Mavzu: Issiqlikni o’tkazmaydigan sun’iy mineral paxta olish
Shisha-paxta asosidagi buyumlar
Download 162.62 Kb.
|
Issiqlikni o’tkazmaydigan sun’iy mineral paxta olish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shisha-paxta Kopik-shisha
- Ko’pik shisha
- 4-rasm. Steklopor
3. Shisha-paxta asosidagi buyumlar
Oson eriydigan shishalar maxsus texnologiyalar bilan paxtaga aylantiriladi. Xomashyo sifatida shisha olish shixtasi (kvars qumi, kalsiylashtirilgan soda va natriy sulfat) va shisha siniqlari ishlatiladi. Shisha-paxta olish jarayoni quyidagicha: shisha massasi 1300- 1400°C haroratda vannali pechlarda eritiladi; shisha tolalar tayyorlanadi; buyumlar qoliplanadi. Shisha tolalar suyultirilgan massadan cho'zish va puflash usullarida tayyorlanadi. Ishlatilish sohasiga ko'ra tekstil va issiqlik izolatsiyasi (shtapel) shishatolalari ishlab chiqariladi. Tekstil tolalarining o'rtacha diametri 3-7 mkm, issiqlik izolatsiyasi tolasi esa 10-30 mkm. Shisha tolalar uzunligi, kimyoviy muhitlarga bardoshliligi hamda mustahkamligininig yuqoriligi bilan mineral tolalardan farqlanadi. Shisha-paxtaning o'rtacha zichligi 75-125 kg/m3 issiqlik o'tkazuvchanligi 0,04-0,052 W/(m.°C), issiqlikka chidamliligi 450°C. Shisha toladan plitalar, polosalar, armaturalar, to'qima va noto'qima buyumlar tayyorlanadi (2-rasm). Toshlar va polosalar shisha tolalari shisha ip bilan tikib mahkamlab olinadi. Ularning o'rtacha zichligi 175 kg/m3 gacha, issiqlik o'tkazuvchanligi ko'pi bilan 0,04-0,05 W/(m.°C). Toshlar uzunligi 1000-3000 mm, eni 200-700 mm tayyorlanadi. Shishatolalar va polimer bog'lovchilar asosida yarim bikr plitalar olinadi. Ularning o'rtacha zichligi 75 kg/m3, λsi 0,047 W/(m.°C). Plitalar uzunligi 1000 mm, eni 500-1500 mm va qalinligi 30-80 mm o'lchamlarda ishlab chiqariladi. Shisha tolasi asosidagi buyumlar qurilish konstruksiyalarini, texnologik uskunalarni, 200°C haroratda ishlatiladigan truboprovodlarni, sanoat sovuqxonalari devorlarini issiqlik izolatsiyasida ishlatiladi. 2-rasm. Shisha-paxta Ko'pik-shisha shisha kukuni va gaz hosil qiluvchilarni (koks va ohaktosh) eritib, ko'pchitib tayyorlanadi. U xumdondan brus shaklida uzluksiz chiqadi, kerakli o'lchamlarda (oson) kesiladi va sekin sovutiladi. Ko'pik-shisha devorlarida mikrog'ovaklar ko'p bo'lgani uchun yuqori issiqlik izolatsiyasi xususiyatiga, mustahkamlikka, suv va sovuqqa chidamlilikka ega (3-rasm). Ko'pik-shishaning g'ovakligi 80-95%, o'rtacha zichligi 200-600 kg/m3, issiqlik o'tkazuvchanligi 0,09-0,14 W/(m.°C), siqilishdagi mustahkamligi 2-6 MPa. Ko'pik-shisha yonmaydigan material bo'lib, 400°C haroratda ishlatiladi. Tarkibida ishqor bo'lmagan ko'pik shishalar 600°C haroratda xossalarini o'zgartirmaydi. Ularni oson kesish va ishlov berish mumkin. Ko'pik- shisha plitalar uzunligi 500 mm, eni 400 mm va qalinligi 70-140 mm ishlab chiqariladi va issiqlik tarmoqlari, magistral truboprovodlar, devorlar, shift, sovuqxonalar qurilishida ishlatiladi. 3-rasm. Ko’pik shisha Steklopor suyuq shisha va mineral kukunlar (bo'r, kvars qumi, TES kuli va boshq.) aralashmasini granula va ko'pchitib (320-360°C) olinadi (4-rasm). Steklopor uch markada ishlab chiqariladi: «SL»- pm =15-40 kg/m3, X = 0,028-0,035 W/(m.°C); «L»-p - 40-80 kg/m3,λ = 0,032-0,04 W/(m.°C); «T»-pm= 80-120 kg/m3, λ = 0,038-0,05 W/(m.°C). Steklopor va turli bog'lovchilar asosida kompozitsion materiallar donali, mastikali va quyma holatda issiqlik izolatsiyasi uchun ishlatiladi. Uni ko'pikplastlar tarkibiga kiritib buyumlarning mustahkamligini, olovga bardoshliligini oshirish va bog'lovchi sarfini kamaytirish mumkin. 4-rasm. Steklopor Download 162.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling