Mavzu: IX-XII asrlar tarixi (Saljuqiylar davlati) Ma’ruzachi: B. S. Nazirov


-yilda saljuqiylar xoni Malikshoh


Download 335.84 Kb.
bet10/14
Sana26.12.2021
Hajmi335.84 Kb.
#183086
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Saljuqiylar davlati

1092-yilda saljuqiylar xoni Malikshoh ham o‘ldirildi. Saljuqiylar davlatida isyon va g‘alayonlar boshlanib kеtdi. Bu isyon va g‘alayonlar hokimiyat tеpasiga 1118-yilda«ulug‘ saljuqiylar»ning eng so‘nggi vakili Sulton Sanjar (1118–1157) kеlgach tinchidi. Uning davrida bu davlatning ham yuksalishi, ham halokatga yuz tutishi o‘ziga xos murakkab, ziddiyatli davr bo‘lganidan darak beradi.

Sulton Sanjar davrida saljuqiylar Movarounnahrda eng yuksak mavqеga erishdilar. Bu davrda saljuqiylar qoraxoniylar davlatining ichki ishlariga juda ko‘p aralashadigan bo‘lib qoldilar.

Qoraxoniylar hukmdorlari amalda ularga tobelik maqomiga tushib qolgan edi. Ayniqsa, 1130-yilda Sanjar tomonidan bu sulolaning asosiy hayotiy markazlari Samarqand, Buxoroning egallanganligi (garchand bular yana qoraxoniylarga qaytarib berilgan bo‘lsa-da) omili ham fikrimizni isbotlaydi. Bu davrda Xorazm yerlari ham amalda saljuqiylar ta’sirida bo‘lib, xorazmshohlar, masalan, Qutbiddin Muhammad Otsiz rasman ularga itoat etardilar.




Download 335.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling