Mavzu: Issiqlik texnikasi predmeti va maqsadi. Asosiy tushunchalar va kattaliklar
Qaytuvchan va qaytmas termodinamik jarayonlar
Download 0.6 Mb.
|
MARUZALAR ISSIQLIK TEXNIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Gazning ichki energiyasi
2.Qaytuvchan va qaytmas termodinamik jarayonlar
Hamma termodinamik jarayonlar to’g’ri va teskari yo’nalishda bajarilishi mumkin. SHunga ko’ra, termodinamik jarayonlarni xam ikkiga ajratib, to’g’ri jarayon yoki teskari jarayon deb yuritiladi. r - diagrammasida ixtiyoriy termodinamik jarayonni ifodalaymiz (9-shakl), bunda 1-2 chiziq shu jarayonlarni ifodalaydi. Jarayon 1-xolatdan 2-xolatga tomon borayotgan bo’lsa, kengayish jarayoni (to’g’ri jarayon) bo’ladi. Bunda ishchi jism ketma - ket a, ,b, s kabi qator teng salmoqli xolatlarni egallab boradi, hamda kengayish cheksiz sekin bo’ladi va gaz xolati ko’rsatkichlarining qiymatlari bir-biriga cheksiz yakin deb faraz qilinadi, ya’ni gaz 1-a-b-s...-2 jarayon orqali kengayadi. Endi jarayonlarni teskari olib borsak, gaz yuqoridagi shartlarga ko’ra, cheksiz sekin kisilib, ketma-ket teng salmokli xolatlarni ifodalab, 2 - ... s - b - a - 1 jarayonlarni bajaradi va dastlabki xolatini egallaydi. SHunday qilib, termodinamik tizim to’g’ri va teskari jarayonlarni bajargandan so’ng, u to’la dastlabki xolatiga qaytadi. Bunday termodinamik jarayonlar qaytuvchan jarayonlar deb yuritiladi.
3.Gazning ichki energiyasi Moddiy gazning molekulasi molekulyar kinetik nazariyasiga asosan ilgarilanma va aylanma xarakatda bo’ladi. Molekula va atomlarning massasi hamda tezligi natijasi sifatida mikrojismlar ilgarilanma kinetik energiya va aylanma kinetik energiyaga ega. Demak, ideal gazlarda ichki energiya quyidagilardan tashkil topadi: a) molekula ilgarlanma xarakatining kinetik energiyasi; b) molekula aylanma xarakatining kinetik energiyasi; v) atomlar aylanma xarakatining kinetik energiyasi; g) molekula ichidagi atomlar tebranma xarakatining kinetik energiyasi. Real (mavjud) gazlarda esa, yuqoridagidan tashqari molekulalarning o’zaro ta’siri natijasida sodir bo’ladigan potentsial energiya ham xisobga olinadi. YUqorida sanab o’tilgan energiyalarning yig’indisi gazning ichki energiyasi deyiladi va 1 kg gaz uchun “u” bilan, ixtiyoriy miqdordagi gaz uchun esa “u” orqali ifodalanadi, ya’ni u = uk + un yoki U = Uk + Un Gaz xolatining ko’rsatkichlari p, va T o’zaro termik tenglama orqali bog’langanligi uchun ichki energiyani ixtiyoriy ikkita ko’rsatkichlarning funktsiyasi sifatida ko’rsatish mumkin, ya’ni u = f(T, ), u = (r1T), u = f (r, ) Ichki energiya gaz xolatini ifodalovchi kattalikdir, chunki uning miqdori gaz xolatining ko’rsatkichlariga bog’lik. Ideal gazlarda molekulalar orasidagi o’zaro tortishish kuchi bo’lmaganligi uchun hajm va bosimning o’zgarishi ichki energiya miqdoriga ta’sir qilmaydi. SHuning uchun ideal gazlarda, u = f ( T ) ya’ni ichki energiya - faqat xaroratning funktsiyasi. Termodinamik jarayonlarni o’rganishda xam, xisoblashlarda xam, ko’pincha ichki energiyaning mutloq qiymati emas, uning o’zgarish miqdori zarur bo’ladi.
U xolda ichki energiyaning o’zgarishi, u = u2 - u1 = cv ( T2 - T1 ),yoki u = cv ( T2 - T1 ). Gaz xolatining cheksiz kichik o’zgarishi uchun esa, du = Cv dT. Ideal gazlarda ichki energiyaning o’zgarishi u jarayonning borish xarakateriga (yo’liga) bog’lik bo’lmay, u faqat gazning oxirgi va boshlang’ich xolatlarining xaroratlariga bog’lik xolos. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling