Mavzu: Issiqlikni o’tkazmaydigan sun’iy mineral paxta olish


Download 162.62 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi162.62 Kb.
#1630178
  1   2   3
Bog'liq
Issiqlikni o’tkazmaydigan sun’iy mineral paxta olish


Mavzu: Issiqlikni o’tkazmaydigan sun’iy mineral paxta olish
Reja:

  1. Mineral paxta asosidagi buyumlar.

  2. Mineral paxta qattiq plitalar.

  3. Shisha-paxta asosidagi buyumlar.


1. Mineral paxta asosidagi buyumlar


Mineral paxta chet el davlatlarida (MW) oson eriydigan tog' jinslari (ohaktosh, mergellar, dolomitlar va boshq.), metallurgiya va yoqilg'i shlaklari (loy va silikat g'isht bo'laklari) asosida olingan shishasimon tolali materialdir. Tolaning diametri 5-15 mkm, uzunligi 2-40 mm. Mineral paxta tayyorlash ikki asosiy jarayondan iborat: vagrankalarda (shaxtali eritish xumdoni) xomashyo eritmasini hosil qilish; eritmani tolalarga aylantirish. Vagrankada xomashyo qattiq yoqilg'i (koks) bilan 1300-1400°C suyultiriladi. Xumdonning tag qismidagi maxsus teshikdan eritma to'xtovsiz chiqariladi.
O'rtacha zichligiga qarab mineral paxta markalari (kg/m3): 75, 100, 125 va 150. Olovbardosh, gigroskopligi kichik va suv muhitiga chidamli, (λ= 0,04-0,55 W/(m∙°C) biologik muhitlarga bardoshli. Mineral paxta granulalanadi va o'ralgan holda tashiladi; devorlar bo'shliqligi, qavatlararo plitalar kovaklari, issiq suv magistrallari va boshqa konstruksiyalarda IIM sifatida ishlatiladi. Mineral paxta namat, matlar (to'shak), yarimbikr va bikr plitalar, gofri tuzilishdagi buyumlar, qobiqlar, segment va shu kabi buyumlar tayyorlash uchun yarimtayyor mahsulot hisoblanadi (1-rasm).



1-rasm. Mineral paxta


Mineral paxta toshlar list yoki o'rama material bo'lib, bitta yoki ikkala matni pishiq iplar bilan tikiladi va bitum shimdirilgan qog'ozga o'raladi. Toshlar uzunligi 3000-5000, eni 500, 1000 va qalinligi 50-100 mm. Tosh o'rtacha zichligi (kg/ m3) bo'yicha 100 markada ishlab chiqariladi. Uning issiqlik o'tkazuvchanligi 0,04 W/(m∙°C). Toshlar binolarning to'siq konstruksiyalari va truboprovodlarning issiqlik izolatsiyasi uchun ishlatiladi.

Download 162.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling