Qadimgi Xitoy
Xan imperiyasining ichki va tashqi siyosati
Download 34.14 Kb.
|
Qadimgi Xitoy
Xan imperiyasining ichki va tashqi siyosati. Miloddan avvalgi 203 yildassin sulolasi xalq qo‘zg‘olonlari natijasida kuchsizlandi. Gaysya yonidagi jangda Lyu Ban qo‘shini Chu sulolasidan bo‘lgan Syan YUyni engadi. Bir yildan so‘ngssin davlati o‘rnida Xan saltanati tuziladi. Xan imperiyasining qo‘shni xalqlar bilan munosabatlarda avvalgi davrdan meros bo‘lib qolgan oykumena egotsentrik (egotsentrizmga oid, o‘ta manmanlik. o‘zini dunyoga ustun deb bilish) konsepsiyasi katta rol o‘ynagan.
Ushbu rasmiy tashqi siyosiy doktrina “daosizm” falsafasiga oid asarlarda o‘z aksini topgan konsepsiyaga qarama- qarshi bo‘lib, unga ko‘ra “O‘rtalik saltanat” ning boshqa xalqlarga nisbatan ustunligi inkor qilingan. Xan imperiyasining, uning tarkib topgan kunidan boshlab, eng muhim tashqi siyosiy vazifasi – chegaralarni ko‘chmanchi Syunnu (Xunn) qabilalarining muntazam bosqinlaridan himoya qilish edi. Miloddan avvalgi III asrning oxiriga kelib imperiyaning shimoliy chegaralarida ushbu qabilalarning qudratli birlashmasi vujudga keladi. Miloddan avvalgi 198 yilda tuzilgan “Tinchlik va qarindoshchilikka asoslangan shartnoma”ga binoan Lyu Ban shanyuy (syunnu qabilalarining oliy sardori) Modega nisbatan o‘lpon to‘lovchi ekanligini faktik jihatdan tan oladi. Miloddan avvalgi 195 yilda Lyu Banning o‘limidan so‘ng, taxtga uning o‘g‘li Xuey-di (mil. avv. 195-188 yy) o‘tiradi. Ammo mamlakatni amalda malika Lyuy-xou va uning qarindoshlari boshqaradi. Imperator esa sharobxo‘rlik va ayshu-ishratga berilib, davlatni deyarli idora qilmay qo‘yadi. Xunnlar hukmdori Mode, vaziyatni o‘zi uchun qulay deb hisoblab, yana bir marotaba nazarini Xitoyga qaratdi. Modomiki, Xitoyga hujum qilishga rasmiy bahonasi bo‘lmagan Mode ig‘vo qilmoqchi bo‘ldi va miloddan avvalgi 192 yilda Lyu Banning beva xotini malika Lyuy-xouga nikoh taklifi bilan maktub yubordi. Konfutsiylik axloqiga binoan beva hukmdor ayolga nikoh taklifi bilan murojaat qilish odob qoidalarining qo‘pol tarzda buzilishi edi. Lyuy-xou darhol shanyuy Modega qimmatbaxo sovg‘alar yubordi. SHu bilan bir qatorda nikoh to‘g‘risidagi taklifiga rad javobini berdi. Mil. avv. 188 yili davlat boshqaruvida qobiliyatsiz imperator Xuey-di vafon etadi va malika Lyuy-xou buyrug‘iga binoan, uning yosh o‘g‘li Shao-di Gun (mil. avv. 188-184 y.) taxtga chiqariladi. Manbalarda ta’kidlanishicha Shao-di Gun, imperator naslidan bo‘lmagan. Mamlakat yana Lyuy-xou tomonidan boshqarilishi davom etadi. Biroq bu imperator ham qo‘g‘irchoq hukmdor edi. Mil. avv. 180 yil malika Lyuy-xou olamdan o‘tgach, saroy zodagonlari Lyuy qavmidan bo‘lgan vazirlar hamda knyazlarni boshqaruvdan chetlatadilar. Taxtga imperator Ven-di (mil. avv. 180-157 y.) chiqariladi. Yangi imperator davrida soliqlar kamaytiriladi va mamlakatda osoyishtalik hukm suradi. Mil. avv. 165 yil imperator amaldorlikka o‘tish uchun imtihon tizimini kiritadi. Xan imperiyasida konfutsiychilik bilan bir qatorda daosizm ma’rifati rivojlanadi. Mil. avv. 157 yili taxtnisszin-di (asl ismi Lyussi) egallaydi. U otasining siyosatini davom ettirib, soliqlarni kamaytiradi. Ammo Xan imperiyasiga kiruvchi knyazliklar boshida turgan knyazlarning nufuzi kundan-kunga oshib boradi. Ushbu knyazliklar mustaqil ravishda tangalar zarb etar, hududlarda soliqlarni yig‘ar, hatto o‘z qo‘shinlariga ham ega edilar. Mil. avv. 154 yil imperatorsszin-di ularni huquqlarini cheklab, ayrim knyazliklarning hududini qisqartirmoqchi bo‘ladi. Bu yo‘l bilan imperator, ularning ortib borayotgan kuch-qudratini pasaytirmoqchi bo‘lgan. Natijada U knyazi Lyu Pi, Chu knyazi Lyu U,sszyaosi knyazi Lyu An,sszyaodun knyazi Lyu Syunsyuy,sszichuan knyazi Lyu Syan,sszinan knyazi Lyu Piguan, Chjao knyazi Lyu Suylar imperatorga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradilar. Tarixda bu isyon “Etti viloyat qo‘zg‘oloni” deb nomlangan. Xan imperiyasida ichki nizolar boshlanib ketadi. Imperatorning buyrug‘i bilan Chjou YAfu boshchiligidagi hukumat armiyasi dastlab U hamda Chu knyazliklaridagi qo‘zg‘olonni bostiradilar. So‘ngra imperator qo‘shinlari boshqa knyazliklardagi isyonlarni (Szyaosi,sszyaodun,sszichuan,sszinan, Chjao) bostirishga muvaffaq bo‘ladi. Umuman qo‘zg‘olonchi knyazliklarni mag‘lub etish uchun uch oy kerak bo‘ldi. Imperatorsszin-di mamlakat yaxlitligini saqlab qoldi. Szin-didan keyin taxtga uning o‘g‘li U-di (mil. avv. 140-87 yy) keladi. Uning davrida konfutsiylik ta’limoti ravnaq topadi. Miloddan avvalgi 133 yilda xunnlar bilan tuzilgan tinchlik shartnomasi bekor qilindi va imperator U-di ularga qarshi harbiy yurishlar boshladi. Miloddan avvalgi 138 yilning o‘zidayoq U-di xunnlarga nisbatan dushman bo‘lgan yue-chji qabilalari bilan harbiy ittifoq tuzish maqsadida CHjanssyan boshchiligidagi elchilikni jo‘natadi. O‘rta Osiyoda bo‘lgan davrida CHjanssyan ilgari xitoyliklar uchun noma’lum hisoblangan yirik o‘lkalarni kashf etdi. Mil. avv. 119 yil xunnlar bilan olib borilgan urush Xan imperiyasi uchun muvaffaqiyatli bo‘ldi. Ko‘chmanchilar vaqtinchalik bo‘lsada kuchsizlantirildi. Endi shimoliy Xitoyga xavf soluvchi ko‘chmanchi halqlarning eng kattasi yo‘ldan olib tashlangan edi. Xan imperiyasi Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan SHarqiy Turkiston o‘lkasining shahar - davlatlarida o‘z ta’siri va hukmronligini yoyish uchun turli diplomatik va harbiy usullardan foydalangan. Ushbu siyosatni amalga oshirishdagi muhim bosqich sifatida Xan imperiyasining usun qabilalari bilan ittifoq tuzishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Miloddan avvalgi 115 yilda usunlar huzuriga CHjanssyan boshchiligidagi elchilik yuborildi. Ushbu elchilik Xan davridagi Xitoy davlatining Markaziy va O‘rta Osiyo hamda O‘rta SHarqning boshqa mamlakatlari bilan savdo va diplomatik aloqalarini rivojlanishida katta rol o‘ynadi. Biroq, Buyuk ipak yo‘lini egallash U-di uchun uning “imperiya sarhadlarini 10 ming ligacha kengaytirish va hokimiyatini butun dunyo bo‘ylab yoyish” g‘oyasini amalga oshirishdagi muhim bosqich edi. Harbiy yo‘nalishdagi faol tashqi siyosat bilan bir qatorda U-di janubiy va shimoliy-sharqiy yo‘nalishlar bo‘yicha keng istilochilik harakatlarini olib bordi. Mil. avv. 109 yil imperator U-di Lyaodun yarim oroli va Koreyaga harbiy yurish uyushtirib, Pxenyanni egallaydi. Koreyadagi Kochoson davlatini bosib olib, uni to‘rt viloyatga bo‘lib yuboradi. Bir yildan keyin imperator buyrug‘i bilan SHarqiy Turkistonga general Chjao Pon qo‘shinlari yuboriladi. Natijada Turfan erlari bosib olinadi. Mil. avv. 105 yil Usun (Etti suv) davlati hukmdori bilan qarindoshlik rishtalarini bog‘lab, ular bilan ittifoq tuzadi. Mil. avv. 104 yil U-di buyrug‘i bilan general Li Guanli Davan (Farg‘ona) davlatiga qarshi qo‘shin tortib boradi. Ammo bu yurish muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Xitoyliklar katta talofat ko‘rib, Davan bilan sulh tuzib ortga qaytadilar. SHu bilan birga, yillar davomida U-di tomonidan olib borilgan tashqi urushlar davlat g‘aznasini kamaytirdi. U-di vafotidan so‘ng yirik istilochilik yurishlari deyarli olib borilmadi. Taxtga uning o‘g‘li Chjao-di (mil. avv.87-74 yy) chiqadi. Mamlakatni vaqtinchalik regent sifatida Xo Guan ismli zodagon boshqaradi. O‘zining qisqa boshqaruvi davrida Chjao-di otasidan farqli o‘laroq soliqlarni kamaytiradi va jadal tashqi siyosatdan voz kechadi. Mil. avv. 74 yili taxtga Syuandi chiqadi. Uning davrida xunnlar bilan urush (mil. avv. 71 y ) boshlanib, Xitoyning g‘arbiy chegaralari talon-taroj etiladi. Biroq Xan imperiyasi qo‘shinlari dushmanga munosib qarshilik ko‘rsatadilar. Xunnlar ortga qaytib ketadilar. So‘ngra taxtga YUan-di (mil. avv.49-33 yy) keladi. Uning davrida imperator saroyida hokimiyat uchun zodagonlar ikki partiyaga (ya’ni konfutsiychilar va saroy partiyasi) bo‘linib, kurash olib borganlar. Natijada mamlakat kuchsizlanib boradi. Keyingi imperator Chen-di (mil. avv. 33 yildan- milodiy 7 yilgacha) hukmronligi yillarida imperiyada korrupsiya kuchayadi va zodagonlarning Van qavmini nufuzi ortadi. Imperator hokimiyati esa susayib boradi. Bunday vaziyatdan saroy a’yonlaridan biri Van Man foydalanib qoldi va milodiy 9 yili imperator Jutszi Inni taxtdan qulatib o‘zini hukmdor deb e’lon qiladi. Uning davrida Xitoyda pul va er islohotlari o‘tkaziladi. Ma’muriy boshqaruv tizimiga ham o‘zgarishlar kiritiladi. Bu orada tabiy ofat yuzaga keladi, ya’ni Xuanxe daryosi o‘zanlaridan chiqib mamlakatning unumdor erlariga katta talofat etkazadi. Milodiy 18 yili SHandun vasszyansu viloyatining janubida podsho hokimiyati hamda yirik er egalariga qarshi tarixda “qizil qoshlar” qo‘zg‘oloni deb nom olgan dexqonlar harakati boshlanib ketadi. Dehqonlar hukumat qo‘shinlaridan o‘z odamlarini ajrata olishlari uchun qoshlarini qizil rangga bo‘yab olgan edilar. Kamiga milodiy 21-22 yillarda imperiyada ocharchilik boshlanadi. Bularning barchasi dehqonlarni ag‘darib tashlangan Lyu sulolasi vakillari va Fan Chun boshchilik qilayotgan “Qizil qoshlar” armiyasi tomoniga o‘tishga majbur qiladi. 23 yil Van Man taxtdan qulatilib, hokimiyatga Lyu sulolasi vakili Lyu Syuan (Genshi-di) keladi va Xan imperiyasini qayta tiklangani e’lon qilinadi. Ko‘p o‘tmay “qizil qoshlar” qo‘zg‘oloni ham bostirilib, milodiy 25 yil (ayrim manbalarda 27 yil) imperator Lyu Syu poytaxtni Loyanga ko‘chiradi. I asrning o‘rtalariga kelib esa Xan imperiyasi yana qadimgi dunyoning eng yirik davlatiga aylandi. Ushbu davrda imperiyaning eng asosiy vazifasi shimoliy xunn qabilalarini bo‘ysundirish va “g‘arbiy o‘lkada” (SHarqiy Turkiston erlari) o‘z hukmronligini tiklash edi. Miloddiy 73 yilda Ban CHao elchilik vazifasi bilan g‘arbiy o‘lkaga yuborildi. Uning bu erlardagi harakatlari o‘sha zamon diplomatiyasiga xos tarzda olib borildi. SHarqiy Turkiston shahar-davlatlari qayta bo‘ysundirildi. 80-yillarning oxiridan boshlab Buyuk ipak yo‘li orqali Kushon davlati, Parfiya va Rim imperiyasi bilan savdo-iqtisodiy munosabatlar o‘rnatildi. Bu aloqalar millodiy I va II asrlar chegarasida eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Rim imperiyasi (qadimgi Xitoy manbalarida Datsin deb nomlanadi) bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishga urinishlar ham bo‘lgan. Keyinchalik mamlakat korrupsiya va ichki nizolar tufayli kuchsizlana boshlaydi. Milodiy 184 yil og‘ir soliqlar va majburiyatlarga qarshi xalq aka-ukalar Chjan Szyao, Chjan Bao hamda Chjan Lyanlar boshchiligida (“Sariq ro‘mollilar”) qo‘zg‘olon ko‘taradi. Qo‘zg‘olonchilarning umumiy soni 300 ming kishiga etib, ular 30 dan ortiq guruhlarga bo‘lingan edi. Qo‘zg‘olon 205 yil Xan sarkardalari Dun CHjo vassaossaolar tomonidan qiyinchilik bilan batamom bostiriladi. Tez oradassaossao bosh vazir bo‘lib olgach, imperator hokimiyati nomigagina tan olinadi. So‘ngra 220 yil mart oyida bosh vazirssaossao vafotidan so‘ng, Xan imperiyasining so‘nggi imperatori Syan-di taxtdan vos kechadi. Hokimiyatgassaossaoning o‘g‘lissao Pey keladi va o‘zini Vey davlati podshosi deb e’lon qiladi. Natijada Xitoy uch mustaqil davlatga (Vey, Shu, U.) bo‘linib ketadi. Download 34.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling