Mavzu: Issiqlik texnikasi predmeti va maqsadi. Asosiy tushunchalar va kattaliklar


Sovitgich mashinalari haqidagi umumiy tushunchalar


Download 0.6 Mb.
bet41/50
Sana03.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1690830
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50
Bog'liq
MARUZALAR ISSIQLIK TEXNIKASI

2.Sovitgich mashinalari haqidagi umumiy tushunchalar

Sovitgich mashinalar kerakli vaqtda tashqi muxit xaroratidan past bo’lgan va sovuq xaroratni xosil qiladi va uni ma’lum vaqtgacha ushlab turish uchun xizmat qiladi.


Xaroratni pastlatib turish uchun ishchi jism (sovituvchi agent) oson qaynovchi suyuqlikdan foydalaniladi.
Bu suyuqlik qaynash va almashinish (kondensatsiya) jarayonlari orqali issiqlikni tashib chiqadi. Uning uchun shunday suyuqliklar tanlanganki, bunda kerakli xaroratni olish uchun past bosimda olish mumkin.
Sovitgich mashinalari bilan bir qancha qismlardan tashkil topgan. Bu qismlar asosiy va yordamchi qismlarga bo’linib, kerakli xaroratni va kerakli bosimni pastlashish uchun bu orqali aylanma jarayonni tashkil qilishda xosil qilish uchun xizmat qiladi.
Sovitgich mashinalarida aniqlangan miqdordagi sovituvchi agent tsirkulyatsiya bo’ladi, fakat bu suyuqlik o’zini xolatini qaynash va kondensatsiya qilish Bilan o’zgartirib turadi.
Sovitgich mashinalarini ishlash printsiplari
Xozirgi kunda xalq xo’jaligida quyidagi sovitgich mashinalari foydalanilmoqda.
1) Bug’li sovitgich mashinalari
Bu mashinalar asosan sovituvchi agentni qaynab parlanishi xisobiga ishlaydi. Bug’li sovitgich mashinalari asosan:
- kompressorloi
- absorbtsionli
- paroelektrli
2) Gaz yoki xavo yordamida ishlovchi kompressorli mashinalar
Bu mashinalar siqilgan gazni kengayish xisobiga xaroratni pastlatadi.
Xozirgi kunda ko’proq bug’li sovitgich mashinalari qo’llanilmoqda.
Bu mashinalar quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan (1-rasm).
1-Bug’latgich - tashqi muxit xarorati xisobiga belgilangan bosimda sovituvchi agent bo’lgan suyuqlikni bug’latish uchun xizmat qiladi.
2- Suyuqlik ajratgich xosil bo’lgan bug’ tarkibidan suyuqlik tomchilarini ajratib turadi.
3- Kompressor – ish sarf qilish xisobiga sovituvchi agentni siqib bug’latgichdan chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi.
4- Kondensator – sovituvchi agentni siqilgan bug’ holatlar suyuqlik holatiga aylantiradi. Suyuqlik muxiti xisoblangan havo yoki suvdagi issiqlikni uzatadi va mos ravishda oldindan bosimni ko’tarishga xizmat qiladi.
5-Sozlovchi vintel - sovituvchi agentni bug’latgichga o’tishini sozlaydi, bunda vintelni tor qismidan o’tishda drosellash jarayoni sodir bo’ladi. Buning uchun sovituvchi agent sozlovchi vintelda belgilangan past xaroratda suyuqlikni bosimi kondensatsiya bosimidan bug’lanish bosimigacha kamayadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling