5. Meros va hadyadan olinadigan soliq
Soliq mulk bilan bog'liq bo'lib, uning egasi ikki holatda o‘zgarishi bilan bog'liq (o'lganda va umrbod hadya qilinganda). Soliq solishda bu sabablar o'rtasida hech qanday farq hisobga olinmaydi. Soliq solinadigan ob’ekt merosga olinadigan mulkni bozor qiymati hisoblanadi. Soliq stavkasi ikkita progressiya printsipida tashkil qilingan: bir tomondan merosga olinadigan mulkni qiymati inobatga olinsa, ikkinchi tomondan qarindoshlik darajasi hisobga olinadi.
Shuning uchun soliq formulasi ikki qismdan iborat bo'lib, alohida hisoblanadi, lekin birgalikda byudjetga olinadi. Birinchi qism-merosga olinadigan yoki hadya qilingan mulkni umumiy qiymati (agar uning qiymati 120 mln.liradan ortiqcha bo'lsa), va ikkinchisi- har bir merosxo'rni olgan ulushidan (manfaat ko'ruvchilar). Oxirgisi aka va singillardan boshlab boshqa qarindoshlar tomonidan to'lanadi. Er-xotin, ota-onalar va bolalari bu qismdan ozod qilinganlar va ularga faqat birinchi qismi taaluqli. Soliq formulasi 1973-1974 yillar o'tqazilgan soliq islohotidan buyon o'zgarmay qolgan, lekin uning pog'onasi (shkala) 1986 yilgi qonun qabul qilingandan keyin sezilarli o'zgarib ketdi.
Mulkni umumiy qiymatidan eng past stavka (3%) 120 mln.liralik daromadga qo'llaniladigan bo'ldi (avvalgi pog'ona bo'yicha - 50 mln.lira).
Bu kategoriyani keyingi stavkalari 2 marta qisqartirilgan edi. Har bir merosxo'mi ulushi bo‘yicha stavka ham keskin qisqartirildi.
Hozirgi davrda quyidagi meros va hadya soliq pog‘onasi qoMlaniladi: 5.2.-jadval
Meros va hadyadan olinadigan soliqning pog‘onalari
Do'stlaringiz bilan baham: |