Mavzu: Issiqlik texnikasi predmeti va maqsadi. Asosiy tushunchalar va kattaliklar


Download 0.6 Mb.
bet9/50
Sana03.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1690830
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
Bog'liq
MARUZALAR ISSIQLIK TEXNIKASI

4. Gazning tashqi ishi

Biz yuqorida aytib o’tganimizdek, fakat bir jarayonda, ya’ni bo’lgan jarayonda gaz tashqi ish bajarmaydi. Jarayonda gazga berilgan issiqlikning hammasi ichki energiyani orttirishga sarf bo’ladi.


Bundan xulosa shuki, boshqa termodinamik jarayonlarda gazga berilgan issiqlik miqdori ichki energiyani orttiribgina qolmay, tashqi ish bajarishga (ya’ni tashqi muxitning qarshiligini yengishga) ham sarf bo’ladi.
Ma’lumki, ish bajarilishi uchun eng kamida 2 ta jism, energiya qabul qiluvchi va energiya beruvchi (yo’kotuvchi) mavjud bo’lishi shart. Demak, ilgari aytib o’tganimizdek, ish - energiya uzatilishining bir shakli bo’lib, ishning miqdori berilayotgan energiyaning o’lchovi bo’ladi.
Agar 11-shakldagi xarakatchan porshenli tsilindrdagi 1 kg gazga cheksiz kichik miqdordagi dq issiqlik miqdorini bersak, gaz kengayib porshen ds masofa yo’l yuradi. Kengayishida gaz dℓ tashqi ish bajaradi

Bu ish kuchning porshen yurgan yo’liga ko’paytmasi bilan ifodalanadi.
dℓ = p F ds
bu yerda, p - gazning bosimi, n/m2da;
F - porshenning (tsilindrning) ko’ndalang kesim yuzasi, m2 . Ma’lumki, hajmning eng kichik orttirmasi F ds=d bo’lganligi uchun quyidagi tenglik kelib chiqadi.
dℓ = p d (57)
U xolda gazning 1 xajmdan 2 xajmgacha kengayishidan iborat
termodinamik jarayonda bajarilgan ish quyidagicha bo’ladi:

11-shakl

(58)
11-shaklda ifodalangan p diagrammasida jarayon chizig’i ikkala chetki ordinatalar va abtsissa o’qi bilan chegaralangan yuza - S1-2-3-4-1 ma’lum masshtabda bajarilgan ishni ifodalaydi.
Bu yerda shuni esda tutish kerakki, kengayishdagi ishni musbat, qisish jarayonidagi ishni esa, manfiy deb qabul qilingan (misolimizda bajarilgan ish - musbat). r koordinatalar tizimida yuza - ma’lum masshtabda ishning miqdorini ifodalaydi.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling