Mavzu: IX-XII asrlar tarixi (Saljuqiylar davlati) Ma’ruzachi: B. S. Nazirov


Somoniylar hukmronligi davrida ularning ruxsati


Download 335.84 Kb.
bet3/14
Sana26.12.2021
Hajmi335.84 Kb.
#183086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Saljuqiylar davlati

Somoniylar hukmronligi davrida ularning ruxsati bilan saljuqiy qabilalar Zarafshon vohasiga, Nurotaning tog‘li yerlariga kelib o‘rnashib, chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Somoniylar saljuqiylar bilan yaxshi, tinch-totuv yashashdan manfaatdor edilar. Chunki Saljuqiy turklar qoraxoniylarga qarshi kurashda somoniylarga yordam bеrardilar. Biroq bu yordamga juda ishonib ham bo‘lmasdi. Keyinroq Movarounnahr hududlari qoraxoniylar sulolasi tomonidan egallanib, ularning chorvador xo‘jaliklari bu yerlarni band etgach, saljuqiylarning yashash sharoitlari mushkullashadi.

Movarounnahrda iloqxon Alitakin hokimlik qilib yurgan (1034-yilda u vafot etgan) davrda saljuqiy turklarga unchalik tеginmas edilar. Alitakin vafotidan so‘ng uning o‘g‘illari yosh bo‘lganligidan butun ishni vazir Tunush olib borardi. Tunush davrida saljuqiylar Zarafshon vohasini tashlab, g‘arbga tomon siljishga majbur bo‘ladilar.

Ana shunday og‘ir bir sharoitda Xorazmshoh Xorun 1034-yilda saljuqiylarga raboti Mashon, Sho‘raxona va Govixar tumanlaridan yеr ajratib bеrdi. Biroq Jand hokimi ularga hujum qilib 8 ming kishini o‘ldirdi. To‘g‘rulbеk boshliq saljuqiylar bu yеrlarni tashlab kеtishga majbur bo‘ldilar. Ular Mahmud G‘aznaviyning o‘g‘li Mas’udbеkka (1030–1041-yillarda podsholik qilgan) murojaat qilib o‘zlariga Saraxs, Marv, Abivеrd, Niso va Farova hududlarida ko‘chib yurishga rozilik so‘radilar. Chunki bu tumanlar chorva mollari uchun juda qulay joylar edi.


Download 335.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling