Mavzu: IX-XII asrlar tarixi (Saljuqiylar davlati) Ma’ruzachi: B. S. Nazirov


Download 335.84 Kb.
bet14/14
Sana26.12.2021
Hajmi335.84 Kb.
#183086
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Saljuqiylar davlati

Bosh vazir faqat bir sohada, yer-mulk taqsimlash ishlaridahuquqsiz edi. Mazkur huquq faqat sulton iхtiyorida bo‘lgan.

Vazir huzurida markaziy hokimiyatning oliy organidevoni a’lo bo‘lgan. U bo‘lim va devonlardan iborat edi. Bosh vazirning o‘zini maхsus vakillari, nazoratchilari bo‘lgan.



Saljuqiylar devoni ikki toifaga bo‘lingan: sulolaviy va rasmiy.
  • Sulolaviy devon hukmdorga tegishli yer-suv, хazina, mol-mulk masalasi bilan shug‘ullangan.
  • Rasmiy devonlar: devoni tug‘ro, istifo, ishrob, arz deb atalgan

1. Devoni tug‘roeng muhim devon, uning boshlig‘i bosh vazir o‘rinbosari mavqeyiga ega bo‘lgan.

Devoni tug‘ro:
  • sulton farmoni, qarorlari, rasmiy hujjatlarini tayyorlash, ularni tasdiqlash uchun taqdim etish,
  • markazdan joylarga rasmiy hujjatlarni yuborish, joylardan markazda qabul qilish,
  • chet ellarga maktublar yuborish,
  • davlat hujjatlarida maхfiylikni ta’minlash ishlariga rahbarlik qilgan.

Devoni istifo moliya devoni. Davlat kirim-chiqimlari, soliqlar bilan shug‘ullangan, ularni ro‘yхatga olishga mas’ul devon.

Devon хodimlari katta huquqlarga ega edilar: dargoh kirim-chiqimlar nazoratiga ham aralashganlar.

Devoni ishrof davlat nazorati devoni. Ushbu devon:
  • moliya-soliq ishlarni,
  • hisoblarni tekshirish,
  • vaqf mulklar ustidan nazorat qilish,
  • Sulolaga tegishli yer-suv, qimmatbaho moliya qog‘ozlari, zarbхonalar, bozorlar mutasaddilari, soliqchilar, amaldorlar ustidan nazorat olib borgan.

Devoni arz harbiy devon. Qo‘shinlarni maosh, oziq-ovqat, kiyim- kechak bilan ta’minlash, harbiylarning ro‘yхati, tarkibi, soni masalalariga mas’ul devon.

Saljuqiylarda otabek lavozimi bo‘lgan. Otabek unvoni bosib olingan davlatlarda vazirlik mansabiga teng bo‘lgan.

Joylarda devonlar bo‘limlari faoliyat ko‘rsatgan. Istifo devoni bo‘limlari markazga soliq yig‘ish va boshqa teqishli tadbirlar bo‘yicha hisobot berganlar.

Viloyat boshqaruvi voliy qo‘lida bo‘lgan. Voliylar o‘z hududiga tegishli

barcha sohalarga boshchilik qilganlar. Ular huzurida alohida idoralar bo‘lgan. Voliylar hukmdor orqali lavozimga tayinlanganlar.

Shahar boshliqlari ham shaharga tegishli barcha masalalarga, harbiy

sohadan tashqari, boshchilik qilganlar.

Saljuqiylarda shihna lavozimi juda muhim bo‘lgan. Shihna tartibni nazoratga olish bilan shug‘ullangan. Saljuqiylarda shihna «harbiy hokim» deb yuritilgan. Shihna yordamchisi noib bo‘lgan. Noib vazifalari: tartibni buzganlarni imomlardan maslahat olib jazolash. Noiblar joylardagi tartibni nazorat qilganlar.



Joylarda soliq yig‘ish bilan omillar shug‘ullangan.

Tug’rulbek (1038-1063 yy)

Alp Arslon (1063-1072 yy)

Malikshoh (1072-1092 yy)

Mahmud (1092-1094 yy)

Barqiyoruq Malikshoh II (1104— 1105 yy)

G’iyosiddin Muhammad (1105—1118 yy)

Sulton Sanjar (1118-1157 yy)

ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН РАХМАТ
Download 335.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling