Мавзу иқтисодиётни модернизациялаш шароитида фермер хўжаликлари фаолиятини бошқариш


-rasm. Fermer xo’jaliklarini samarali boshqarishga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar7


Download 1.05 Mb.
bet4/8
Sana07.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1339815
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O‘zbekistonda fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishlari

3-rasm. Fermer xo’jaliklarini samarali boshqarishga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar7
Olamda barcha jarayonlar tizim sifatida mavjud va rivoj topadi. Ular son jihatdan ko’p va turfa xil bo’lib, uchta - biologik, tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarga bo’linadi. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimda fermer xo’jaligining tutgan o’rni alohida e’tiborga loyiqdir. Fermer xo’jaligi ishlab chiqarish tizimining moddiy asosini ijaradagi yer va xususiy mulkchilikdagi boshqa ishlab chiqarish vositalari tashkil etadi. Bu tizimning yana bir o’ziga xos xususiyati – tadbirkorlik faoliyatining erkinligi va mustaqil faoliyat yuritishidir.
Fermer xo’jaligining ichki tizimi texnik, texnologik va ishlab chiqarishni, mehnatni tashkil etish, iqtisodiy tizimlardan tashkil topgan bo’ladi. Barcha tizim unsurlari o’zaro bir-biriga bog’liqdir. Ularning birgalikdagi harakati xo’jalikning yagona tizim tarzida mavjudligini ko’rsatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona, tashkilot ochiq tizim ko’rinishida faoliyat ko’rsatadi. Xususan, fermer xo’jaligi ham bundan mustasno emas. Sababi fermer xo’jaligining istiqbolini va rivoj topishini kooperatsiyaga asoslangan uyushma (birlashma), agrofirmalar va turli xizmatlar ko’rsatuvchi bozor infratuzilmalarisiz tasavvur etish qiyin. Ularni fermer xo’jaligi faoliyatiga ta’sir etuvchi tashqi tizim deb qarash mumkin (4-rasm).

4 -rasm. Fermer xo’jaligi ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishning ichki va tashqi tizimlari8


Ammo fermer xo’jaliklari faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa tizimlar ham mavjud. Xususan, soliq, ekologik, demografik va boshqalar. Ushbu tizimlarni inkor etmagan holda muallif tadqiqot jarayonida asosan kooperatsiya va xizmat ko’rsatuvchi bozor infratuzilmalari faoliyatini o’rganishni maqsad qilib qo’ygan.
Mamlakatimizda fermer xo’jaliklari faoliyatini tartibga solish va boshqarishning huquqiy-me’yoriy asoslari bosqichma-bosqich yaratilib, joriy etilmoqda. Xususan, fermer xo’jaliklarining iqtisodiy va moliyaviy mustaqilligini ta’minlash, ijaraga berilgan erdan samarali foydalanish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonini moliyalashning ishonchli tizimini shakllantirish, fermerlar uchun kadrlarni tayyorlash tizimini barpo etish hamda qishloq xo’jaligi korxonalari (shirkat xo’jaliklari) negizida fermer xo’jaliklarini tashkil etish va ularni boshqarishni takomillashtirish, bozor infratuzilmalarini barpo etish asosida ular o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, fermer xo’jaliklari faoliyatini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, mahsulot turlarini ko’paytirish va sifatini oshirish kabi choratadbirlar ishlab chiqib amaliyotga joriy etib borilmoqda.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling