1.Arab mamlakatlaridagi iqtisodiy g‘oyalar - Arab mamlakatlarida feodal munosabatlarning shakllanishi, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sharoitini to‘g‘ri aks ettiruvchi iqtisodiy qarashlarning kelib chiqishi yangi islom dinining paydo bo‘lishi bilan bevosita bog‘liq. Ana shunday iqtisodiy fikr va ko‘rsatmalar islom dinining muqaddas kitobi – Qur'oni Karimda (arabcha – qiroat, ya'ni o‘qish) keng tarzda o‘z aksini topgan. Islom dinida Qur'oni Karim Alloh tomonidan payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga vahiy qilingan deyiladi. Qur'oni Karimdagi iqtisodiy fikr va ko‘rsatmalar o‘zining to‘g‘ri va faolligi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |