Mavzu: IV vii asrlarda Xorazm


Turon davlatlari. Usunlar davlati


Download 1.11 Mb.
bet6/8
Sana26.01.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1125978
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Презентация

Turon davlatlari. Usunlar davlati

Usunlar(uyshunlar) Markaziy va O’rta Osiyodagi ko’chmanchi qabilalardan biri bo’lgan. Xitoy manbalariga ko’ra, ular miloddan avvalgi III asrda yuechjilar bilan birga Dunxuan (Do’ngxuang) bilan Tangritog’ning sharqi, Qorong’u tog’ (Kunlun)ning shimolidagi Chilan tog’i yaqinida yashagan. Usun xonligi hududiga Issiqko’lning shimoli, Balxash ko’lining janubidagi erlar kirgan.

Miloddan avvalgi 177 yili ular yueychjilarning tazyiqi natijasida sharqqa siljib, hunlar orasiga (hozirgi Gansu o’lkasining shimoliy-sharqidagi Ersin yaylovi) borib joylashgan. Janglardan birida usunlar hukmdori (kunbeyi, xoni) Nandubey (Nandumi) o’ldirilgan. Miloddan avvalgi 160 yili uning o’g’li Lie – Jiaobek (Rog’umi) hunlar yordamida yuechjilarni mag’lub etib, ularning hududini egallagan va g’arbga siljigan. Natijada Ettisuvda kuchli davlat tashkil topgan. Uning markazi xitoy manbalarida Ili daryosining janubidagi Chigu (Qirg’izistondagi qadimiy Qizil qo’rg’on shahri) deb qayd etilgan.

Xitoy sayyohlaridan biri o’z imperatoriga shunday deb yozgan edi: “Katta Usun gunmosining (xoqonining) qarorgohi Chan’andan 8900 li uzoqlikdagi Chigu shahridadir. 120 ming o’tov, 630 ming odam, 188 ming 800 askari bor…Eri tekis va o’tzor, obi havosi juda seryomg’ir va sovuq. Tog’larida ignabargli o’rmon ko’p. Usunlar mirishkorlik, bog’bonchilik bilan shug’ullanmay, emin-erkinlikda, suv va o’tning serobligiga qarab, mollari bilan ko’chib yuradilar. Fe’l-atvorlari hunlarnikiga o’xshash. Mamlakatlarida ot juda ko’p. Boylarining 4000dan 5000gacha oti bor… Usun eng qudratli ellardan hisoblanadi. Ilgari hunlarga qaram bo’lgan. Keyin kuchayib, boshqa erlarni o’ziga bo’ysundirib, hunlarning O’rdasiga (sovg’a-salom bilan) qatnashdan bosh tortgan. Mamlakati – sharqda hunlar, shimoli-g’arbda Kanguy, g’arbda Davan bilan, janubda o’troq yurtlar bilan chegaradosh.”

Usunning Xitoy bilan ittifoq tuzib, hunlarga qarshi uzoq muddat kurashi bu davlatning parchalanishiga sabab bo’lgan. Natijada Usunlar avar (jujan) lardan engilib, milodiy 404-410 yillarda Pomir tog’lari atrofiga borib joylashgan. 938 yilda mazkur xonlik qoraxitoylar xoniga boj-xiroj to’laganligi haqida xitoy manbalarida ma’lumot berilgan


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling