Uchinchidan, shoh, sulton farmonlari barchaga taalluqlidir, uni hatto hukmdorga yaqin odamlar ham buzishi mumkin emas. Shuning uchun ham Nizomulmulk qonun va siyosat oldida hammani teng, deb qaragan. A.Temurning iqtisodiy qarashlari. (1336-1405) - Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh vazir)dan tashqari, har bir viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma bo‘lgan. U davlatning muhim ishlarini: soliq yig‘ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar – bozorlar, hammomlar, yo‘llar, suv inshootlarining tarmoqlarini nazorat qilib turgan. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan tekshirish va taftish ishlarini olib borgan. Ayniqsa, toshu tarozi to‘g‘riligi, odil baho tekshirib turilgan, qallob va tovlamachilar qattiq jazolangan.
- “Raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag‘alashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa, sipohlarning tarqalib ketishiga sabab bo‘ladi. Sipohlarning tarqoqligi esa, o‘z navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi”, – deb ko‘rsatib bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |