Mavzu: Issiqlik texnikasi predmeti va maqsadi. Asosiy tushunchalar va kattaliklar
Issiqlik texnikasi fani haqida umumiy ma’lumotlar
Download 0.6 Mb.
|
MARUZALAR ISSIQLIK TEXNIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi qonun
Issiqlik texnikasi fani haqida umumiy ma’lumotlar
Issiqlik texnikasi fani issiqlik mashinalari va qurilmalari yordamida issiqlik xosil qilish, uni boshka turdagi energiyaga aylantirish, taqsimlash xamda uzatish usullarini nazariy va amaliy jixatdan qamrab olgan umumtexnikaviy fandir. Termodinamika va uning kismi bo’lgan issiqlik texnikasining fan sifatida shakllanishida XVIII-XIX asr olimlaridan Jon Joul, M.V.Lomonosov, Sadi Karno, Klauzius, Kelvin, Maksvel, Boltsman, Mendeleyev, Lents, Stoletov, TSiolkovskiy kabi olimlarning xizmatlari katta bo’lgan. Issiqlik energiyasini mexanik energiyaga, mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirish natijasida elektr energiyasini masofaga uzatish, mexanik energiyaga aylantirish masalasi xal etildi. Katta kuvvatga ega bo’lgan GES, TES, AES lar kabi elektr markazlarini qo’rish natijasida ishlab chiqarish mexanizatsiya-lashtirildi va avtomatlashtirildi. Xozirgi vaqtga kelib, termodinamik qonuniyatlar asosida yaratilgan asbob-uskunalardan xalq xo’jaligining barcha soxalarida foydalanilmoqda. Misol qilib, issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi bug’ mashinalarini, ichki yonuv dvigatellarini olishimiz mumkin. Mayer, Joul, Lents kabi olimlar energiyaning saqlanish qonunining moxiyatini nazariy jixatdan ochib berdilar. YA’ni , termodinamikaning birinchi qo-nuni «energiyaning saqlanish va aylanish qonuni»dir. Termodinamikaning ikkinchi qonuni Karno, Klauzius, Tomson, Kelvinlar tomonidan fanga kiritildi. Termodinamikaning rivojlanishida rus olimlarining xizmatlari ham beqiyosdir. Lents – mexanik energiyasini elektr energiyasiga aylanish qonunini, Stoletov – konvektiv va radiaktiv issiqlik almashinuvi qonuniyatini, TSiolkovskiy – ko’p boskichli raketa dvigatelida issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylanish qonuniyatini yaratib fanga katta xissa qo’shdilar. Xozirgi zamon olim va mutaxassislarining oldida quyosh energiyasidan to’la foydalanish, insoniyatni energetik taqchillikdan butunlay ozod etish muammolari turibdi. Ma’lumki, quyosh energiyasi ta’sirida xosil bo’lgan torf, toshko’mir, neft, turli gazlarni quyosh energiyasining yerdagi akkumulyatorlari deb atash mumkin.CHunki, yerning 1m2 yuzasiga tushadigan quyosh nurining energiyasi taxminan 1 kVt ga teng. Biroq, quyosh energiyasini elektr energiyasiga to’la aylantirish uchun xozirgi asbob-uskunalarning foydali ish koeffitsentlari yetarli emas. Termodinamika fani asosan ikki qonunga tayangan xolda ish tutadi. Birinchi qonun, energiyaning aylanish va saqlanish qonuni, energiya yo’q bo’lmaydi, yo’qdan bor bo’lmaydi. Ikkinchi qonun, ish sarflamay issiqlikni xarorati past jismdan xarorati yuqori jismga o’tkazib bo’lmaydi. ( Klauzius ta’rifi ). Issiqlik texnikasidan barcha soxalar kabi, qishloq xo’jaligi soxasida ham keng foydalaniladi. YUqorida ta’kidlaganimizdek, qishloq xo’jaligi energetika balansining 80 % ni issiqlik energiyasi tashkil etadi. Energiyaning eng qulay, ekologik toza bo’lgan elektr energiyasi ushbu balansning 6-7 % ni tashkil etadi xolos. Issiqlik energiyasining 80 % ni tashkil etishiga sabab, traktor va avto-mobillarga o’rnatilgan ichki yonuv dvigatellaridir. Bu dvigatellar issiklik ener-giyasini mexanik energiyaga aylantiruvchi dvigatellardir. Bundan tashqari, issiqxonalarda, bino va inshoatlarni isitishda, issiq suv bilan ta’minlashda, chorva va parrandachilik fermalarida issiqlikdan keng foydalaniladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling