Mavzu: IX-XII asrlar tarixi (Saljuqiylar davlati) Ma’ruzachi: B. S. Nazirov


Download 335.84 Kb.
bet8/14
Sana26.12.2021
Hajmi335.84 Kb.
#183086
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Saljuqiylar davlati

Alp Arslonning o‘ldirilishi qoraxoniylar xoni Shams ul-mulk Nasrning ruhini ko‘tarib yubordi va tеz orada Tеrmizni, so‘ngra Balxni egallab oldi. Ammo bu xursandchilik ko‘p uzoqqa cho‘zilmadi. Alp Arslon o‘rniga taxtga vorislik qilgan Malikshoh (1072–1092) ko‘p vaqt o‘tkazmay Tеrmiz va Balxni qoraxoniylardan qaytarib oldi. Ana shu davrdan boshlab ichki va tashqi siyosatda ustunlik batamom saljuqiylar qo‘liga o‘tdi. Endi har daqiqada Shams ul-mulk Nasr Malikshoh hujumidan xavotirda qo‘rqib yashaydigan bo‘lib qoldi.

Saljuqiylar davlati qudratining Movarounnahr va Xurosondagi eng kuchaygan davri Malikshoh (1072–1092) davriga to‘g‘ri keladi. Gap shundaki, xuddi shu yillarda Malikshoh va uning tadbirkor, dono vaziri Nizomulmulk tomonidan mamlakat hayotining ko‘plab sohalarida juda muhim ijobiy o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Avvalo, saljuqiylar davlatining Movarounnahrdagi maqomi yanada mustahkamlanadi.

Qoraxoniylar hukmdori Shamsulmulk vafotidan (1080 yil) so‘ng vujudga kelgan qulay vaziyatdan foydalanib, Malikshoh 1089-yilda katta qo‘shin tortib Buxoro va Samarqandni egallaydi va yangi xon – Ahmad asirga olinadi. Garchand tez orada Ahmad qoraxoniylar xonligi taxtiga qaytarilgan bo‘lsa-da, biroq amalda qoraxoniylar saljuqiylarga tobe bo‘lib qoladi.

Ahmadning qayta taxtga o’tirishi va saljuqiylarga tobe bo’lishi Samarqandda ruhoniylar va lashkarboshilarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Turkiy sarkardalar 1095-yilda Koson yo‘lida Ahmadni qo‘lga olib, yoy ip bilan bo‘g‘ib o‘ldirdilar. Uning o‘rniga taxtga Mas’udxon chiqdi.


Download 335.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling