Mavzu: islom sivilizatsiyasining yoyilishi


Download 135 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi135 Kb.
#1570182
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
“Islom sivilizatsiyasining vujudga kelish omillari va taraqqiyot


MAVZU: ISLOM SIVILIZATSIYASINING YOYILISHI


REJA:


Kirish
1. Islom tsivizilatsiyasining vujudga kelish omillari
2. Markaziy Osiyoda Islom sivilizatsiyasining rivoji
3. Zamonaviy buyuk sivilizatsiyalar
Xulosa
Foydalanilgan manba va adabiyotlar


Kirish
Bugungi kunda O‘zbekistonda islom dini qadriyatlariga e’tibor tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan buyuk allomalarimiz va ularning ilmiy meroslariga alohida ahamiyat ko‘rsatilib, yoshlarni ularning pandu nasihatlari, ilm-ma’rifat, bag‘rikenglik ruhida tarbiya qilishga katta urg‘u berilmoqda.
Shu ma’noda Toshkent shahrining qadimiy qismi – Hastimomda Islom sivilizatsiyasi markazining tashkil etilishi amalga oshirilayotgan islohotlarning yorqin namunalaridan biri, deb aytish mumkin. Chunki bu yerda shonli tarixning ko‘zga ko‘ringan namunalari, yosh avlodning ma’naviyat va ma’rifat maskani bunyod etilmoqda. Markazda tashkil etilayotgan islom olamidagi ulkan kutubxona, qo‘lyozmalar fondi, ilmiy akademiya va boshqa bir qator tuzilmalar ta’lim-tarbiya, ilmini yuksaltirishga xizmat qilishida shubha yo‘q. Dunyoda benazir bo‘lgan bunday maskanga yurtimizdagi har bir fuqaroning, ertangi kunga umid ko‘zlari bilan boqayotgan har bir yoshning e’tibor markazida turibdi va haqli ravishda jahon jamoatchiligining qiziqishini tobora o‘ziga tortmoqda.
Islom sivilizatsiyasining rivojiga munosib hissasini qo‘shgan buyuk allomalarimizni qancha o‘rgansak, ularni targ‘ibu tashviq qilib, asarlarini nashr qilsak shuncha oz. Shunday ekan, sohada amalga oshirilayotgan faoliyatning maqsadi ham ulkan ilmiy merosni chuqur o‘rganib, kelajak avlodga munosib tarzda etkazish hisoblanadi. Davlatimiz rahbari tomonidan yosh avlod trabiyasi yo‘lida qilinayotgan bunday ishlar uzoq istiqbolni ko‘zlagan.
Yer yuzida hayot paydo bo‘lganidan beri ko‘plab sivilizatsiyalar mavjud bo‘lgan. Ulardan ma’lum birlari o‘z davrida gullab-yashnagan, biz esa ularni faqatgina qadimiy manbalarda o‘qib, undan faqat saqlanib qolganlarini ko‘rishimiz mumkin. Yana ma’lum birlari hozirgi davrgacha yashab kelmoqdaki, undan insoniyat foydalanmoqda, yanada rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu sivilizatsiyalarning barchasi inson mehnati va intilishi natijasida taraqqiy etgan bo‘lib, kishilik jamiyatining rivojiga o‘zininig munosib hissasini qo‘shgan.

Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling