Mavzu: IX-XIII asrlarda O‘zbekiston madaniyati va san’ati Reja
Download 133.52 Kb.
|
portal.guldu.uz-IX-XIII asrlarda O‘zbekiston madaniyati va san’ati (2)
Jarqo’rg’on minorasi
Mag’oki Attor masjidi Minorai Kalon Islom talablariga qat’iyan bo‘ysunish, an'anaviy tarzda rivojlanib kelgan tasviriy san’atning odam, hayvon va qushlarning, ya’ni tirik jonzotlarning aks ettirilishi man etilgan. Natijada, rangtasvir ustalari butun e’tiborini naqqoshlik san’ati rivojiga qaratadi. Arab yozuvi o‘zlashtirilib, epigrafika uslubi vujudga keladi. Arab yozuvidan naqsh sifatida foydalanish keng rivojlanadi. Arab yozuvi ham bezak, ham duo-afsun, ham arab yozuvi va ilohiy so‘zlarning targ‘ibotchisiga aylanadi. Dastlab arab yozuvlaridan binoning ichki qismlarini bezashda foydalanilgan bo‘lsa, birmuncha vaqt o‘tgandan so‘ng, binoning tashqi qismlari, gumbazlar va minoralarning atroflarini bezashda ham foydalanildi. Binolarni bezashda girih (to‘rtburchak, uchburchak, aylana, yoy, to‘g‘ri, egri va aralash chiziqlardan iborat), kundal, islimiy, ramziy va boshqa turli xil naqshlardan keng foydalanilgan. Naqqoshlikda uslubiy ko‘rinishlardan sebarga, uchburchakli tutash doira, olti qirrali yulduz, bargak va boshqalardan foydalanilgan. Bu davrda yog‘och, tosh va ganch o‘ymakorligi ham keng rivojlangan. Binolarning tashqi qismiga namoyon (tugal naqsh kompozisiyasi) ustun va peshtoqlarga esa, o‘yma ganch naqshlaridan ishlatadilar. Har bir chizilgan naqsh ramziy ma'no kasb etgan. Masalan, gulsafsar naqshi osoyishtalik va uzoq umr timsoli hisoblangan bo‘lsa, pechak isiimiy naqshi — boylik va farovonlik, novda — to‘kin-sochinlik, yaproq shaklidagi naqshlar — bahoriy uyg‘onish ma’nolarini anglatgan. Oltin, kumush, temir, qalay, qimmatbaho va yarimqimmatbaho toshlarning boy xomashyo manbalarining mavjudligi tufayli bu davrda xalq amaliy san'ati yanada rivoj topdi. Jumladan, kandakorlikda qimmatbaho metallardan yasalgan idishlar islom olamining eng chekka burchaklarigacha yetib borgan. Qizil misdan turli xil ko‘zalar, idish-tovoqlar, dekchalar, choygumlar, oftobalar, jez va sariq misdan shamdonlar, oq misdan kirtog‘oralar, turli xil uy-ro‘zg‘or buyumlari yasalgan. Oltin suvi yuritilgan ipdan turli xil kiyimlar tikilib, buyumlarga naqshlar solingan. IX-X asrlarda Movarounnahr va Xurosonda puflash yo‘li bilan tayyorlangan shisha idishlar va buyumlar Sharqda mashhur bo‘lgan. Musiqa san’atining gurkirab rivojlanishi ham bu davrning yutuqlaridan biridir. Bu davrda xalq ijodiyotining bir turi hisoblangan musiqa madaniyatining nazariy asoslarini organish ayj ola boshlaydi. Musiqa madaniyatining rivojlanishida xalqning an'anaviy tomosha san’ati muhim rol o‘ynadi. Mumtoz musiqa madaniyati, ayniqsa, o‘zbek va tojik xalqlarining mumtoz musiqasi hisoblangan «Shashmaqom» ning zamini ham xuddi mana shu davrda mustahkamlandi. Download 133.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling