Qadimgi Xitoy


Download 34.14 Kb.
bet1/7
Sana06.02.2023
Hajmi34.14 Kb.
#1170376
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qadimgi Xitoy


Qadimgi Xitoy


Reja
1.Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasining yuzaga kelishi, Sya va Shan sulolalari.

  1. Chjou sulolalari davrida Xitoy

  2. Chunsyu va Chjango davri. Sin imperiyasining yuksalishi.

  3. Xan imperiyasining ichki va tashqi siyosati.

Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasining yuzaga kelishi, Sya va Shan sulolalari. Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasining dastlabki kurtaklari Xuanxe (sariq daryo) va Yanszi daryolari oldida bo‘ylarida yuzaga kela boshlaydi. Mil. avv. V-IV ming yillikda paydo bo‘lgan ilk dehqonchilik manzilgohlari YAnshao,ssyuyszyalin va Davenkoular qadimgi Xitoy tarixida muhim o‘rin egallagan. Misol uchun neolit davriga oid Davenkou madaniyati to‘rt bosqichga bo‘lib o‘rganiladi. Uning tarkibiga Lyulin, Xuatin, Davenkou vassinlyangan manzilgohlari kiradi. Qadimgi jamiyatda ilk sopol idishlarga ishlov berish va mehnat qurollarining takomillashib borishi ortiqcha mahsulot hajmini ortib borishiga olib keldi. Tez orada mil. avv. II ming yillik boshlariga kelib, Xuanxe va Yanszi daryolari bo‘ylarida yashovchi aholi metalldan (mis va bronza) foydalanishni keng yo‘lga qo‘yadi. Jumladan, Erlitou madaniyati bunga yorqin misol bo‘la oladi. Metallurgiyaning taraqqiyoti sug‘orma dehqonchilikni yanada taraqqiy etishiga sabab bo‘ladi. Natijada ortiqcha mahsulotlarni ko‘payishi hamda mulkiy tabaqalanish jarayonini yuzaga keltirdi.
Qadimgi Xitoy afsonalariga ko‘ra Xuanxe daryosi qirg‘oqlarida dastlab Sya davlati paydo bo‘lgan. Arxeologik ma’lumotlarga qaraganda Sya sulolasi qabilaviy ittifoq shaklidagi davlat bo‘lgan. Qadimgi xitoyliklarning ota bobolari asosan o‘troq dexqonchilik va qisman chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Shu bilan birga Sya davrida hunarmandchilik ravnaq topadi. Bu davlat tarixi haqida ko‘plab afsonalar va hodisalar keltirilib o‘tiladi. Arxeologik ma’lumotlarga qaraganda Xuanxe va Yanszi daryolari oralig‘ida bronza quyish tizimi Sya sulolasi davrida kengaya boshlaydi. Janubiy Xitoy o‘sha vaqtda bronza quyish markazi hisoblangan. Qalay va mis janubiy-sharqiy Osiyoda Xuanxe havzasidagi madaniyatlarga nisbatan oldinroq paydo bo‘lgan. Markaziy Hindixitoyda metallurgiya Xitoydan ilgariroq tashkil topgan edi. Bu davrda mulkiy tabaqalanish tezlasha boradi va ilk yozuvlar paydo bo‘ladi.
Mil. avv. II mingyillikda Xitoyning Gansu viloyatidan to SHandungacha, Xebeydan Xunangacha vasszyansi daryolar etaklarigacha bo‘lgan hududda ilk shahar manzilgohlari kengayib boradi. Ushbu shaharlar jamoalar tomonidan idora qilingan. Jamiyatda harbiy demokratiya ustunlik qilar edi. Aynan shussivilizatsiya asosida SHimoliy Xitoyda SHan shahar jamoasi vujudga keladi. Bu jamoa Ing qabilaviy ittifoqidan ajralib chiqadi. Uning hukmdori “van” unvoniga ega edi. So‘ngra Chen Tan ismli podsho Sya sulolasini taxtdan olib tashlab, SHan davlatini barpo etadi. Ushbu davlat mil.av 1600-1027 yillargacha mavjud bo‘lgan. SHan podshosi Pan Gen davrida poytaxt YAndan, Beymen shahriga ko‘chiriladi. Keyinchalik Beymen shahri In deb ataladigan bo‘ldi. Natijada davlat SHan-In deb ham tilga olinadi. Podsho asosan diniy va dunyoviy hokimiyatni o‘zida mujassamlashtirgan edi. Hokimiyat (hukmdorlar U Din va U I gacha) akadanukaga yoki amakidan jiyanga meros bo‘lib o‘tgan. Ichki nizolar tufayli dastlabki poytaxtlardan biri (van Chun Din davrida) Syao shahriga ko‘chiriladi. So‘ngra hokimiyat otadan-bolaga o‘tish tizimi (taxminan mil.av 1300 yil) joriy qilingan. Amaldorlar sinfi zodogon qavmlar tabaqasidan shakllangan. Davlat boshqaruv apparati podsho (yoki Van), yirik amaldorlar, kichik zodogonlar va jangchilardan iborat bo‘lgan. Dehqon va qullar ijtimoiy tabaqaning eng quyi pog‘onasidan o‘rin egallagan edi. SHan davlati ko‘chmanchilarning doimiy hujumi ostida ularga qarshi kurash olib borganligi haqida yozma ma’lumotlar saqlanib qolgan. SHan podsholari Syuan-syao (sariq imperator Xuan-di) urug‘idan bo‘lgan deb, hisoblangan.

Download 34.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling