Mavzu: Issiqlik texnikasi predmeti va maqsadi. Asosiy tushunchalar va kattaliklar


Download 0.6 Mb.
bet1/50
Sana03.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1690830
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
MARUZALAR ISSIQLIK TEXNIKASI


Ma’ruza №1. – 2 soat

Mavzu:

Issiqlik texnikasi predmeti va maqsadi. Asosiy tushunchalar va kattaliklar.







Mavzu:

Issiqlik texnikasi predmeti va maqsadi. Asosiy tushunchalar va kattaliklar.


Maqsad:

Issiqlik texnikasi fanining predmeti va maqsadi, bo’lajak mutaxassislar faoliyati davomidagi ahamiyati hamda unda qo’llaniladigan asosiy tushunchalar va kattaliklarni o’rganish.






Maqsad:

Issiqlik texnikasi fanining predmeti va maqsadi, bo’lajak mutaxassislar faoliyati davomidagi ahamiyati hamda unda qo’llaniladigan asosiy tushunchalar va kattaliklarni o’rganish.



Mavzuda o’rganiladigan asosiy masalalar:



  1. Issiqlik texnikasi fani haqida umumiy ma’lumotlar.

  2. Asosiy tushuncha va kattaliklar.

  3. Termodinamik holat parametrlari



Kirish

Mamlakatimiz mustaqillikka erishganiga mana 16 yildan oshdi. Jamiyatimizning rivojlanishi, ma’lumki bozor iqtisodiyoti bilan bormoqda.


Xozirgi zamon jamiyatining xayoti va oldinga qarab rivojlanishi turli xil turdagi energiyani iste’mol qilmasdan turib bo’lmaydi. Energiyaning asosiy (boshlang’ich) turi bu i s s i q l i k e n ye r g i ya s i bo’lib xisoblanadi. Qolgan turdagi energiyalar issiqlik energiyasining mahsulidir. Elektr energiyasi, atom energiyasi, geotermal energiya, quyosh energiyasi, yonilg’i energiyasi va nihoyat, jonli va jonsiz tabiat iste’mol qiladigan narsalar (odamlar ovqati ham, shuning uchun kuchli ovqatni yukori kolloriyali ovkat deyiladi) quyoshning issiqlik energiyasidan olingan maxsullardir.
YOnilgi yoqib (ishlatib) ishlaydigan xar qanday qurilma va mexanizm issiqlik mashinalari xisoblanadi. Masalan, teploxot, teplovoz, raketa, samolyot, tank, avtomobil, issiqlik elektrostantsiyalari, traktorlar, issiklik berish qozonlari va hokazo.
Ma’lumki, kishilik jamiyati xozirgi kunda issiqlikka bo’lgan extiyojini asosiy qismini neft maxsulotlaridan olmoqda. SHu munosabat bilan neftni jaxon bozor iqtisodiyoti sharoitida “qora oltin” deb atalganligi bejiz emas.
Mamlakatimiz mustaqil bo’lgan qisqa davr mobaynida neft mustaqilligiga erishuvida muxtaram prezidentimiz I.A.Karimovning xizmatlari katta bo’ldi.
Ma’lumki, neftdan olinadigan yonilgi (benzin, kerosin va h.k.)larning xar bir kilogrammida 40...50 ming kilojoul issiklik mavjud bo’ladi. Afsuski, ishlayotgan dvigatelarimizning eng yaxshisi xisoblangan dizel dvigatellarida ana shu qimmatbaxo issiqlikning (taxminan) 40 % mexanik ishga aylanadi xolos.
Xayotimizda suv omborlarini bilamiz, elektr energiyasining omborlarini (akkumlyatorlar batareyasi), gaz omborlari ishlayapti va qurilmokda. Biroq, Respublikamiz kabi serquyosh o’lkada yoz oylarida issiklik keragidan ortiqcha bo’lib, isrof bo’lmokda. Issiqlik texnikasi qonunlari bilan yaqindan tanishib, moxiyatiga yetib rivojlantirilsa, extimol yozdagi ortiqcha issiqlik miqdorini saqlab qo’yib qishda ishlatish, ya’ni issiqlik omborini yaratish muommosini xal qilish mumkin bo’lar.
Xozirgi zamon qishloq xo’jaligini energetika balansida issiqlik energiyasi asosiy xal qiluvchi axamiyatga ega. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi istemol qilayotgan energiyaning 80 % ni issiqlik energiyasi tashkil qiladi. Energiyaning eng qulay turi bo’lgan elektr energiyasi, xozircha shu balansning fakat 6-7 % ni tashkil qiladi xolos.
Issiqlik energiyasini qishloq xo’jaligidagi asosiy istemolchisi traktorlar va avtomobillarga o’rnatilgan ichki yonuv dvigatellari xisoblanadi. Ma’lumki, ichki yonuv dvigatellari issiqlik dvigatellari xisoblanadi.
Issiqlik dvigatellarida yonilg’ining tsilindrda yonishi xisobiga xosil bo’lgan issiqlik mikdori mexanik ishga aylantiriladi. SHuning uchun xozirgi paytda va kelajakda issiqlik texnikasi fanining qishloq xo’jaligi injener-mexanigi uchun axamiyati katta.
Bundan tashqari, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida issiklik energiyasi xilma xil maqsadlarda foydalanilmokda: xonalarni isitish va ventilatsiya qilish, binodagi xavoni konditsirlash, issiqlik xo’jaliklari, sovitish mashinalari, ishlab chiqarish jarayonlarini bug’ bilan ta’minlash va xoqazolar.



  1. Download 0.6 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling