Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Kirish Kurs ishining bugungi kundagi dolzarbligi


Download 0.57 Mb.
bet1/7
Sana12.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1265586
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi makroiq


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” KAFEDRASI
“MAKROIQTISODIYOT” FANIDAN

KURS ISHI

Mavzu: Bank tizimi. Pul-kredit siyosati
Bajardi: Ibragimov.A.
Ik-420 guruh talabasi
Ilmiy rahbar: Iskandarov B.

Samarqand-2022


Reja:
Kirish
Asosiy qism:
1. Bank tizimi va uning bozor iqtisodiyotidagi o`rni
2. Pul-kredit siyosatini mazmuhi va ahamiyati
3. Davlat pul-kredit siyosatini olib borish asoslari
4. O`zbekiston banklari va pul-kredit siyosati moliyaviy operatsiyalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

Kirish
Kurs ishining bugungi kundagi dolzarbligi yurtimizdagi iqtisodiy holatni o`rganib chiqqan holda mahalliy aholi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, xususan bozorlarda erkin va to`liq raqobatlashadigan bozor iqtisodiy tizimini takommillashtirish, tovarlar va xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish, bajarilayotgan vazifalarda va maqsadlarda bank tizimi va pul-kredit siyosatini hisobga olish va ushbu ko`rsatkichlarni barqarorlashtirish, bugungi kunda fyuchers bozorlaridagi talab va taklifni o’rganib chiqib, keyingi iqtisodiy islohotlarni yanada rivojlantirish maqsadida yangi taklif va innovatsion g’oyalarni ishlab chiqish, bunda zamonaviy usul, metodlardan foydalanish.
Kurs ishining maqsadi : O’zbekistonda bank tizimi va pul-kredit siyosatini holatlarini o’rganib chiqish va iqtisodiy asoslangan takliflar berishdan iborat.
Kurs ishining o’rganish obyekti: O’zbekiston pul-kredit siyosati va bank tizimini iqtisodiy o`rganish va isloh qilishdan iborat.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Kurs ishi kirish, asosiy qism va uning rejalari, xulosa, tavsiyalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
2017 yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi o‘rta muddatli istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Ushbu yo‘nalishdagi muhim qarorlardan biri milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bog‘liq amaliy qadamlar bo‘ldi.
Bundan keyin ham yurtimizda bozor iqtisodiyotini yanada rivojlantirishmiz, dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatorida biz ham o`z mahsulotlarimizni jahon bozoriga chiqarishimiz lozim.
Valyuta kursi shakllanishida tamomila yangi yondashuvdan foydalanilishi, o‘z navbatida, Markaziy bankning asosiy e’tiborini ichki bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit siyosatini takomillashtirish imkoniyatini beradi.
Ayni vaqtda valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan pul-kredit siyosatini takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash hamda bank tizimini rivojlantirish choralari samaradorligi bilan chambarchas bog‘liq.
Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilinishidan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi va Pul-kredit siyosatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish va inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksi tasdiqlandi.
Bu boradagi keyingi muhim qadamlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi bo‘ldi.
Mazkur farmonda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi Markaziy bankning bosh maqsadi etib belgilanib, Markaziy bankning mustaqilligi va institutsional rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar nazarda tutilgan.
Qayd etish lozimki, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yondashuvlarining qayta ko‘rib chiqilishi davrida shakllanayotgan yangi voqeliklarda pul-kredit sohasidagi o‘zgarishlarning aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishi va qo‘llab-quvvatlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish Konsepsiyasi kommunikatsiyalar kanalining jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda inflyatsion targetlash rejimini amaliyotga joriy etishdagi yetakchi roli inobatga olingan holda ishlab chiqilgan.
Ushbu Konsepsiyaning maqsadi inflyatsion targetlashga o‘tishning konseptual asoslarini hamda ushbu pul-kredit siyosati rejimini amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etish uchun zaruriy sharoitlar yaratish bo‘yicha o‘rta muddatli rejalarni keng jamoatchilikka yetkazish va batafsil tushuntirishga qaratilgan.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini1 “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq hamda iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida bir qator ishlar olib borildi. Ya`ni O`zbekiston Respublikasi yillar davomida jahon bilan hamnafas holda o`z iqtisodiyotini rivojantirib barqarorlashtirib kelmoqda.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling