Mavzu: Issiqlikka adaptatsiya Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti
Download 10.42 Kb.
|
Issiqlikka adaptatsiya
Dengiz sathiga nisbatan balandlik oshgan sari atmosfera bosimi pasayadi, havoning zichligi kamayadi. Bu to‘qima va a’zolarda gemoglobinni kislorod bilan to‘yinishining pasayishiga, oksidlanish jarayonlarining buzilishiga, gipoksiyaning paydo bo‘lishiga olib keladi. O‘rtacha tog‘ zonasida, 2000 m balandlikda, kislorodning yetishmasligi, odatda nafas va yurak-qon tomir tizimi ishining kuchayishi, qonda eritrotsitlar miqdorining va organizmning boshqa kompensator reaksiyalarini ortishi hisobiga to‘ldiriladi. O‘rtacha tog‘ zonalarida gidro va balneologik vositalarning barchasi qo‘llanilishi maqsadga muvofiq, lekin ularning davomiyligi va harorati qat’iy boshqarilishi kerak.
Mashq qilish davrida gidromassaj va aromatik vannalarni qabul qilish gemoglobin miqdorining oshishiga, o‘rtacha tog‘ zonasi sharoitiga adaptatsiya bo‘lish jarayonining tezlashishiga olib keladi, uyqu tezroq me’yoriga keladi va h.k. Issiq (tropik) iqlimdagi gidroterapiya. Issiq (tropik) iqlimda mashq qilish va musobaqalarda ishtirok etish vaqtida organizm to‘qimalari va a’zolarida ancha sezilarli o‘zgarishlar kuzatiladi. Bu kardiorespirator tizim, termoregulatsiya va almashinuv jarayonlarining katta yuklamada ishlashiga olib keladi.
Download 10.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling