Mavzu: Islomgacha milliy ma’naviyatimiz takomili. Reja: Kirish


Islom dini kirib kelganidan so’ng ma’naviyatimiz rivoji


Download 59.11 Kb.
bet5/6
Sana23.12.2022
Hajmi59.11 Kb.
#1049943
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi Odilov Jamshid

Islom dini kirib kelganidan so’ng ma’naviyatimiz rivoji.

Mustaqillik tufayli ma’naviy qadriyatlarimiz, o’tmish ajdodlarimiz qoldirgan meros, o’zining butun mukammalligida, qaychilanmasdan, “progressiv-reaktsion” atalmish zo’raki qoliplarga tiqishtirilmasdan tiklana boshladi. Qur’oni karim, hadisi shariflar birinchi marta o’zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi, Nosiriddin Rabg’uziy, Ahmad Yassaviy, Ubaydiy, Muhammad Rahimxon Firuz, Burxoniddin Marg’inoniy, Abu Mansur Moturidiy, Behbudiy, Fitrat, Cho’lpon va boshqa “sovet davrida” hatto nomlarini eslash man qilingan allomalarimizning asarlari birin-ketin nashr etilib, chanqoq kitobxonlar qo’liga etib kela boshladi. Davlat tili haqidagi qonun qabul qilindi. Tasavvuf pirlari - Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband yubileylari millatimizning ruhida poklanish tuyg’ularini uyg’otdi. Poytaxtimizning qoq markazida sohibqiron bobomiz Amir Temurning ulug’vor mujassamasi o’rnatilishi o’zbek xalqining har bir farzandi ruhida haqli iftixor hislaridan o’chmas yog’du paydo qildi.


XX asr boshlarida millatni ma’rifat, adolat, hurriyat sari etaklagan jadid allomalarimiz xalq dilidan yana munosib o’rin ola boshladi. “Bosmachi” deya yoppa qoralangan milliy ozodlik harakati ishtirokchilari o’z qadrlariga loyiq baholandilar. Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o’lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o’zlikni anglashni, ta’bir joiz bo’lsa, milliy iftixorni tiklash va o’stirish jarayonida g’oyat muhim o’rin tutadi. Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisidir. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmog’i zarur. Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilap qomusiy bilimdonlikni o’zida mujassam etgan buyuk arboblar ko’p bo’lgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, AlXorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulugbek, Zahiriddin Bobur va boshqa ko’plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo’shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo’lib qoldilar. Ularning nomlari, jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo’shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma’lum. Bizning o’tmish madaniyatimiz butun insoniyatni o’ziga rom etib kelayotgan markaz bo’lib kelayotganligi tasodifiy emas. Samarqand, Buxoro, Xiva faqat olimlar va san’at ixlosmandlari uchungina emas, balki tarix va tarixiy qadriyatlar bilan qiziquvchi barcha kishilar uchun ziyoratgohga aylangan. Mustaqillik davrida o’zbek olimlarining kuch-g’ayratlari bilan tariximizning ko’pdan-ko’p g’oyat muhim sahifalari, eng avvalo, temuriylar davri, XIX asr oxiri - XX asr boshlari tarixi yangidan kashf etildi.
Ma’naviyatni mustahkamlash uchun mehnat va mablag’ni ayash o’z kelajagiga bolta urish demakdir. Vatan va jahon madaniyatining, adabiyot va san’atning yutuqlari har bir oilaga etib borishi uchun oilaning moddiy ta’minlanganligidan qat’i nazar qulay sharoitlar yaratish talab etiladi. Ijodiy xodimlarning ma’naviy kuchiga erkinlik berish, ularga har tomonlama yordam ko’rsatish ham katta ahamiyatga egadir. Milliy tuyg’u inson uchun tabiiydir, chunki u ota-onalardan meros qilib olingan va bola o’z ota-onasiga, butun dunyoga aytgan birinchi so’zida ifodalanadi. O’z xalqiga, uning an’analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, haqiqiy insonni tarbiyalash mumkin emas. Vatanparvarlik, fuqarolar yakdilligi — yosh va mustaqil O’zbekiston davlati barpo etilayotgan negizdir. Ayni shu narsa jamiyatni qayta o’zgartirish yo’lidagi qiyinchiliklarni engib o’tishga, hamjihatlik va hamkorlikka erishishda yordam beradi. Xalqimizning xotirasi ajoyib nomlarga boy. Butun jahonga mashhur bo’lgan Beruniy, Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Ulug’bek, Navoiy va boshqa ko’pgina allomalar ma’naviyati keng va ayni vaqtda qismati og’ir bo’lgan siymolardir. Buyuk ajdodlarimizning ulug’ nomlari, xalq xotirasi va uning taqdiri munosib davom etishga loyiqdir. 1991 yil Alisher Navoiy yili deb e’lon qilindi va o’sha yil to’kin kuzning birinchi oyida o’zbek milliy ma’naviyatining quyoshiga bag’ishlanadigan asosiy tantana va tadbirlarni o’tkazish belgilandi. Ollohning inoyatini qarang-ki, xuddi ushbu tantanalar boshlanishi oldidan mamlakatimiz siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritdi va sentyabrning birinchi kuni Mustaqillik bayramiga aylandi. She’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludlariga bag’ishlangan anjumanda Respublikamiz rahbari nutq so’zlab, yosh avlodni tarbiyalashda buyuk allomamizning o’rinlari juda katta ekanligini yana bir bor e’tirof etdi. “Mana, salkam bir yildirki, O’zbekistonimizda, O’rta Osiyoda barcha Sharq xalqlari tomonidan nishonlanayotgan Alisher Navoiyning umr va ijod to’ylari — qutlug’ ma’raka davom etmoqda. Bu to’y millat bayramidir. Qadriyatimizni yana bir bor ulug’laydigan bayramdir. Bu to’y xalqimiz, O’zbekistonimiz hayotiga alohida fayz, tarovat baxsh etdi.Alisher Navoiy yili deb e’lon qilingan 1991 yil yurtimiz, elimiz tarixida qutlut keldi, unutilmas sana bo’lib qoldi. Bu yil xalqimizning asriy orzuumidlari amalga oshirildi. O’zbekistonimiz davlat mustaqilligini e’lon qildi va o’z taqdirini endi o’zi hal qiladigan bo’lib qoldi. Sizlarni, O’zbekistonning barcha fuqarolarini, barcha vatandoshlarimizni ana shu qo’shaloq bayram bilan jumhuriyatimiz rahbariyati nomidan, shaxsan o’z nomimdan chin yurakdan tabriklayman va yurtimizda haqiqiy mustaqillik o’rnatish yo’lida hammangizga kuch-quvvat, mardlik-omonlik, hamma ishlaringizda va hayotingizda omad tilayman... Men ishonamanki, Navoiy haykali, bog’i shahrimizning, diyorimizning eng go’zal va asosiy ziyoratgohi bo’lib qoladi. Bu er yillar, asrlar davomida katta xalq tantanalari, qariyalarimiz, yosh avlodimizga, xalqimizga malham, ruhiy madad beradigan sevimli va maroqli bir oromgohga aylanadi, degan katta umidim bor. U ijod ahli uchun ilhom maskani va kamolot ka’basiga aylanib ketsa ajab emas.
Bugun biz bobomiz ruhi oldida chuqur ta’zim bajo keltirar ekanmiz, undan oldin va undan keyin o’tgan ulug’ zotlarning ruhlari ham shod bo’ladi, deb umid qilamiz. O’z tarixi va ajdodlarini siylagan xalqning kelajagi, albatta, porloq bo’ladi. Ishonamizki, O’zbekistonimiz tez orada dunyo hamdo’stligi o’rtasida o’ziga munosib o’rinni egallaydi, inshoollo. Ana o’shanda ham Alisher Navoiyning qutlug’ nomi bizga madadkor bo’ladi”,- degan edi Yurtboshimiz. Mustaqillik yillarida o’tgan ulug’ shoir va adiblarimizning yubileylarini o’tkazish qutlug’ an’anaga aylanib bordi. 1993 yili atoqli shoir G’afur G’ulomning 90 yilligi va shoh-shoir va ulug’ adib Zahiriddin Muhammad Boburning 510 yilligi tantanalari o’tkazildi va Andijonda “Bog’i Bobur” barpo qilindi. 1994 yilda Sho’rolar zamonida faqat hukmdor bo’lgani tufayli nomi qoralangan ma’rifatparvar shoh va iste’dodli shoir Muhammad Rahimxon Feruzning 150 yillik yubileyi nishonlandi. 1997 yili noyabrda Abdulhamid Cho’lponning 100 yilligi, 1999 yili buyuk tasavvuf shoiri Pahlavon Mahmudning 750 yilligi va ulug’ shoir va tarjimon Ogahiyning 190 yilligi keng ko’lamda bayram qilindi. 2003 yili G’afur G’ulomning100 yilligi munosabati bilan shahar markazidagi shinam madaniyat va istirohat bog’i uning nomiga qo’yildi va shu bog’da unga ulug’vor haykal o’rnatildi. Bugungi kunda birgina Toshkent shahrining o’zida Bobur nomida, Mirzo Ulug’bek nomida, Abdulla Qodiriy nomida, bolalar shoiri Zafar Diyor nomida bog’lar barpo etilgan. She’riy va nasriy asarlar ustasi, millionlarning sevimli adibi bo’lgan G’afur G’ulom tavalludining 90 yilligiga bag’ishlangan anjumanda davlatimiz rahbari so’zga chiqib, adib asarlarining tarbiyaviy ahamiyati, dolzarbligi jihatidan bugungi kunda ham ahamiyatli ekanligini yana bir bor ta’kidlab shunday degan edi: “Prezidentlar keladi-yu ketadi, lekin G’afur G’ulomdek ulug’ ijodkorlar, shoirlar, adiblar, ularning ijodi boqiy qoladi. Shu nuqtai nazardan aytmoqchimanki, har bir rahbar qaerda bo’lmasin, qaysi davrda bo’lmasin, agarki uzoqni o’ylaydigan bo’lsa, chuqur fikr yuritadigan bo’lsa, avvalambor ijodkorlarga sharoit tug’dirib berishi kerak... Mening shaxsiy fikrim — O’zbekistonni agar ulug’lamoqchi bo’lsak, O’zbekistonning buyuk kelajagi bor demoqchi bo’lsak, mana shu zalga qaratib, butun xalqimizga qaratib aytmoqchimanki, bizlar avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak... “ O’zbekistonimizda nafaqat shoiru adiblar, balki nozik, go’zal she’rlar bita oladigan, oqila ayollarimiz ham bo’lgan va hozir ham bor. 1995 yili vafo va sadoqat timsoli bo’lgan taniqli va sevimli shoiramiz Zulfiyaxonimning tabarruk 80 yoshga to’lgan kunlariga bag’ishlangan tadbirda birinchi Prezidentimiz quyidagilarni e’tirof etdi: “Siz zamonamizning zabardast shoiri va jamoat arbobi sifatida O’zbekistonning jarangdor ovozi bo’ldingiz, deb aytsak, aslo mubolag’a bo’lmaydi. Jahon minbarlarida yangragan she’rlaringiz — Sharq ayolining aqlu zakosi, fazlu kamolidan noyob nishonadir. Siz latif ijodingiz bilan millionlab kishilarga ezgulik, muhabbat va sadoqatdan saboq berdingiz... Siz Gulbadanbegim, Zebuniso, Uvaysiy, Nodirabegim kabi Sharqning buyuk fozila ayollari boshlagan an’analarni boyitib, yangi pog’onaga ko’tardingiz. Mehribon va talabchan ustoz Zulfiyaxonimning mahorat maktabidan ko’plab yosh iste’dodlar bahramand bo’ldilar. Istiqlol ruhi Sizni, ijodingizni yanada yoshartirib yubordi. Maftunkor she’riyatingiz yoshlik nafasi bilan qayta uchqunlandi. Sizning, el ardog’idagi etuk ijodkor, mohir tarjimon, atokli noshir-muharrir va jamoat arbobining tavallud kuni milliy bayram sifatida nishonlanishi mustaqil davlatimiz hayotida katta voqea. Bu qutlug’ sana istiqlol zamonida, yorug’ kunlarda o’tayotgan millionlab muxlislaringizning quvonchiga quvonch qo’shishi juda tabiiydir”. Yurtimizda qadimdan jahon ilmiga salmoqli xissa qo’shgan, dunyoda nomi shuhrat qozongan zabardast allomalar ko’p o’tgan. Afsuski, qaramlik davrida ularning ham nomlari ko’p tashviq qilinmas edi. Mustaqillik sharofati bilan ularning amalga oshirgan buyuk xizmatlari ham o’ziga yarasha yuksak e’tiborini topa boshladi. Shulardan biri bundan 1200 ilgari yurtimiz nomini jahonga tanitgan buyuk astronom, matematik va geograf Ahmad al-Farg’oniy bo’lib, 1998 yilda O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti farmoni bilan allomaning 1200 yillik tavallud sanasi katta tantanalar bilan nishonlandi. Bu bayramda birinchi Prezident nutq so’zlab, quyidagilarni alohida ta’kidladi: “Bugun yurtimizning qadimiy va so’lim go’shalaridan biri Fargonada muborak bayram. Bugun xalqimizning bir buyuk o’g’loni, o’rta asrlar jahon ilmfani asoschilaridan biri, qomusiy olim Ahmad al-Farg’oniyning xotirasini yod etib turibmiz. Ushbu tarixiy voqealar butun dunyo ilmu ma’rifat, ma’naviyat ahlining diqqat markazida bo’lib, el-yurtimiz obro’-e’tiborini jahonga tarannum etmoqda... Ahmad al-Farg’oniyning olamshumul merosi dunyo madaniyati va ma’rifati xazinalaridan biri bo’lib, Milliy salohiyatimiz, milliy tafakkurimiz ko’lami va qudratining isbotidir. Ahmad al-Farg’oniy merosi insoniyatning yangi ilm cho’qqilariga ko’tarilishiga sababchi bo’ldi, butun ma’rifiy dunyo olimlari uchun dasturilamal bo’lib xizmat qildi. Farg’onalik bu fozil zotning "Astronomiya asoslari" nomli shoh asari o’n ikkinchi asrdayoq lotin va ivrit tillariga tarjima etilgan edi... Ahmad al-Farg’oniyning astronomiya fani rivojidagi nufuzi shu qadar ediki, alloma bobomizning nomi Er kurrasidagina emas, samoda ham abadiy shuhrat topdi. O’n oltinchi asrdayoq Oydagi kraterlardan biriga uning nomi berilgan edi. Atoqli astronom Yan Geveliy tomonidan 1647 yili nashr qilingan "Selenografiya" kitobida Oydagi kraterlardan ikkitasi ikki buyuk vatandoshimiz — Ahmad al-Farg’oniy va Mirzo Ulug’bek nomi bilan ataladi... Bir haqiqatni barchamiz anglab olishimiz zarur. O’zbek zaminida asrlar davomida fan va madaniyatning turli sohalarida buyuk iste’dodlarning parvarish topgani bejiz emas, albatta. Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday o’zgarishlar, yangiliklar, ayniqsa, insoniyat rivojiga katta turtki beradigan jarayonlar, kashfiyotlar o’z-o’zidan yuz bermaydi. Buning uchun avvalo asriy an’analar, tegishli shart-sharoit, tafakkur maktabi, madaniy-ma’naviy muhit mavjud bo’lmog’i kerak. Millatning tabiatida, qonida, nasl-nasabida ezgulik va ma’rifat sari intilish mafkurasi va qonuniyati jo’sh urishi lozim. Buning uchun eng avvalo mana shu qadimiy va betakror yurtga Allohning nazari va e’tibori tushishi kerak... Ahmad al-Farg’oniyga bag’ishlangan tantanalar o’zligimizni, qadrqimmatimizni, millatimizning dunyoda tutgan o’rnini anglash yo’lida yana bir muhim vositadir. Ayniqsa, bu sananing YuNESKO qarori bilan xalqaro miqyosda keng nishonlanishi Ahmad al-Farg’oniy ilmiy merosini o’rganish borasidagi yangiyangi tadqiqotlarga asos bo’ladi, deb ishonaman...” Prezidentimiz ta’kidlaganidek, biz orzu etgan buyuk davlatni bunyod qilish barchamizdan mustahkam iroda, iymon-e’tiqod, milliy g’urur tuyg’usi, buyuk ajdodlarimizdan meros qolgan ma’naviy bisotga ega bo’lishni talab qiladi. Bilaklarimizda kuch, qalblarimizda kelajakka ishonch bo’lmog’i shartdir. Buning uchun ushbu tabarruk zaminni obod etishga o’z hayotini bag’ishlagan buyuk ajdodlarimiz nomini kelajak zafarlarga undovchi bir bayroq yanglig’ baland tutmog’imiz lozim. Ana shunday nomi millatimiz tug’iga aylangan zabardast siymo ulug’ bobokalonimiz Amir Temurdir. Ko’p yillar mobaynida, hattoki Evropa davlatlari samimiy ehtirom bilan tan olgan bobokalonimizni yovuz, kallakesar degan “ertaklarga”ishonishga majbur qilindik. Uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kun kechirgan xalqimiz o’z vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqeini munosib o’ringa qo’yish imkonidan mahrum edi. Qaramlik kasofati bilan Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo’yoq bilan o’chirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g’urur tuyg’usini yo’qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko’ndirish edi. Mana oxiri haqiqat g’alaba qilib, Sharqda tengi yo’q sarkarda, Vatan va millat mustaqilligi uchun umrini baxsh etgan fidoyi o’g’lon, Markaziy Osiyoda bundan 600 yil avval ulug’ bir saltanat barpo etgan davlat arbobi istiqlol sharofati bilan o’z vataniga qaytdi. Yosh avlod ongiga milliy ma’naviyatimiz an’analarini singdirishda buyuk sarkarda Amir Temurning “Tuzuk”lari, millat nomini yuksaklarga ko’tarishga sarf etilgan hayoti buyuk ibrat timsolidir. 1993 yil avgustda Toshkent shahrida Amir Temur va Ulug’bek haykallari ochildi. Amir Temur tavalludiga bag’ishlab o’tkazilgan anjumanda Prezidentimiz quyidagilarni aytib o’tdi: “Bugun — o’zbek xalqi tarixida ulug’ kun. O’zbekiston mustaqilligiga, muborak istiqlolimizga ikki yil to’ldi. Buyuk ayyom arafasida Temur bobomiz haykalining ochilishi o’ziga xos ramziy bir ma’noga egadir. Vatanimiz istiqlolini yanada mustahkamlash, uni himoya qilish, yurtimiz sha’ni-shavkatini yuksaltirish, adolat, insof va diyonat hukmron bo’lgan erkin jamiyat, mehnatkash xalqimizga munosib farovon hayot qurish bizning insoniy va fuqarolik burchimizdir. Mamlakatimizning markazida, qadimiy va go’zal poytaxtimiz — jonajon Toshkentimiz o’rtasida qad ko’targan ulug’ bobomiz siymosi xalqimizga faxr va g’urur baxsh etmog’i muqarrar! Bu siymo mard, tanti, halol va g’ayratli xalqimizni birlashtirishda, jipslashtirishda, iymon-oqibatli bo’lishda, qudratli kelajagimizni qurishda bizga yangi-yangi kuch-quvvat va shijoat bag’ishlaydi”. 1994 yili ulug’ temuriyzoda, buyuk alloma va hukmdor Mirzo Ulug’bekning 600 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Oradan ko’p o’tmay 1996 yilni "Amir Temur yili" deb e’lon qilish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi.
XIV asrda mamlakatimiz shuhratini jahonga taratgan bu buyuk shaxs sharafiga Parijda — Yevropaning qoq markazida Amir Temur hamda temuriylar davriniig ulug’vor madaniy yutuqlariga asoslangan ko’rgazma ochildi. Hayratlanarli joyi shundaki, Frantsiyada XV asrdayoq Amir Temurga yodgorlik o’rnatilib, unga "Evropaning haloskoriga" degan chuqur ramziy ma’noli so’zlar yozib qo’yilgan. Ayni Amir Temur bosqinchi to’dalarning Evropa ichkarisiga qilayotgan harakatiga chek qo’yganini, boshqa tajovuzkorlik yurishlarini uzoq muddatga to’xtatib qo’yganligi bunga sabab bo’lganligi tarixdan ma’lum. Bugun biz ma’rifatli Movarounnahr ruhi, temuriylar davrida fan va san’atning gullab-yashnagani Evropada uyg’onish jarayoniga hayotbaxsh ta’sir etganini, umumjahon taraqqiyotiga ko’maklashganini anglab faxrlanamiz. "Siyosatda maslahat, mulohazakorlik, o’ylab ish qilish qurol kuchidan ko’ra o’n baravar foydaliroqdir", degan dono so’zlar Amir Temurga mansubdir. Bu so’zlar hozirgi tilda nizoli masalalarni siyosiy muloqot, ogohlantiruvchi diplomatiya yo’li bilan hal qilishni bildiradi. Amir Temurning tarixiy xizmati yana shundan iboratki, uning harakatlari tufayli Osiyo va Evropa davlatlari tarixda birinchi marta yagona jug’rofiy-siyosiy makonda ekanliklarini his etdi. Bu faqat ulkan afzallikdagina emas, savdogarlar, xalqlar hech qanday to’sqinliksiz harakat qiladigan yangi yo’llarning ochilishida ham namoyon bo’ldi. Bu anjumanda davlatimiz rahbari nutq so’zlab, quyidagilarni aytib o’tdi: “Buyuk strateg, mohir siyosatchi, eskirgan ijtimoiy munosabatlarning qat’iy islohotchisi, savdo-sotiq, hunarmandchilik va madaniyatning homiysi bo’lgan Amir Temur "qonunlar va urf-odatlarga asoslangan" davlatni barpo etdi. YUNESKO qarorgohidagi ushbu ko’rgazma Amir Temurning "Chindan ham ishlarimiz bizni ko’rsatib turadi!" degan mashhur so’zlarini yaqqol tasdiqlamoqda. Markaziy Osiyo madaniy va ma’naviy merosini o’rganish hamda qayta tiklashga doir maxsus dasturni ishlab chiqish va amalga oshirishga YuNESKOning qo’shgan ulushini O’zbekiston yuksak darajada qadrlaydi. Bu O’zbekiston uchun, ayniqsa, qimmatlidir, O’zbekistonda, ma’lumki, mash’um sovet davrida ko’plab madaniyat yodgorliklari buzib yuborilgan, er bilan yakson qilingan edi. Shu sababli biz amalga oshirilayotgan turli loyihalarda, xususan, O’zbekiston hududidagi arxeologiya ekspeditsiyalarida turli mamlakatlar, shu jumladan, Yaponiya va Frantsiya olimlari hamda mutaxassislarining ishtirokini juda qadrlaymiz. YuNESKOdagi ko’rgazma hammangiz uchun O’zbekistonga, Amir Temur Vataniga borishga o’ziga xos taklifnomadir. Ishonchim komilki, me’morchilik yodgorliklari, qadimgi qo’lyozmalar, Turkiston xalq ustalari yasagan buyumlar asrlar osha sizlarga ulug’vorligi va badiiy shakllarning puxtaligi bilan, fikr va ijod teranligi, ma’naviy soflik bilan zavq bag’ishlaydi. Ular aql-idrokni yuksaklikka ko’taradi va hozirgi inson G’arbdami yoki Sharkdami — qaerda yashamasin, uning qalbiga etib boradi”.

Xulosa
Ma`naviyat tushunchasining ta`rifi, biz ba`zan osongina hal qilib qo`ya qolmoqchi bo`lganimizdek, oddiy lisoniy jumboq emas, «ma`no», «ma`ni» so`zlarining bugungi biz tushungan mazmuni bilan yechilmaydi. Jaloliddin Rumiyning buyuk irfoniy asari behudaga «Masnaviyi ma`naviy» nomi bilan shuhrat taratgan emas. Bu yerdagi «ma`no» tushunchasi Allohning siri, Haq asrori, umuman, «g`ayb» haqida, agar materialistlar tushunadigan ifodaga ko`chirsak, biz zohir ko`zimiz bilan ko`rib turgan cheksiz zamon va makonda cheksiz va hududsiz shakllar majmuini to`zg`itib yubormay, g`oyat bir murakkab tizimda ushlab turgan ichki uyg`unlik, inson ongi hech qachon to`liq anglab yeta olmaguvchi yaxlit mohiyat haqida ishora etmoqda. Sufiylar «Xaq asrori» haqida faqat ishora, ramz, timsol bilan so`zlaganlar, chunki, Haq ilmi biz uchun «g`ayb ilmi»dir, inson mulohazalari esa doimo notugal va noto`kisdir.
Ma`naviyat yaxlit mohiyat bo`lganligidan uni nazariy o`rganish deganda ushbu o`zak mohiyatni turli nisbatlarda ko`rib chiqish nazarda tutiladi, chunki bu imkonimizdagi yagona yo`ldir. Albatta, cheksiz nisbatlararo bugun uchun eng dolzarblarini tanlab olishga to`g`ri keladi. Bugunning eng dolzarb muammosi esa mustaqillik va ma`naviyat nisbati bo`lib, qolgan masalalar shunga bog`liq holda kelib chiqaveradi. Mustaqillik ma`naviyatining tayanch qoidalari 1992 yildayoq Prezidentimizning kitoblarida aniq va ravshan ifodalab berilgan edi. Biz o`z o`rnida ularga batafsil to`xtalamiz. Hozir Mustaqillik ma`naviyatining bosh masalasidan so`z ochmasak bo`lmaydi.
Ma`naviyat haqida har qancha gapirish, yozish mumkin. Ammo ma`naviyat falsafa emas, dunyoni har qancha izohlab berganingiz bilan, qonun-qoidasini aniqlab, tushuntirib berganingiz bilan Siz aqlli, bilimdon, mantiqiy fikrlovchi odam sifatida qadrlanishingiz mumkin, ammo bular Sizni ma`naviy barkamol ekanligingizdan dalolat bermaydi. Yana Siz o`ta iste`dodli bo`lishingiz, Vatan haqida, mustaqillik haqida ajoyib qasidalar bitishingiz mumkin. Albatta, iste`dod ham ma`naviyat nishonasi, ammo ta`rifu tavsiflar bilan Vatan ravnaqi ta`min etilmaydi, mustaqillik mustahkamlanmaydi. Mustaqillik ma`naviyatining bosh mezoni, asos-poydevori mas`uliyat tuyg`usidir. Shunday ekan, suhbatning avvalida ham «Mustaqillik mas`uliyati» turmog`i vojib.


Download 59.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling