Mavzu: Issiqlik texnikasi predmeti va maqsadi. Asosiy tushunchalar va kattaliklar


Download 0.6 Mb.
bet4/50
Sana03.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1690830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
MARUZALAR ISSIQLIK TEXNIKASI

3. Termodinamik holat parametrlari

Bizga ma’lumki, tabiatda mavjud bo’lgan moddalarning barchasi uchta asosiy xolatning birida, ya’ni gaz, suyuqlik va qattik jism ko’rinishida bo’lishi mumkin. Tekshirilayotgan o’zgarmas sharoitda bir modda doim bir hil ko’rinishda bo’ladi. Masalan, suv atmosfera bosimida va 200 0S xaroratda doim bir xil bug’ xolatida bo’ladi.


Modda tekshirilayotgandagi aniq fizikaviy sharoitlarni, binobarin, tekshirilayotgan modda xolatini aniqlash uchun xolat parametrlari deb yuritiladigan qulay tushunchalar kiritiladi.
Moddaning xossasi intensiv va ekstensiv bo’lishi mumkin. Sistemadagi modda mikdoriga bog’liq bo’lmagan xossalar intensiv xossalar deb yuritiladi (bosim, xarorat va boshqalar ). Modda miqdoriga bog’liq bo’lgan xossalar ekstensiv xossalar deb ataladi. Berilgan sharoitda modda miqdoriga proportsional ravishda o’zgaradigan hajm ekstensiv xossalarga misol bo’la oladi; 10 kg moddaning hajmi 1 kg shu turdagi moddaning hajmiga qaraganda 10 marta katta bo’ladi.
Solishtirma, ya’ni modda miqdori birligiga nisbatan olingan ekstensiv xossalar intensiv xossalar ma’nosiga ega bo’lib qoladi. Masalan, solishtirma hajm, solishtirma issiqlik sig’imi va shunga o’xshashlar intensiv xossalar sifatida tekshiriladi. Jism yoki jismlar guruxining – termodinamik sistemalarning xolatini belgilovchi intensiv xossalar jism (yoki termodinamik sistema) xolatining termodinamik xolat parametrlari deyiladi.
Xolat parametrlaridan eng qulayi jismning absolyut xarorati, absolyut bosimi va solishtirma hajmi yoki zichligi.
Agar gazning zichligi (yoki solishtirma xajmi), bosimi va xarorati ma’lum bo’lsa, uning xolati aniqlangan bo’ladi. Zichlik xajm birligidagi massa bo’lib, xarfi bilan belgilanadi. Unga teskari bo’lgan kattalik solishtirma xajm – massa birligidagi xajm xisoblanadi. Ular o’zaro quyidagicha bog’lanadi.
,
Agar gazning massasi G (kg) va hajmi V (m3) ma’lum bo’lsa, zichlikni va solishtirma hajmni topish mumkin, ya’ni
,
,
Demak, zichlik va solishtirma hajmlarning birliklari quyidagicha bo’ladi.
,


Bosim - gazlarning molekulyar kinetik nazariyasiga ko’ra, molekulalarning idish devorlariga urilishining natijasi bo’lib, yuza birligiga ta’sir kilayotgan kuch bilan o’lchanadi.
SI sistemasida bosim birligi H/m2 yoki Pa (Paskal) larda o’lchanadi. 1 Pa gazning 1m2 ­ yuzaga 1 N kuch bilan ko’rsatayotgan bosimiga teng, ya’ni 1 Pa = 1 N/m2 . Bu juda kichik bosim birligi bo’lganligi uchun amalda ko’pincha, kPa (kiloPaskal), mPa (megoPaskal) yoki gPa (gigoPaskal) birliklari qo’llaniladi. Bundan tashqari, bosimni o’lchashda atmosfera (1 at = 1 N/m2) va bar (1 bar = 105 N/m2 ) hamda suyuqlik (xususan, suv va simob ) ustunlaridan foydalaniladi.
Bosimning turli birliklari orasidagi bog’lanish quyidagicha:
1 bar = 105 N/m2 = 1,01972 kg/sm2 = 750,06 mm.sim.ust. = 10197 mm.suv ust. 1at = 1 kg/sm2 = 735,6 mm.sim.ust. = 1000 mm.suv ust. = 98066,5 N/m2
1 gPa = 1000 mPa , 1 mPa = 1000 kPa , 1 kPa = 1000 Pa.
Fizik normal sharoit deb, t = 0 0S va r = 760 mm.sim.ust. = 101325 N/m2 bo’lgan sharoit qabul qilingan.
Texnikada bosimni o’lchash uchun manometrlar va vakummetrlardan foydalaniladi. Agar idishdagi gazning absolyut bosimi ra tashqi muxit bosimi rbar dan yuqori bo’lsa, ortiqcha yoki manometrik bosim rman manometr yordamida o’lchanadi. Idishdagi gazning bosimi ra tashqi muxit bosimi rbar dan past bo’lsa, kam yoki vakuum bosim rvak vakuummetr yordamida o’lchanadi.
SHunday qilib, absolyut (mutloq) bosim yuqoridagi asboblarning ko’rsatishiga asosan quyidagi munosabatda aniqlanadi:

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling