Mavzu: Istemol krediti, ta’lim krediti va ularning ijtimoiy ahamiyati Mundarija: Kirish
Download 96.73 Kb.
|
BI-56-2 Raimov Sherzod
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.Kreditning samaradorligi.
- 2 Kreditning shakllari va turlari.
- Kreditning asosiy turlari
- Istemol kreditlarining turlari
5.Kreditning maqsadliligi. Bu shu bilan bog’liqki, qarz oluvchi olingan kreditni ma’lum maksadga (tovar moddiy boyliklar sotib olish, ishlab chiqarish harajatlarini koplash va boshqalar) yo’naltirilgan bo’lishi zarur. Bu maksadlar kredit beruvchi va kredit oluvchi o’rtasida tuzilgan shartnomada o’z aksini topadi. Korxona olgan kreditni faqatgina kredit shartnomasida ko’rsatilgan ishni bajarishga (sotib olishga va boshqalar) sarflashi kerak.
6.Kreditning samaradorligi. Bu tamoyil nafaqat kredit va foiz summasini bankga qaytarib to’lashni, balki shu kredit yordamida kreditlanadigan yoki moliyalashtiriladigan soha, tarmoq, korxona kancha samaradorlikka erishishini ifodalashi zarur. Shuning uchun har bir loyixa kredit hisobiga bajariladigan boshqa tadbirlar samara beradigan bo’lsagina ularga mablag’ ajaratilishi lozim. Binobarin samardorlik kreditning zaruriy tamoyillaridan biri bo’lib unga rioya qilish kreditning boshqa tamoyillarining bajarilishi uchun asos hisoblanadi. 2 Kreditning shakllari va turlari. Jahon amaliyotida kreditlarni yagona, umumlashgan tasnifi yo’q. Chunki kreditlarning turli xil shakllari har bir mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, uning urf-odatlariga, axoli orasida kreditlarni berish va qaytarish buyicha tarixan shakllangan (tovar shaklida, pul shaklida, boshqa shakllar va shartlarda) usullariga bog’liq bo’ladi. Umuman kreditning shakllari uning turi va usullariga ko’p jihatdan bog’liq. Kreditning asosiy turlari: 1.Bank krediti. 2.Davlat krediti. 3.Iste’mol krediti. 4.Tijorat krediti. 5.Lizing krediti. 6.Xalqaro kredit. Iqtisodiyotda keng tarqalgan kredit munosabatlarining biri bank kreditidir. Bank kreditini beruvchi kredit muassasalari kreditlash jarayonini amalga oshirish uchun Markaziy bankdan maxsus lisenziya olgan bo’lishi zarur. Bunda kredit munosabatlarining asosini kredit shartnomasi tashkil etadi. Iste'mol kreditlarining turlari Bank kreditlari quyidagi belgilari bo’yicha guruhlanadi: 1. Kreditlash obyektlarining iqtisodiy mohiyatiga ko’ra a) tovar-moddiy boyliklar uchun beriladigan kredit. b) ishlab chiqarish harajatlari (xom-ashyo va boshqalar) uchun beriladigan kredit. 2. To’lash muddatiga ko’ra (qisqa, o’rta va uzoq muddatli) a) Muddatli b) Muddati kechiktirilgan c) Muddati o’tgan. 3.Kreditni to’lash manbalariga ko’ra. a) Qarz oluvchining o’z mablag’lari hisobiga. b) Garant mablag’lari hisobidan c) Yangi kreditlar jalb qilish hisobidan. 4. Ta’minlanganlik tamoyilining amal qilishiga qarab. a) Bevosita to’g’ri ta’minlangan (o’z mulki va mablag’i hisobiga). b) Bilvosita ta’minlangan kreditlar (uchinchi shaxs kafolati) c) Ta’minlangan kreditlar (sug’urta va yuqori tashkilotlar) 5.To’lanadigan foiz darajasiga ko’ra a) Past foiz stavkali. b) O’rta foiz stavkali c) Yuqori foizli d) Foizsiz (hukumat qaroriga ko’ra ayrim sohalarni rivojlantirish yoki tadbirlarni amalga oshirish uchun). Bank krediti qaytarish muddatiga ko’ra qisqa, o’rta va uzoq muddatli kreditlarga bo’linadi. Bu mezon turli mamlakatlarda turli muddatni o’z ichiga oladi. 1-jadval3 Jumladan:
Qisqa muddatli kreditlar asosan aylanma mablag’larni moliyalashtirishga, o’rta va uzoq muddatli kreditlar asosiy kapitalni moliyalashtirishga beriladi. Davlat kreditining asosiy xususiyati kredit munosabatlarida davlatning qatnashuvidir. Davlat kreditida davlatning bir tomondan qarz beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi sifatida ishtirok etishi, qarz beruvchi vazifasini bajara turib davlat davlat kredit institutlari, jumladan Markaziy bank orqali iqtisodiyotning har xil sohalarini kreditlashni o’z zimmasiga oladi. Bu markazlashgan kreditlar iqtisodiyotning ustivor tarmoqlarini kreditlash, davlat ahamiyatiga ega bo’lgan aniq tarmoq va sohalarga, agar byudjetdan moliyalashtirish imkoniyati bo’lmaganda vaqtincha foydalanishga mablag’ ajratilishi mumkin. Undan tashqari tijorat banklariga banklararo kreditlar bozorida kredit resurslarini kim oshdi savdo yo’li bilan yoki to’g’ridan to’g’ri sotish jarayonida davlat tomonidan mablag’lar vaqtincha foydalanish uchun berilishi mumkin. Davlatning qarzlari ko’paygan hollarda davlat byudjeti kamomadini moliyalashtirish maqsadida davlat qarz oluvchi sifatida davlat qarzlarini joylashtirish jarayonini amalga oshiradi. Davlat xazina majburiyatlarini chiqarish, moliya bozorlarida davlat qimmatli qog’ozlarini joylashtirish, davlat zayomlarini chiqarish va sotish yo’li bilan banklarning, aholining va boshqa moliya-kredit institutlarining pul mablag’larini yig’adi va ularni davlat qarzi va byudjet kamomadini qoplashga sarflaydi. Davlat o’z qarzidan voz kechishi ham mumkin. Bundan tashqari davlatni ichki va tashqi qarzlari, davlat kafil va kreditor sifatida ham bo’lishi mumkin. Iste’mol kreditining xususiyati u jismoniy shaxslarga beriladi. Kreditning bu shaklida kredit beruvchi sifatida maxsus kredit muassasalari bilan birga savdo va xizmatlarni sotishni amalga oshiradigan jismoniy shaxslar ham bo’lishi mumkin. Iste’mol krediti ikki shaklda: pul shaklida va tovar shaklida berilishi mumkin. Jismoniy shaxslarga bunday kreditlar ko’chmas mulkka egalik qilish uchun, har xil tovar va xizmatlar, uy jixozlarini sotib olish va boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun beriladi. O’zbekistonda hozirgi vaqtda bunday kreditlar uy-joy sotib olish va qurishga, avtomobil sotib olishga va boshqa maqsadlarga berilmoqda. Mamlakatimizda 2001-2002 o’quv yilidan boshlab talabalarga o’qish xizmati uchun «Oltin davrim» krediti berilmoqda. AQShda bu sohaga kam foizli yiliga 2500 dollar, oxirgi kursda 5000 dollar miqdorida kredit berilib talaba uni o’qishni tugatib ishlash davomida uzadi. Tijorat krediti iqtisodiyotda kredit munosabatlarining vujudga kelishining dastlabki shakllaridan hisoblanadi. Tijorat kreditining obyekti bo’lib sotiladigan tovarlar, subyekti bo’lib mol yetkazib beruvchi va mol sotib oluvchi korxonalar hisoblanadi. Bu kreditning asosiy maqsadi tovarlarni sotishni tezlashtirish va shu orqali foyda olishdan iborat. Download 96.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling