Mavzu: italiya operasi shakllanishi


Download 286 Kb.
bet5/5
Sana23.04.2023
Hajmi286 Kb.
#1388786
1   2   3   4   5
Bog'liq
9- mavzu ITALIYA OPERASI SHAKLLANISHI

X U L O S A
Qaysi xalqning madaniy tarixi qanchalik qadimiy bo‘lsa, o‘sha xalqning axloqiy go‘zalligi urf-odat rang-barangligi ko‘lami keng, ta’lim tarbiya tizimi ildizilari ham unchalik chuqur bo‘ladi. Chunki har qanday ma’daniyat, axloq, urf-odat va ta’lim-tarbiya insoniy faoliyatning kechinmalari, sinovlari boy hayotiy tajribalari asosida yuzaga keladi va maqbullari avloddan-avlodga o‘tadi.
Birinchidan, ma’lumki, mustaqillik davrida Opera musiqa san’ati tengi yo‘q darajada gullab yashnamokda. Xalqimiz mexnatda va ijtimoiy hayotda ijodkor kishilarga aylanadi. Hozir biror musiqa asbobi bo‘lmagan oilalar biror musiqa to‘garagi bo‘lmagan maktab yoki korxonalar kam. Demak, maktab o‘quvchilari uyda, maktabda, to‘y-hashamlarida va boshqa barcha jamoatchilik joylarda ko‘proq musiqa ohanglari muhitida bo‘lib badiiy-g‘oyaviy jihatdan turlicha xalq musiqalarini o‘z talablari va saviyalari bilan idrok etiladilar.
Ikkinchidan, Opera janri musiqasi o‘quvchilarda estetik zavq uygotishi bilan birga ularning g‘oyaviy emotsional kechinmalarini yuksaltiradi, fikrlarini teranlashtiradi, ularga hayotni, haqiqatni bilishga, insoniy kamolga erishishida yordamlashadi.
Uchinchidan, musiqa san’atini o‘rganish orqali o‘quvchilarni ma’naviy va axloqiy dunyosini o‘stirish muhim ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Yosh avlodga vijdon, iymon, poklik, halolik, mexnatsevarlik kabi hislatlarni tarbiyalashda milliy umuminsoniy an’analar va qadriyatlardan foydalanish o‘quvchilarni milliy ruhda tarbiyalashning asosiy maqsadidir.
Chunki Opera janri ma’suliyat tuyg‘usini anglab yosh avlodni voyaga yetkazgan mamlakatgina mustaqil va barqaror rivojlana oladi. Zero, insonni ma’naviy dunyosini, ma’naviy
axloqiy qarashlari tasavvurlari, san’at, fan, adabiyot, musiqa kabi vositalar orkali tarbiyalanadi.
To‘rtinchidan, o‘quvchilar darsdan tashqari turli xil to‘garaklar, raqs, Opera can’ati va raqs ansambli, dutorchilar, folklor ansambllarida ishtirok etib, ko‘rik tanlovlarda qatnashib, milliy an’analarimizga hurmat, o‘zligini anglash tuyg‘ularini tarbiyalaydilar. Davlat ta’lim standartlari musiqa dasturida 1-sinfdan boshlab 7-sinfgacha oddiydan murakkabga prinsipi asosida dasturga kiritilgan. Bunda olimlar, Hamidulla Nurmatov, D.Omonqulov , K.Mamirovlarning xizmatlari katta. Bunda o‘quvchilarimizning Opera musiqasi ijodiyoti bilan ilk bor maktabda qadam qo‘yadigan ongli ravishda tanishib boradilar.O‘quvchilar «musiqa madaniyati» darslarini o‘qitilishi davomida Opera san’atining durdona asarlarini nafaqat tinglaydigan , balki kuylab zavq oladilar.
Beshinchidan, Opera asarlarini yaratilishi tarixi bastakorlari hayoti ijodi bilan ham tanishadilar, shuningdek, Opera asboblari turlari rasmlari bilan tanishib, texnik vositalari o‘qituvchining jonli ijrochi orkali ularni ovozini tinglaydilar .
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Opera asarlari, tarihiy hodisa bo‘lsa ham uning ahamiyati va mohiyati jamiyat a’zolarini axloqiy tarbiyalashda unga bo‘lgan munosabatida belgilanadi.
Shunga ko‘ra, oddiy ma’noda qadriyat degan tushunchaning o‘zi ham qadr-qimmat degan ma’noni anglatadi.
Ma’naviy urf-odatlar, qadriyatlar ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bilan birga jamiyatimiz salohiyatini ko‘tarishga xizmat qiladi. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarda axloqiy tarbiyaning mazmuni va yo‘nalishi umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida belgilanadi.


Download 286 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling