Maishiy janr
|
Household genre
|
Бытовой жанр
|
kundalik turmushda uchraydigan hodisalarni o‘zida aks ettirgan tasviriy san’atning bir ko‘rinishi.
|
Miniatyura
|
Miniature
|
Миниатюра
|
(lotin. minium-kinovar qizil bo‘yoq) - nafis ishlangan kichik hajmli tasviriy san’at asarlari: qo‘l yozma kitoblarga ishlangan surat, manzara, grafik tasvirlar; emal, guash, akvarel va boshqa. bilan ishlangan kichik portret, suratlar. Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston hududida ham qo‘lyozma kitoblarga ishlangan tasvirlar qadimdan bor. Miniatyura san’ati X-XI asrlarda rivoj topgan. Sharafiddin ali Yazdiyning «Zafarnoma» si hamda «Shayboniynoma», «Fatxnoma», «Tarixi Abulxayron» kabi tarixiy asarlar katta mahorat bilan miniatyurada bezatilgan. Xirot miniatyura maktabi, Tabriz miniatyura maktabi, Isfaxon miniatyura maktabi, Buxoro miniatyura maktabi, Xindiston miniatyura maktablari mavjud bo‘lgan bo‘lgan.
|
Minora
|
Minaret
|
Минарет
|
(arab.- mayoq)- baland inshoot. Minoralar doira, ko‘p qirrali, to‘rtburchak shaklida bo‘lib, yuqoriga tomon ingichkalashib boradi. Samarqand, Xiva, Buxoroda yuksak mahorat bilan ishlangan minoralar saqlangan.
|
Modern
|
Modern
|
Модерн
|
(frans. moderne – eng yangi, eng zamonaviy) XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Yevropa va Amerika san’atida vujudga kelgan uslubiy yo‘nalishlardan biri. Tasviriy san’at, haykaltaroshlikda yangi izlanishlar bo‘ldi, kartina va pannolar bino intererining elementi bo‘lishiga ahamiyat berildi, bu ularning dekorativ ruhda yaratilishiga olib keldi. An’anaviy uslub, badiiy shakllardan yuz o‘girib, yangi, zamonaviy uslub, shakllar yaratishda izlandilar; amalda realizmga qarshi qaratilgan, shaklbozlikdan iborat, tushunib bo‘lmaydigan, shakli go‘zallikka zid asarlar yaratdilar
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |