunna val jamoa» sunniylik deb ham nomlanadi. Buning o’ziga xos, 
boshqalardan ajralib turadigan jihatlari barcha sahobiylarni yaxshi ko’rish, kishini 
katta gunoh qilgan bo’lsa ham musulmon deb hisoblash, agar u vafot etsa, janoza 
o’qish, odil va zolim podshohga qarshi chiqmaslik, Allohning sifatlarini inkor 
qilmaslik va hokazo. Biroq ilk davrlarda musulmon olimlari tomonidan yakdil fikrga 
ega bo’lgan musulmonlarning aqidasi ishlab chiqilmagani bois, «to’g’ri e’tiqod qilish» 
va «bid’at» to’g’risidagi tasavvur shia va xorijiylarning paydo bo’lganidan keyin 
tizimga solindi. Xorijiylar xalifa Alining qo’shinidan ajrab chiqqan va «ahli sunna val 
jamoa» e’tiqodiga to’g’ri kelmaydigan ekstremistik qarashlarni ilgari surgan 
murosasiz guruh. Bunda ular xalifa Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib 
ketganlar va xalifaga ham, Muoviyaga ham qarshi urush ochganlar. Xorijiylikning eng 
katta xatarli tomoni o’z saflariga qo’shilmaganlarni «dindan qaytgan»likda ayblashlari 
va ularning talqinidagi islom qoidalariga rioya qilmagan har qanday rahbarga 
bo’ysunmay, unga qarshi kurashish zarurligini ta’kidlashlari bo’lgan.


 
 
Imom Abu Hanifa va hanafiylik mazhabi. Hanafiylik mazhabi asoschisi 
Abu Hanifa Nu’mon ibn Sobit (699-767) bo’lib, «Imomi A’zam», ya’ni eng buyuk 
imom laqabi bilan mashhur bo’lgan. Mazkur mujtahid olim Kufa shahrida tug’ilib 
shu yerda vafot etgan. 
Bu olim sunniy mazhablar asoschilari orasida yoshi eng kattasi hisoblanadi. 
Rivoyatlarga ko’ra Abu Hanifaning bobosi o’g’li Sobitni sahobiy Ali oldiga olib 
kelib, uning haqiga duo qilishlarini so’raydi. Hazrat Ali Sobitni o’zi va zurriyotiga 
barakot so’rab duo qiladilar. Sobitning zurriyotidan o’g’li Abu Hanifa katta shuhrat 
qozondi. Imom Abu Hanifa otasining kasbi Kufada ipak va jun mato tijorati bilan 
shug’ullangan.
Imom A’zam yoshligidan Qur’onni yodlaydi. Ma’lum vaqt savdo ishlari 
bilan shug’ullanib yurgan. SHu orada Kufa va uning atrofida e’tiqodiy bahs-
munozaralarda faol ishtirok etib borgan. Bir kuni ko’chada imom SHa’biyning 
yonidan o’tib ketayotganida, oldiga chaqirib, qaerga ketayotganini so’raydi.


 
U bozorga ketayotganini aytganda, men sendan uni emas, balki qaysi 
olimning darsiga borayapsan deb so’raydi. Imom A’zam hech birining oldiga 
bormayapman, degandan so’ng, imom SHa’biy shunday deydi: «Ilm va ulamolar bilan 
ko’rishib turgin. Seni nihoyatda zukko va ilmga tashnaligingni ko’ryapman». 
SHa’biyning bu gapiga kirib, Abu Hanifa ilm yo’lini tanlaydi. 
Abu Hanifa Umaviylar va Abbosiylarning siyosiy kurashlari, hokimiyat bir 
suloladan boshqasiga o’tgan davrda yashagan bo’lsa ham qo’liga qurol olib ikki 
tomonning siyosatiga aralashmadi, balki o’z ilmini oshirish va tarqatishga harakat 
qildi. Bu davrda aqidaviy oqimlar orasida kurashlar ancha qizigan. Olim bu 
kurashlarni kuzatib borgani tabiiy. Ibn Bazzozning rivoyatiga ko’ra imom Abu Hanifa 
o’g’li 
Hammodga 
shunday 
degan: 
«Bizlar 
munozara 
qilgan 
vaqtda 
suhbatdoshimizning haq va to’g’ri yo’lgan chiqib ketishidan qo’rqar edik, lekin sizlar 
munozara vaqtida raqibingizni haq yo’ldan chiqishini istaysizlar. Har kim o’z 
suhbatdoshini haq yo’ldan og’dirmoqchi bo’lsa, uni kufr tomonga yo’llaydi, lekin 
uning o’zi suhbatdoshidan oldinroq kufr yo’liga o’tgan bo’ladi». 


 
Manbalarda imom Abu Hanifaning sahobiylar bilan ko’rishgani aytiladi, 
shuning uchun u tobeinlardan hisoblanadi. U Hammod ibn Abu Sulaymon, 
Ibrohim Naxaiy, SHa’biy kabi va boshqa olimlardan sahobiylar Ali va Abdulloh 
ibn Mas’ud, Abdulloh ibn Abboslarning fiqhini o’zlashtirdi. Ayniqsa, Hammod 
uning eng asosiy ustozi hisolangan. Unga 22 yoshida shogird tushib, u kishidan 
o’n sakkiz yil davomida fiqh ilmini o’rganadi. Bu haqda o’zi quyidagilarni 
aytgan: «Men ilm va fiqhning konida edim. Uning ahli ila majlis qurdim. Ularning 
faqihlaridan birini lozim tutdim». Uzoq yillar dars olishi va ustozi vafotidan so’ng 
uning o’rnida dars berishni boshlagan. Ustozi o’rniga dars berishi natijasida
Hammod qoldirgan maktab keyinchalik imom Abu Hanifa faoliyati natijasida 
mazhabga aylandi. SHuningdek, ko’p yurtlarga safar qilgan va o’sha yerlik 
olimlar bilan ilmiy bahs-munozaralarga kirishgan. Imom Abu Hanifa viqor va 
salobatli kishi bo’lgan. 

Download 305.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling