Mavzu: Italiya soliq tizimi Italiya davlatida soliqlaming vujudga kelishi va rivojlanishi
Download 44.07 Kb.
|
5 Dars
4. Mahalliy daromad soIig‘i
Mahalliy organlami o‘zini mablag‘ini tashkil topish manbai mahalliy soliqlar hisoblanadi. Yangi soliq islohotiga binoan mahalliy daromad solig ini markaziy hukumat yig‘adi. Bu soliqni maqsadli xususiyati shundan iboratki, markaziy moliya organlari to'liq mahalliy hokimiyat ixtiyoriga o‘tqazadi. 1977 yilgacha mahalliy hokimiyatni huquqi hukumat tomonidan belgilangan chegarada stavkani tanlar edilar. Lekin 1977 yili mahalliy hokimiyatni huquqi to'liq chegaralandi. Soliqni yagona (15%) stavka bilan oladigan bo‘ldilar va mablag1 to‘liq davlat byudjetiga tushadigan bo‘ldi. 1982 yili stavka 16,2%gacha ko‘tarildi va hozirgi vaqtda shu darajada saqlanib turibdi. Mahalliy daromad solig*ini to‘lovchilar xususiy shaxslar va korporatsiyalar bo‘lishi mumkin. Lekin soliq solinadigan ob’ektga, yuqorida ko‘rsatilgan asosiy daromad solig‘ida olinadigan hamma daromadlar kirmaydi. Ayniqsa jismoniy shaxslardan soliq olishda buning farqi juda katta. Yollanib ishlash bo'yicha olingan ish haqi, qimmatbaho qog‘ozlar va jamg‘armalardan olingan foizlar bo‘yicha asosiy daromad solig* i manbaida olingan bo‘lsa, ular bu soliqda hisobga olinmaydi. Italiyadan tashqarida olingan daromadlar ham bu soliq ob’ektiga kiritilmaydi. Ko‘chmas mulkni qaytadan baholashdan olgan foydadan, chayqovchilik yo‘!i bilan qimmatbaho qog‘ozlar operatsiyasini amalga oshirishdan olingan foyda, tadbirkorlik daromadi va erkin kasb egalarining daromadi bo‘yicha xususiy shaxslar bu soliqni to'lamaydilar. Amaliyotda, mahalliy daromad solig*i keng mehnatkashlar qatlamiga tegmaydi. Korporatsiyalar uchun asosiy va mahalliy soliqlami soliq solinadigan daromadni hisoblashda deyarli farqi juda ham kam. Kompaniyani umumiy daromadidan horijdagi filiallar olgan daromad chiqarib tashlanadi. 1987-1988 yillar kiritilgan soliq yangiliklari shundan iborat bo‘ldiki, soliq solinadigan summadan imtiyozli chiqarishlar kengaydi. Masalan, qishloq xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar va yillik daromadi 6 mln.dan 12 mln.liragacha bo‘lgan korxonalarga 50% chiqarib tashlashga ruxsat beriladi. Kosiblar , hunarmandlar va chakana savdo, oziq-ovqat va ichimlik mahsulotlarini sotuvchilar, davlat muassasalari va korxona oshxonasiga olib kelish bilan shug‘ullanuvchilar deklaratsiyada daromadlarini yana 30% ga kamaytirib ko'rsatishlari mumkin. Mamlakatni iqtisodiy orqada qolgan janubiy hududlarida kapital qo'yilmani keltirish maqsadida davlat mahalliy soliqdan ozod qilishi mumkin. Download 44.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling