№
| Belgilangan sanada 1-smena vaqti | Belgilangan sanada 2-smena vaqti | Bajariladigan ishlar |
1.
|
05:00 dan
05:30 gacha
|
12:00 dan
12:30 gacha
|
Test o‘tkaziladigan kunlari o‘ziga tegishli binoga yetib keladi va bino hududiga nazorat xizmati postlari orqali ro‘yxat asosida pasporti (ruxsatnoma yoki guvohnoma) bilan kiradi.
|
2.
|
06:00 dan
06:30 gacha
|
12:00 dan
12:30 gacha
|
Birinchi smenada soat 06.00 dan 06.30 gacha, ikkinchi smenada soat 12.00 dan 12.30 gacha guruh nazoratchilariga Bilimlarni baholash agentligi tomonidan tasdiqlangan taqsimot asosida ruxsatnomalarni tarqatadi va rasmiylashtiradi.
|
3.
|
06:00 dan
06:30 gacha
|
12:00 dan
12:30 gacha
|
Test sinovlariga kelmagan guruh nazoratchilari o‘rniga zahiradan nazoratchilar tayinlaydi va guruh nazoratchilari ro‘yxatida qayd etilgan holda rasmiylashtiradi.
|
4.
|
06:30 dan
07:00 gacha
|
13:00 dan
13:30 gacha
|
Birinchi va ikkinchi smenada Talabgorlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatini (ikki nusxada), mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan 1-shakl bo‘yicha test materiallarini tarqatish va qabul qilish bayonnomasini rasmiylashtiradi hamda test materiallari solingan zaxira qutilarini seyfga joylashtirib, muhrlaydi.
|
5.
|
08:00 dan
09:00 gacha
|
15:00 dan
16:30 gacha
|
O‘ziga biriktirilgan binodagi guruh nazoratchilaridan Talabgorlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatining bir nusxasini test sinovlari jarayoni boshlangandan so‘ng 30 daqiqa ichida yig‘ib oladi, undagi axborotning 30 daqiqa ichida Bilimlarni baholash agentligiga rasnga olib elektron shaklda yuborilishini ta’minlaydi.
|
6.
|
07:30 dan
8:00 gacha
|
14:30 dan
15:00 gacha
|
Talabgor test materialida tipografik xatolik borligi haqida murojaat qilsa, zudlik bilan zaxira qutilaridan ta’lim yo‘nalishi va tiliga mos test materiallarini guruh nazoratchisiga yetkazib berish va mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan 2-shakl bo‘yicha zaxira test materiallarini tarqatish bayonnomasini rasmiylashtiradi.
|
7.
|
08:00 dan
11:00 gacha
|
15:00 dan
18:00 gacha
|
Guruhlarda test sinovlarini o‘tkazish tartibini buzgan talabgorlarning test sinovlaridan chetlashtirilishini va bu haqda javoblar varaqasining 4-bo‘limi rasmiylashtirilishini nazorat qiladi. Test sinovining tugash vaqtiga qat’iy amal qiladi.
|
9.
|
11:30 dan
12:00 gacha
|
18:30 dan
19:00 gacha
|
Talabgorlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxati solingan va muhrlangan paketni hamda test materiallari qutilarini rasman feldegerlik xizmat orqali Bilimlarni baholash agentligiga topshiradi.
|
10.
|
08:00 dan
11:00 gacha
|
15:00 dan
18:00 gacha
|
Bino rahbari talabgorlarga mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilarni bersa yoki ishlatishga imkoniyat yaratsa, foydalanilayotgan holatda ko‘rib turib test sinovlaridan chetlashtirish uchun ko‘rsatma bermasa, mazkur holat uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
|
11.
|
30 iyuldan
15 avgustgacha
|
30 iyuldan
15 avgustgacha
|
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq, tegishli binoga yetib borgan kundan boshlab, hudud bo‘yicha Bilimlarni baholash agentligi vakili boshchiligida binoni test sinovlarini o‘tkazishga tayyorgarlik holatini o‘rganib chiqadi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda ishtirok etadi.
|
12.
|
30 iyuldan
15 avgustgacha
|
30 iyuldan
15 avgustgacha
|
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, mahalliy hokimlik mas’ul xodimlari, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi mas’ul kotibi bilan birgalikda o‘ziga tegishli binoning test sinovlariga tayyorligini tekshiradi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etadi hamda binoning test sinovlariga tayyorligi to‘g‘risida bayonnoma tuzadi va uni qabul komissiyasi orqali Bilimlarni baholash agentligiga yetkazadi.
|