Ibn Xoldun (1332-1406y.)
“Kitob ul-ibar” (“Ibratli misollar kitobi”-1370 y)
asosiy asari
- Ibn Xoldunning iqtisodiy qarashlari. Iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida arab mutafakkiri Ibn Xoldunning (1332–1406) hissasi benihoya katta. U Tunisda zodagonlar oilasida tug‘ilgan. Uning asosiy asari «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi»-1370 y.)
- Ibn Xoldun ijtimoiy rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini ko‘rsatib berishga harakat qildi. Uning fikricha, tarixiy jarayon asosini kishilik jamiyatining rivojlanishi tashkil yetadi. Dastlab odamlar yovvoyi holatda bo‘lgan. Keyinchalik kishilik jamiyati tabiat dunyosidan ajralib chiqqach, o‘z rivojlanishida ikki bosqichni bosib o‘tadi: «primitiv» va «sivilizasiya». Ularning biri ikkinchisidan «odamlar yashash vositalarini qanday topa olishi» bilan ajralib turadi. Birinchi bosqichda odamlar, asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan bo‘lsalar, ikkinchi bosqichda, olimning fikricha, ularga hunarmandchilik, savdo, ilm va san'at qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |